Poykent qadimgi shahar:
Qadimgi Poykend shahri to‘g‘risida
Xitoy, arab mualliflari qimmatli ma’lumotlarni yozib qoldirganlar.
Maydoni 21 ga.bo‘lib IV‒III asrdan boshlab qad ko‘targan.
89
O‘rta asr arab muarrixlari Tabariy, Ibn-al Xordadbek, Ibn al-
Faqihlar asarlarida “Madina al Tujjor”, - “Savdogarlar shahri deya
e’tirof etilgan, qadimda Sug‘dning “Marvarid monand” shahri
bo‘lgan, qadimgi Poykend shahri Buxorodan 55 km janubiy g‘arbda,
Qorakul tumani hududida joylashgan.
Garchand shahar ijtimoiy, tabiiy oqibatlar tufayli o‘rta asr
Sug‘dining bir qator shaharlari singari, o‘rta asrlardayoq vayronaga
yuz tutsada, utmish qa’riga butunlay singib ketmagan, uzidan boy va
bebaho tarixni qoldirgan.
Arab geografi Istaxriy 930-933 -yillar atrofida yozgan “Kitob al-
masolik val mamolik”, (“yillar va mamlakatlar to‘g‘risida kitob)
asarida Buxoro vohasidagi 30 tacha shaharlar to‘g‘risida ma’lumot
berib, kattaligi va mashhurligi sababli Buxorodan so‘ng ikkinchi
o‘rinda Poykend shahrini tilga olib o‘tgan.
Buyuk Ipak yo‘lida joylashgani, qulay geografik imkoniyatga
egaligi bois, shahar xalqaro tranzit savdoda ishtirok qilishini e’tiborga
olib, X asrda yashagan buxorolik tarixchi Abu Bakr Muhamad ibn
Ja’far Narshaxiy o‘zining “Buxoro tarixi” asarida “Baykend aholisi
hammasi savdogar bo‘lgan. Ular Xitoy bilan va dengiz orqali
boriladigan mamlakatlar bilan savdo qilganlar va juda boy
bo‘lganlar”,- deb yozib qoldirgan.
X asrda bitilgan bir qator tarixiy manbalarda Poykend
Movarounnaxrning yirik savdo hunarmandchilik markazi sifatida
tasvirlanadi. Manbalar shaharning Poykenddan boshqa nomlarda ham
atalganini yoritadi. Jumladan: “Madinat al tujjor” (“Savdogarlar
shahri”), “Shaxristoni ruin”, (“Jezddan qurilgan shahar”, “Mis shahar”
va boshqa nomlar.
Bu nomlar shaharning tarixiy ijtimoiy topografiyasi, geografik
joylashuvi, siyosiy, iqtisodiy va harbiy xolatlaridan kelib berilgani
tabiiy.
Tadqiqotchilar Beleniskiy, Bentovich, Bolshakovlar VII asr va
VIII asr boshlarida Poykend, O‘rta Osiyoda yagona, erkin shahar,
savdo markaziga aylangan degan xulosaga kelishgan.
Istaxriy va Ibn Xavqallar Poykend X asrda kuchli mudofaa
devorlari bilan o‘ralganligini, unda mahorat bilan qurilgan jome
masjidi borligini masjid mehrobining oltin va qimmatbaho toshlar
bilan bezalgani bois Movarounnahrda unga teng kela oladigani
yo‘qligini ham yozib qoldirishgan.
90
Ba’zi manbalarda Poykend bilan bog‘liq ma’lumotlar afsonaviy
ohanglarda bitilganligini ham ko‘rishimiz mumkin. Jumladan
Firdavsiyning
mashhur
“Shohnoma”
dostonida
“Kayxusrav
Poykendda olov ibodatxonasini ko‘rib, uning devorlariga
Zardushtiylarning muqaddas kitobi “Avesto”ni oltin harflar bilan
yozdirib qo‘ydi”.
Narshaxiy Poykendda oliy imoratlar bilan birga, shahar
darvozalari oldida Buxoro qishloqlari soniga ya’ni 1000 dan ortiq
robotlar qurilganini yozadi.
XIX asrda ruslarning Turkiston zaminiga kirib kelishi natijasida
rus tarixchi tadqiqotchilarining bu ko‘hna shahar vayronalari bilan
qiziqishi ortdi. 1896 -yilda V.V.Bartold ko‘rsatmasiga muvofiq
Turkiston arxeologiyasiga qiziquvchilar to‘garagi boshqaruvi Poykend
to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlarni to‘pladi. N.F.Sitnyakovskiy
tomonidan
shaharning
va
unda
saqlanib
qolgan
imoratlar
vayronalarining plani kartaga tushirildi.
1903-yilda
R.Pampelli,
1913‒14
-yillarda
L.A.Zimin
boshchiligidagi ekspedistiyalar Poykendda dastlabki qazuvlarni
amalga oshirgan.1939 - yilda qadimgi Poykend tarixini arxeologik
urganishlar tarixida yangi bosqichi boshlandi. Rossiya Ermitaji, Jahon
madaniyati tarixi instituti tomonidan tashkil etilgan Zarafshon
ekspedistiyasi, O‘zkomstaris vakili V.A.Shishkin ishtirokida shahar
vayronalari va uning atroflarida tadqiqotlar boshladilar.
1940 -yilda ham bu ishlar davom ettirilib, unda taniqli arxeologlar
V.A.Shishkin, M.M.Dyakonov, A.Yu.Yakubovskiy, V.N.Kesaev,
N.P.Kiparisova, S.K.Kabanovlar qatnashgan.
1954-yilda qadimgi Poykendning shaharga tutash qismlarini
urganish maqsadida O‘zbekiston FA. Tarix va Arxeologiya
institutining maxsus tadqiqotlar o‘tkazdi. Natijada shahardan shimoliy
sharq tomonda joylashgan qadimiy nekropol (xilxona) qoldiqlari topib
o‘rganildi.
1980-85
-
yillar
A.R.Muxammadjonov,
J.K.Mirzaaxmedov,
Sh.T.Odilovlar
Rossiyalik
professor
G.L.Semyonov va uning shogirdlari izlanishlar olib bordilar. 1999 -
yildan boshlab esa Rossiya Davlat Ermitaji va O‘zbekiston
Respublikasi FA.Arxeologiya instituti tomonidan Har yili Sankt-
Peterburgda “Материалы Бухарской археологической экспедиции”
nomi ostida Poykendda olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlar
natijasi e’lon qilingan.
91
Topilgan 5000 dan ziyod nodir muzey eksponatlari nafaqat
qadimgi Poykend shahri tarixi, balki o‘zbek davlatchiligining ba’zi
rivojlanish jihatlari tarixini, qadimgi o‘zbek shaharsozligi, madaniyati,
san’ati, siyosiy-iqtisodiy rivojlanishi, savdo-sotiq aloaqalari tarixini
ham o‘zida aks ettirgan. Shularni hisobga olib, O‘zbekiston
Respublikasi FA olimlari va Buxoro ilmiy jamoatchiligi takliflari
asosida, Buxoro viloyat hokimining 2000 -yil 1 mayda № 73 - f sonli
farmoyishi asosida Qadimgi Poykend shahri yaqinida “Qadimgi
Poykend tarixi” muzeyi tashkil etildi. Bu muzey shaharning tarixini
yoritib beruvchi nodir arxeologik manbalarga boy.
Muzey kirish zali, uchta asosiy zalidan iborat bo‘lib, 1500 dan
ortiq ekponatlarni namoyish qilmoqda. Muzey Poykend shahri
urbanizatsiyasini to‘liq yoritib beradi.
Poykend shahri IV-V asrlarda kengayib yanada mustahkam
bo‘lgan. Ikki qavatli devor bilan o‘ralgan. Shaharning atroflarida bir
necha qurg‘onlar bo‘lgan.
670 - yildan boshlangan arablarning Buxoro, Poykend,
Samarkand, Termizga qilgan harbiy yurishlari davrida Movarounnahr
Arab xalifaligi tarkibiga qo‘shib olinmagan. 704 -yildan boshlangan
Movarounnahrni fatx etishning ikkinchi bosqichida Xuroson noibi
shafqatsiz Al-Hajjoj va harbiy yurishlar rahbari Kutayba ibn Muslim
Movarounnaxrning Xorazmdan tortib Chag‘oniyongacha, Poykenddan
tortib Chochgacha bo‘lgan barcha viloyatlariga sakkiz -yil davomida
qushin tortib bordi.
Natijada butun Movarounnahr singari Poykend shahri ham 705-
yildan arab xalifaligi tasarrufiga kiritiladi. Movarounnahrning arablar
tomonidan fath etilishi mintaqada islom dini va arab yozuvining
majburiy yo-yilishiga olib keladi. Markaziy Osiyoda shunga qadar
amalda bo‘lib kelgan o‘ziga xos sug‘d, urxun, xorazm yozuvlari
o‘rnini ham arab yozuvi egalladi.
Poykent muzey katta zali ekzpozistiyasi X asrga oid sopol
bo‘lagiga yozib qoldirilgan yozuv bilan boshlanadi. Sopol bo‘lagida:
“Bismillahur al Roxmanir Rohiym”, ya’ni “Dunyoda ham oxiratda
ham rahmat qiluvchi Ollohu ta’oloning nomi bilan boshlayman bu
ishni”, de-yiladigan Qur’oni Karimning birinchi surasi boshlanishi,
qora tushda yozilgan. Qo‘yilgan sopol parchalarida o‘sha davrdan
bizgacha etib kelgan arabcha yozuvlar namoyish qilingan.
92
Ma’lumki dastlabki davrlarda arab yozuvini o‘rganish, yozish
qiyinchilik bilan kechgan bo‘lsa kerak. Shu sababli ham, ayrim jumla
va so‘zlar noto‘g‘ri yozilgan. Bulardan tashqari, yozuv anjomlari
shishadan ishlangan siyohdon, qalamdonlar ham Poykend ahlining IX-
XI asrlardagi yozuv anjomlari qanday bo‘lganligidan guvohlik beradi.
O‘sha davr davlatchiligiga xos bo‘lgan pul muomalasini
ifodalovchi Somoniy va Qoraxoniylar hukmdorligida zarb qilingan
tanga pullar muzeydan joy olgan. Bu davr pul muomalasiga e’tibor
qaratadigan bo‘lsak, ilgarigi muomaladagi tanga pullar o’rniga
arabcha namunadagi filslar zarb qilina boshlagan. Bu jarayon VIII
asrning birinchi yarmi oxiri - ikkinchi yarmi boshida boshlanib
Movarounnahrning qator shaharlarida
Do'stlaringiz bilan baham: |