Buxoro davlat universiteti utayeva feruza xolmamatovna


 Xiva so‘nggi o‘rta asrlarda



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/102
Sana25.05.2023
Hajmi2,15 Mb.
#943371
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   102
Bog'liq
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC

10.5. Xiva so‘nggi o‘rta asrlarda 
XIX asrning o‘rtalariga kelib xonlikda shahar hayotining 
rivojlanishi natijasida shahar aholisining soni ko‘payib bordi. Xiva, 
Xazorasp, Xonqa, Urganch, Qo‘ng‘irot, Ko‘hna Urganch kabi 
shaharlarda rus sayyohlari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2 mingdan 5 
minggacha xonadon yashagan. Xonlik poytaxti Xiva shahrida 21 
mingdan ortiq aholi yashagan. 
Xiva xonligida suv manbalarining yetarli bo‘lishiga qaramasdan, 
dehqonchilik taraqqiyoti qo‘shni Buxoro xonligidagidek yuksak 
darajada rivoj topmagan edi.


165 
Suv ko‘p talab qilmaydigan (Hazorasp, Qo‘ng‘irot, Toshhovuz, 
Ilonli, G‘azovat, Mang‘it va Gurlan) kunjut, no‘xat, mosh, arpa va 
boshqa ekinlar ekilgan. Sabzovot – poliz ekinlari ko‘plab etishtirilgan. 
Xorazm qovunlari qo‘shni hududlarda ham mashhur bo‘lgan. 
Bog‘dorchilik ham ancha taraqqiy etgan. Ammo, ipakchilik kam 
miqdorda rivojlangan.
Xorazm hunarmandchiligi ixtisoslashgan bo‘lishiga qaramay, 
yarim ko‘chmanchi xo‘jaliklarda uy hunarmandchiligi ustunlik qilgan. 
Matolar asosan qo‘lda tayyorlangan.
Undan tashqari xonlikda kulolchilik, misgarlik, degrezlik, 
temirchilik duradgorlik kabi an’anaviy hunarmandchilik turlari ham 
rivojlangan. Manbalar shahar va qishloqlarda yer haydaydigan 
moslama tayyorlovchilar (pazachi), ot abzali tayyorlovchilar 
(kuchanchi), 
misgarlar, 
zargarlar, 
pichoqchilar, 
qinchilar, 
bo‘yoqchilar, telpakdo‘zlar, qulfgarlar, juvozchilar, shamchilar, 
sovunchilar, novvoylar, oshpazlar kabilar maxsus kasb-hunarga 
ixtisoslashganliklari haqida ma’lumotlar beradi. 
Xivada gilam to‘qish o‘zining qadimiy ahamiyatini xonlik 
davrida ham saqlab qoldi. Ilgarigidek, gilam to‘qish bilan turkmanlar 
ham shug‘ullanganlar. Xiva gilamlari ichki va tashqi bozorda mashhur 
bo‘lgan. Umuman olganda, mahalliy hunarmandlarning mahsulotlari 
ichki va tashqi bozor uchun ishlab chiqarilgan. 
XVIII asrning o‘rtalaridan boshlab, Rossiyadan Xivaga oltin va 
kumush tangalar, mis, cho‘yan, temir va boshqa metallar, paxta, ipak 
va yung matolar, bo‘yoqlar, shakar, choy, billur idishlar, oshlangan 
teri kabi mahsulotlar keltirilgan. 
Xiva xonligi savdogarlari qo‘shni Buxoro va Qo‘qon xonliklari 
bilan, shuningdek, Xitoy, Eron, Afg‘oniston, Hindiston bilan ham 
savdo aloqalari olib borganlar. Bu davlatlarga Rossiyadan keltirilgan 
mahsulotlar bilan birga mahalliy mahsulotlar (zargarlik buyumlari, 
gilamlar, otlar) ham olib borilgan. Chet davlatlardan asosan turli 
matolar, metall, ziravorlar, bo‘yoqlar, fil suyagi, shakar (qand) kabi 
mahsulotlar keltirilgan.
Xiva xonligining Yangi Urganch, Kichik Vazir, Qiyot, Xonqa, 
Tirsak, Gurlan, Xazorasp, Qo‘ng‘irot, Shohabboz kabi shaharlari 
hunarmandchilik va savdo-sotiq markazlari edi. Manbalarning 
ma’lumotlariga ko‘ra, XIX asrning birinchi yarmida Yangi Urganch 
himoya devorlari bilan o‘rab olingan savdo markazi bo‘lib, unda bir 


166 
yarim mingta xonadon bo‘lgan. Urganchilik savdogarlarni nafaqat 
Buxoro, Qo‘qon va Turkiston bozorlarida, balki Astraxan, Orenburg, 
Nijniy Novgorod, Moskva, Qashg‘ar, Mashhad, Qobul bozorlarida 
ham ko‘plab uchratish mumkin bo‘lgan. Urganch bozorlari asosan 
ichki savdo mahsulotlariga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, tashqi savdo 
uchun mahsulotlar yirik savdogarlarning uylaridagi ustaxonalarda 
tayyorlangan. Shaharda 300 ga yaqin savdo do‘konlari bo‘lgan. 
XVII- XVIII asrlarda Qiyot shahri saroylari, machit va 
madrasalari bilan shuhrat qozongan bo‘lib, XIX asrning birinchi 
yarmidan o‘z ahamiyatini yo‘qota boshlaydi va 50-60 xonadondan 
iborat qal’aga aylanadi. Bu yerda 30 ga yaqin do‘konlar bo‘lib, 
seshanba va shanba kunlari bozor bo‘lgan. 
Juvarxas 
kanalining 
Amudaryodan 
suv 
oladigan 
joyida 
joylashgan Xazorasp shahri barcha qo‘layliklarga ega edi. Shaharda 
sakkizta machit va shuncha madrasa bo‘lib, 450-500 ta xonadon 
istiqomat qilgan hamda 400 ga yaqin savdo do‘konlari mavjud 
bo‘lgan. Hunarmandchilik mahsulotlari asosan do‘konlarda va qisman 
uylarda tayyorlangan. Hazoraspda katta bozor dushanba va juma 
kunlari bo‘lgan. 
Xonlikdagi yirik savdo-hunarmandchilik markazlaridan biri 
Gurlan edi. Manbalarga ko‘ra, XIX asrning o‘rtalarida shaharda, atrof 
hududlar bilan qo‘shib hisoblaganda uch mingtagacha xonadon 
istiqomat qilgan. Shaharda ko‘plab machit va madrasalar, bog‘lar 
tutzorlar bo‘lib, dalalardagi sholi, paxta va bug‘doydan yaxshi hosil 
olingan. 
Manbalarga ko‘ra, Xiva bozorlari haftaning deyarli barcha kunlari 
ishlab, raislar tomonidan boshqarilgan. Rus sayyohlari Xiva 
bozorlarini 
gavjumligi 
va 
mahsulotlarga 
boyligi, 
ajnabiy 
savdogarlarning ko‘pligi bilan Buxoro va Qo‘qon bozorlaridan 
qolishmasligi haqida ma’lumotlar qoldirganlar.
Butun O‘rta Osiyoda bo‘lgani kabi, Xiva xonligida ham asosiy 
ilm o‘chog‘lari boshlang‘ich maktablar va madrasalar edi. 
Boshlang‘ich maktab, ya’ni, quyi ta’limda o‘qish-yozishni o‘rganib, 
xat-savod chiqargan o‘smirlar poytaxt Xivadagi hamda Buxorodagi 
madrasalarda o‘qib ta’lim olganlar. Manbalarga ko‘ra, XIX asrda 
Xiva xonligida 1500 ga yaqin boshlang‘ich maktab va 130 ta madrasa 
bo‘lgan. Faqat Xivaning o‘zida 22 ta madrasa bo‘lib, ular ichida 
Muhammad Rahimxon, Sherg‘ozixon, Rahmonberdibiy, Olloqulixon, 


167 
Xoja Mahram, Fozilbek, Davlat Qorako‘z, Bekniyoz devonbegi 
madrasalari alohida nufuzga ega edi.
Xorazm adabiy muhitida ilg‘or g‘oyalarni targ‘ib etgan 
shoirlardan biri Nurmuhammad G‘arib Andalib (1710-1770 yy.) ning 
“Said Vaqqos”, “Zaynul arab”, “Yusuf va Zulayho”, “Layli va 
Majnun” kabi dostonlari mashhurdir.
Xivada ijod etgan shoirlar ichida Muhammad Rizo Ogahiy (1809-
1874 yy.) alohida o‘ringa ega. Tarixchi, tarjimon va shoir bo‘lgan 
Ogahiyning 1832 -yilda tuzilgan “Ta’vizul oshiqon” (“Oshiqlar 
tumori”) devonidagi g‘azallari ayniqsa mashhurdir. Bu davrda 
shuningdek, Pahlavon Ravnaq, Muhammad Niyoz Nishotiy, 
Muhammad Xokisor, Tabibiy, Munis, Komil Xorazmiy, Komdon, 
Murodiy kabi shoirlarning ijodi rivoj topdi. 
Tarixiy asarlar orasida Abulg‘ozining “Shajarai turk” va “Shajarai 
tarokima” (“Turkmanlar shajarasi”) o‘zbek tilida bitilgan muhim 
tarixiy asarlar hisoblanadi. Tarixnavislik an’analarini keyinchalik 
Munis, Ogahiy, Muhammad Yusuf Bayoniy kabi tarixnavislar davom 
ettirdilar. 
XIX asr boshlarida Muhammad Rahimxonnning buyrug‘i bilan 
Shermuhammad Munis (1778-1829 yy.) “Firdavs ul-iqbol” (“Baxtu 
saodat jannati”) asarini yaratdi. Xiva xonligining XVIII- XIX asrlar 
tarix haqida qimmatli ma’lumotlar beruvchi bu asarni keyinroq 
Olloqulixon topshirig‘i bilan Munisning jiyani Ogahiy davom ettirdi 
va 1872 -yilgacha bo‘lgan voqealar bilan boyitdi. Shuningdek, Xiva 
xonligi tarixiga bag‘ishlangan asarlar orasida Bayoniy (1859-1923 
yy.) ning “Shajarai Xorazmshohiy” asari ham qimmatli hisoblanadi. 
XVIII- XIX asrlarda Xiva xonligida ko‘plab inshootlar bunyod 
etildi. Ayniqsa xonlikning poytaxtlari Urganch va Xiva shaharlarida 
ko‘plab saroylar, masjid va madrasalar, xonaqolar, karvonsaroylar
yopiq bozorlar qurilgan. Xivadagi me’moriy yodgorliklar asosan 
Ichan (ichki) qal’ada bunyod etilgan. Xonning yozgi qarorgohi 
bo‘lgan Dishan (tashqi) qal’a ham nodir me’morchilik namunasi 
hisoblanadi.
Xonlikdagi boshqa shaharlar - Yangi Urganch, Hazorasp, 
Toshhovuz, Yangi Vazir, Shohabboz, Gurlan, Xo‘jayli, Qo‘ng‘irot 
kabilar mudofaa devorlari bilan o‘rab olinib, ularda ham ko‘plab 
me’moriy inshootlar bunyod etilgan.


168 

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish