15-mavzu: Fan va din o’rtasida kurash.
Fan va din:
odamzodning paydo bo‘lishi
Muammo nimada?
Ma’lumki, fan va din bir necha ming yil davomida ayrim masalalar yuzasidan ixtilofda. Xususan, Yerning shakli va o‘rni, osmon nimaligi, olamning yaralishi, Yerda hayotning paydo bo‘lishi va hokazo. Ulardan eng murakkabi — odamzodning vujudga kelishi haqidagi bahski, hozirgacha daaom etib keladi. Bu borada fan va din o‘rtasida chukur jarlik bor va uning har ikki sohilini tutashtiruvchi biron bir ko‘prik bo‘lishi mum-kii emasday tuyuladi. Nuqtai nazarlarning qarama-qarshiligi hatto masalaning tarifida ham ko‘rinadi — fan "odamning paydo bo‘lishi" ibo-rasini qo‘llasa, din "odamzodning yaratilishi" xaqida ran yuritadi. Fan ham, din ham o‘z pozitsiyasini haq hisoblab, isbotlashga urinishi-ku tu-shunarli. Lekin tomonlar o‘eining hak/1igidan ko‘ra ham ko‘proq muxolif-ning nohaqligini "isbotlash"da ayni masalaga eng kuchli dalil sifati-da qaraydi. Bunda taxminan quyidagicha mushohada qilinadi: fanga ko‘ra, "Odam biologik evolyusiya natijasida odamsimon maymundam kelib chiq-qani inkor qilib bo‘lmas dalillar bilan isbotlangan; demak, odamning yaratilishi haqidagi diniy ta’limot yanglish; bundan kelib chiqadiki, umuman, din — rivoyat (mif)". Din da’vo qiladiki, "Yo‘q, inson maymun-dan kelib chiqishi mumkin emas, darvinizm va antropologiya dalillari yetarli emas, bori ham sun’iy va zo‘raki; odamzod muqaddas kitoblarda bayon qilinganidek paydo bo‘lganini shu kitoblarning o‘zi tasdiqlaydi, demak, darvinizm — soxta nazariya. Bundan kelibchiqadiki, umuman, qaerda fan va din o‘rtasida ixtilof bo‘lsa, din haqu fan yolg‘on". Shunday kilib, "Odam qanday vujudga kelgan?" degan savol fan va diniy ilm mu-nosabatida kulminatsion xarakterga ega.
Odamning vujudga kelishi haqida ilmiy va diniy yondashuvlar bir-biriga zid bo‘lsin, deb turaylik. Bu holda talim masalasi nima bo‘la-di? "Insonni xudo yaratgan" va "Odam — evolyusiya maxsuli" degan nuqtai nazarlardan qaysi biri yoshlarga bilim berishda asos qilib olinishi lozim? Hozirgacha tutib kelingan yo‘l — birini qabul qilib, ikkinchisi-ni soqit etish. Ravshanki, mutlaq ko‘pchilik "odamni xudo yaratgan" degan ishonchdan dinga tazyiq davrlarida ham voz kechmagan. Unda, demak, biologiya kursidan darvinizmni chiqarib tashlash kerakmi? Biz bu yo‘lni qam to‘g‘ri deya olmaymiz. Zero, ilmiy nazariyani taqiqlash dinni taqiq-lash kabi samarasiz, hetto zararli ekani tarixda kup marta isbotlan-gan. Masalan, T. D. Lisenko davrida sobiq Ittifokda genetikani o‘qitish xam, ilmiy ish olib borish ham ta’qib etilgan, atokli biolog N. I. Vavilov esa qatag‘on qilingan edi. Buning bevositami yoki bilvosita oqiba-ti shu bo‘ldiki, biologiya va tibbiyot sohasida biron sovet olimi Nobel mukofotiga erishmadi. Zotan, fan ham din kabi bir butun tizim hosil qiluvchi sohadir. Ayniqsa, XX asrda matematika, fizika, ximiya, biologiya va meditsina tutashib, yaxlit bilimga aylanib ketganki, biror "a’zo"si qo‘porilsa, butun "organizm"ga zaha yetadi. Demak, jamint odameodning yaratilishi masalasida diniy ta’limotni xam, ilmiy ta’limotni ham tarbiya tizimidan soqit qilishdan manfaat-dor emas.
Hozirgacha deyarli hamma demokratik mamlakatlarda qo‘llab kelinayo-tgan ikkinchi yo‘l — "odamning qanday vujudga kelgani" hal qilinishi mumkin bo‘lmagan (transsendent) masala deb qaralib, har ikki nuqtai nazar, o‘zaro zid bo‘lishiga qaramay, yonma-yon yashayverishiga imkon be-rish. Masalan, Buyuk Britaniya kollejlari uchun "biologiya" darsligi mu-alliflari N. Grin, U. Staut, D. Teylor shu nuqtai nazarga amal qilgan. Lekin bu holda bir mektabda (masalan, ToshDU qoshidagi akademik li-seyda) ilmiy nuqtai nazarni, ikkinchi maktabda (aytaylik, Islom uni-versiteti qoshidegi akademik litseyda) diniy nuqtai nazarni o‘qitish ma’qulmi? Hatto ayni bir maktabda, ayni bir sinf yo guruxda unisi haqida ham, bunisi haqida xdm ta’lim berishga to‘g‘ri kelsa-chi?
Bu bilan muammo chuqurlashsa chuqurlashadiki, yengillashmaydi. O‘zini dindor hisoblaydigan biologiya o‘qituvchisi odamning paydo bo‘lishi haqidagi mavzuni o‘tishda o‘quv dasturiga amal qilmasligi mumkinmi? Zamonaaiy fanning hoeirgi darajasi bilan tanish bo‘lmagan ilohiyot muallimi darvinizmning mantiqiy kuchini to‘g‘ri baholamay uni ko‘r-ko‘rona "yolg‘on"ga chiqarsa, talimga zarar, dinning obro‘siga esa putur yetkazmaydimi? Umuman, ayni bir jamiyatda qarama-qarshi ikki nuqtai nazar baravar yashashi mantiqsizlik, tafakkurning ojizligi emasmi? Buning ma’naviyat uchun xavfi ham yo‘q emas: jamiyatda bo‘linish va hatto kishilar o‘rtasida o‘zaro nafrat vujudga kelishi mumkin. Buning oldini olish xayrli bo‘lsa kerak. Shunga ko‘ra masalaga uchinchi yondashuvni bayon qilamiz. Uning moqiyati odamning vujudga kelish borasidagi fan va din nuktai nazarlari o‘zaro zid emas, aksincha, uyg‘un va bir-biri-ni to‘ldiradi, degan g‘oyadan iborat. Bunda "dinda ham, fanda ham bosh maqsad — haqiqat, haqiqat esa — bitta" degan ishonchga tayanamiz.
Alohida ta’kidlash loeimki, masala o‘ta murakkab. Uni tadqiq qilish bir yoki bir necha mutaxassis imkoniyati doirasiga sig‘maydi. Shu bois muallif mutlaq xaqiqat da’vosidan yiroq. Mulohazalarimizga fan va-killaridan "xususiy bir faraz" tarzida, diniy ilm vakillaridan "Balki shundaydir, vallohi a’lam" deya qarashlarini so‘raymiz. Niyatimiz esa xolis: ilg‘or demokratik na yuksak ma’naviyatli davlat qurish uchun intilayotgan jamiyatimizda hamjihatlik, ma’naviy uyg‘unlik qaror topi-shiga hissa qo‘shish.
Ziddiyatga raddiyat
Odamzodning vujudga kelishida fan va din talimotlari o‘rtasida ziddiyat bormi, yo‘qmi, degan masalaning muhokamasini "Ziddiyat o‘zi nima?" degan savoldan boshlash joiz. Mantiq fanida "ziddiyat" de-ganda biri ikkinchisini inkor qiladigan fikr, tasdik^arni (ingliz-cha statement, proposition, ruscha vыskazыvanie, sujdenie) bir paytda to‘g‘ri deb da’vo qilish tushuniladi. Bunda ziddiyat o‘zining sof ko‘ri-nishida biror "A" tasdiq bilan uning inkoridan iborat "A emas" tas-dig‘ining "va" mantiqiy amali orqali qo‘shilishi — kon’yunksiyasidan hosil bo‘ladi (mantiq tilida A&A). Masalan, "virus — tirik mav-judot" va "virus — tirik mavjudot emas".
Amalda bu kabi sof ziddiyat matematikaga xos bo‘lib, undan tashq-arida kam uchraydi. Ko‘pincha biri ikkinchisining inkori bo‘lmasa-da, her ikkisi bir paytda chin bo‘lmaydigan fikrlar juftligi mantiqiy ziddiyat hosil qiladi. Masalan, "Bu modda — suyuqlik" va "Bu modda — qattiq jism" (u gaz, plazma yoki aralashma bo‘lishi istisno emas).
Mantiq — tafakkur unsuri. Qar bir ongli odam, ma’lumotidan qat’i nazar, qay darajadir mantiqiy mushohada qobiliyatiga ega. Lekin max-sus tayyorgarliksiz kishi uchun teran mantiqiy mushohada yuritish yen-gil emas va Arastu zamonidan yaxshi ma’lum xatolardan biriga toyib ketish mumkin. Bu yerdagi holat arifmetikaga o‘xshash: har kim yettini sakkizga ko‘paytira oladi, lekin arifmetika o‘qimagen odam uchun 77,7777ni 888,888 ga xatosiz ko‘paytirishi oson emas.
Shu munosabat bilan bir necha keng tarqalgan mantiqiy xato turla-ri bilan tanishaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |