93
yo‘lini belgilab berdi. San’atda bu davr boshida juda muhim
o‘zgarishlar yuz berdi. Bu davrda Arab xalifaligi tasarrufidan
mamlakatlarda
din va ilm-fan bilan birga, badiiy hunarmandchilik
ham birinchi o‘ringa chiqdi va feodal savdo shaharlari yuksalishi bilan
barobar rivojlanib bordi.
IX asrdan boshlab kulollik badiiy hunarmandchilining eng keng
yoyilgan turlaridan biriga aylandi. Aholi maishiy turmushda sopol
idishlardan keng foydalana boshlandi. Movarounnahr shaharlarida
kulollarning katta-katta mahallalari vujudga keldi.
Poykend shahri
tagida ochilgan kulolchilik ustaxonalari, xumdonlar qoldiqlari ham
buni yana bir marotaba isbotlab berdi.
Usha davr kulolchilik san’atida tub o’zgarishlar bo‘ldi: yangicha
shakldagi buyumlar yuzaga keldi, ularni bezashda
bulakcha texnikaviy
hamda badiiy usullardan foydalanila boshlandi.
Poykend shahri Qo‘yi Zarafshon mintaqasida shisha mahsulotlari
ishlab chiqaruvchi yirik markazga aylangan. Poykenddan shishadan
san’at asari darajasidagi noyob buyumlar ishlab chiqarilgan.1984-
yildagi qazishlar chog‘ida shisha buyumlar ishlab chiqarilgan bir
qancha uchoqlar va moslamalar qoldiqlari ochib o‘rganilgan. Shisha
idish-tovoqlar, kimyoviy idishlar,
atr shishalar, boshqa uy ruzg‘or
idishlarini ishlab chiqarish urf bo‘lgan. Ularda ta’sviriy motivlar kam
uchraydi, mavjudlari uncha murakkab bo‘lmay puflash yoki qolipda
bosish yo‘li bilan tayyorlangan.
Poykend shishalarining ximiyaviy tarkibi katta ilmiy qiziqishlarga
sabab bo‘lgan. Poykend shishalari 6 xil ximiyaviy komponentlardan
tashkil topgan. Poykendda ishlab chiqarilgan shisha buyumlar xalqaro
tranzit savdo orqali Movarounnahr hududlaridan ham tashqariga olib
chiqilgan.
1957-yilda arxeolog A.P.Okladnikov Sibirda Angara daryosining
chap irmog‘i bo‘lgan Unga daryosi bo‘yidagi VI-XI asrlarga oid
arxeologk yodgorliklarni qazish jarayonida ximiyaviy tarkibi Poykend
shishalariga mos shisha buyumlar topgan. Bu narsa Poykendda ishlab
chiqarilgan shisha buyumlarning savdo iqtisodiy
aloqalar tufayli olis
Sibir regionlariga ham tarqalganligini isbotlab berdi.
1980-yillar
boshlarida
Poykendda
ochilgan
shishadan
tayyorlangan, 6, 9 smli naycha birktirilgan bu idishlar aksariyat
hollarda tibbiy va ximiyaviy maqsadlarda foydalanilgan bo‘lishi
mumkun.
94
Shosh, Farg‘ona, Chag‘oniyon kabi markazlar qatorida haqli
ravishda Poykend shahri ham turganligi bir qator ikkilanishlardan
so‘ng, 2003 - yil o‘tkazilgan arxeologik qazishlarda o‘zining yakuniy
isbotini topdi. Topilgan maxsus xumdon va unda sirkor idishlarni
pishirishda foydalanilgan buyoqlar va sirkor qoldiqlar bundan dalolat
berib turibdi.
Sir
berish
texnologiyasi
sopol
buyumlar
badiiyligini
kuchaytirishda katta rol o’ynaydi.
Dastavval ishqoriy sirdan
foydalanilgan. Keyinchalik esa sirlashda qalayi va qurg‘oshin ishlatila
boshlangan. Ishqoriy va qalayi sir shaffof bo‘lmay, ulardan asosan
uyib naqsh tushirilgan, sidirg‘a rang berilgan buyumlarni bezashda
foydalanilgan. Buyumlar sirtining yaltiroqligini oshiradigan qurgoshin
siri ishlatish urf bulgach sopol bezovchi rassomlarning mahorati
tularoq ochila boshlangan. Qo‘rgoshin siri
berilganda uning ostida
qoladigan naqshlar va yozuvlar uyg‘unligi saqlandi va yana kuchaydi.
Istaxriy, ibn Xavqal kabi X asr muarrixlarining bizgacha etib
kelgan asarlarida yozilishicha, Poykenddagi Jome Masjidi zarhal berib
hamda qimmatbaho toshlar qadab bezatilgan mehrobi bilan mashhur
edi, u zarhal qoplamasi bilan Movarounnahrdagi barcha masjidlardan
ustun turgan.
Do'stlaringiz bilan baham: