Buxoro davlat universiteti utayeva feruza xolmamatovna


 Hirot Аlisher Navoiy davrida



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/102
Sana25.05.2023
Hajmi2,15 Mb.
#943371
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   102
Bog'liq
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC

10.2. Hirot Аlisher Navoiy davrida
Mirzo Ulug‘bekning vafotidan so‘ng madaniy markaz Xurosonga, 
jumladan uning poytaxti Hirotga ko‘chdi. Hirot madaniy va ilmiy 
markazining shakllanishida Xuroson hukmdori Sulton Husayn 
(Boyqaro) (1469-1506) va ayniqsa buyuk shoir va mutafakkir, ga’zal 
mulkining sultoni Mir Alisher Navoiyning (1441-1501) roli nihoyatda 
beqiyos bo‘ldi.
Ma’rifatli hukmdor bo‘lmish Sulton Husayn (Boyqaro) butun 
Xurosonda ilm-fan, adabiyot, madaniyat homiysiga aylanadi. Uning 
o‘zi Husayniy taxallusi ostida g‘azallar yozgan. Sulton Husayn 
(Boyqaro) hayrihohligi va homiyligi madaniy yuksalishga katta turtki 
bo‘lgan. Husaynning xizmat davrida Alisher Navoiy Mashhad va 
Hirot madrasalarida tahsil ko‘radi. Keyinchalik Movarounnahr hokimi 
Sulton Abu Said tazyiqi bilan Samarqandga ketishga majbur bo‘lib, u 
yerda ikki -yilcha turib, o‘z bilimini yanada takomillashtiradi.
1469 -yili Xuroson taxti Sulton Husaynga tekkandan so‘ng, uning 
taklifi bilan Alisher Navoiy Hirotga kelib, avval muhrdorlik so‘ngra 
vazirlik lavozimida faoliyat ko‘rsatadi. Jumladan, Alisher Navoiy 
o‘zining vazirlik lavozimini egallagan vaqtida (1472-1476) 
mamlakatda imkon boricha osoyishtalik va adolat o‘rnatishga harakat 
qiladi.Uning hatti-harakatlari natijasida shaharlar yuksaldi, suv 
chiqarilib, ko‘pgina yerlar obod qilindi, hunarmandchilik va savdo-


160 
sotiq ishlari yanada rivojlandi. Navoiy ilm-fan, ma’rifat va madaniyat 
ahliga shaxsan o‘zi homiylik ko‘rsatdi. Garchi toju-taxt uchun 
kurashlarda va fitna-nizolar natijasida Navoiyning Sulton Husayn 
bilan oralari bir oz sovugan bo‘lsa-da, lekin Navoiy umrining oxiriga 
qadar davlatning tayanch shaxslaridan biri bo‘lib qoladi. Jumladan, u 
vazirlik lavozimidan ketar ekan, sulton Navoiyga shohona to‘n 
kiygizib, uning hech bir iltimosi hech qachon yerda qolmasligini 
aytadi. Alisher Navoiyning birgina o‘zi 300 tadan ziyod turli qurilish, 
obodonchilik ishlariga bosh-qosh bo‘ladi. Hirotdagi Injil daryosi 
bo‘yida uning qurilish ishlari uchun maxsus yer ham ajratib beriladi. 
U barpo etgan Hirotdagi Ixlosiya, Shifoiya majmualari, Tus 
viloyatidagi Turuqband suv ombori va kanali, Hirot va Mashhaddagi 
qator sug‘orish inshootlari, Astroboddagi saroy va masjid, Marvdagi 
madrasa shular jumlasidandir. El-yurt farovonligini o‘ylagan Navoiy 
o‘z daromadlarining aksariyat qismini hayriya ishlariga sarflaydi. 
Odamiy dersang demagil odamiy, Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami, 
deb, o‘z ta’rifini bergan edi shoir. Shaxsan uning mablag‘lari 
hisobidan 52 ta rabot, 19 ta hovuz, 16 ta ko‘prik, 9 ta hammom va 
boshqalar qurildi. Shuningdek, Navoiy butun Xurosonda 12 tadan 
oshiq ahamiyatli bo‘lgan va ta’mirlanishga muhtoj masjid, minora, 
rabot va boshqalarni ta’mir etib o‘z holiga qaytaradi. Jumladan, 
Navoiy ta’mir etgan Hirotdagi jome masjidi hozirgi kunga qadar Hirot 
shahrining go‘zal inshootlaridan biri hisoblanadi. Alisher Navoiy 
homiyligi ostida Sharq miniatyurasi maktabining yetuk namoyondasi 
Sharq Rafaeli nomini olgan Kamoliddin Behzod, taniqli tabiblar 
Abdulhay Muniy, Darvish Ali, hattotlardan -Sulton Ali Mashhadiy, 
musiqachilardan - Husayn Uddiy, shoir va tarixchilardan-Sohib Doro, 
Muhammad Nizomiy, Kamoliddin Binoiy, Davlatshoh Samarqandiy, 
Husayn Voiz Koshifiy, Mirxond, Zayniddin Vosifiy, Muiniddin 
Muhammad Isfizoriy va boshqalar etishib chiqdilar.
Alisher Navoiy ilk bora o‘zga shoirlardan farqli ravishda turkiy 
tilda 1483-1485 yillarda beshta dostondan iborat Xamsa asarini yozdi. 
Buyuk shoirning 20 tadan ziyod yirik asarlari mavjuddir. Ular 
“Xazoyinul maoniy”, “Lison ut tayr”, “Mahbub ul qulub”, “Majolisun 
nafois”, “Munshaot”, “Muhokamatul lug‘atayn”, “Mezonul avzon” va 
boshqalardir. Bular tarixiy, falsafiy, ahloqiy mezonlarni o‘z ichiga 
olib, ularda insoniyatga xos bo‘lgan barcha ijobiy xislatlar
ulug‘lanadi. Navoiy o‘z asarlarida Vatanga, tug‘ilib o‘sgan yeriga 


161 
nisbatan buyuk muhabbatni kuylaydi, muhabbat va sadoqat, halollik 
va poklik, do‘stlik va hamkorlik, ezgulik va adolat kabi o‘chmas 
g‘oyalar tarannum etiladi. Buyuk mutafakkir insonlarni o‘zaro mehr-
oqibatli, insof-diyonatli, bag‘rikeng, olijanob, mehnatsevar bo‘lishga 
chaqirib, aynan yuqori ahloqiy sifatlarga ega bo‘lgan insongina 
mamlakat ravnaqiga bevosita hissa qo‘shishi mumkinligini, har bir 
kishi o‘z ahloqi va odobi ila jamiyat ma’naviy hayotini yuksaltirishi 
mumkinligini uqtirib o‘tadi. Ilm olishga intilmak, xat-savodli bo‘lish, 
o‘z halol mehnati, pok kalbi bilan umr kechirish haqidagi ezgu fikrlar 
uning asarlaridan keng joy olgan.
Jahon ahli Navoiyni nafaqat ulug‘ shoir va davlat arbobi, balki 
buyuk insonparvar shaxs, qomusiy olim, betakror so‘z san’atkori, 
Gomer, Nizomiy, Shota Rustaveli, Shekspir, Balzak, Pushkin, 
Tolstoy, Tagor kabi adabiy dunyo daholari qatoridan joy olganligini 
e’tirof etadi. Moskva, Tokio, Boku shaharlarida ushbu mutafakkirga 
haykallar o‘rnatilganligi, asarlarining o‘nlab jahon xalqlari tillariga 
tarjima qilinganligi yuqoridagi fikrning tasdig‘i bo‘lib qoladi.

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish