55
bandligi tufayli meni uzil kesil rad qildi . Lekin u menga juda foydali maslahat berdi . U
quydagidan iborat edi. Men qiyin matematik kitoblarni hammasini qunt bilan puxta o`rganishim va
agar qandaydir to`siq va g`ovlar uchrasa har shanba tushdan keyin uning oldiga bemalol
borishimga ruhsat berdi va barcha qiyinchiliklarni hushmuomalalik bilan tushuntirardi. U shunday
qiyinchiliklar bilan matematikada omad va muvaffaqiyatlarga erishdi. 19 yoshida eyler birinchi
ilmiy ishini Parijdagi fan akademiyasi konkursida e`lon qildi va bosmadan chiqardi. 1727 yilda
eyler Peterburgga keldi . 1725 yilda u ikkita do`stini topgan edi.Ularning uning ustozi Iogan
Bernullini o`g`illari Daniel va Nikolay Bernullilar edi.Bu ilm egalari Peterburg fanlar
akademiyasiga ishga taklif qilingan edi. 26 yoshida eyler Peterburg fanlar akademiyasiga a`zo
bo`ldi. eyler bir necha tillarni ya`ni grek , lotin, nemis ,frantsuz , rus , va boshqa tillarni bilgan. 76
yoshida eyler vafot etdi va Peterburgdagi Smolensk qabristoniga dafn qilindi .
Karl Fridrix Gauss .
Karl Fridrix Gauss 1777 yilning 30 aprelida Braunshveygdagi Vendengreben kanali
ustidagi 1550 –uyda dunyoga keldi. Uning tarjimai xoli bo`yicha mutaxxassislar fikriga ko`ra u
otasining qarindoshlaridan sog`lomlikni , onasining qarindoshlaridan yorqin intellektni meros qilib
oldi . Boshqalarga nisbatan , bo`lajak olimga tog`asi Frideriks usta-to`quvchi yaqin edi. Jiyaning
so`ziga qaraganda «unda tug`ma geniylik vafot etgan edi» . Karl Fridrix Gauss o`zi xaqila
«so`zlashdan oldin , xisoblashni bilardim » degan edi. Uxaqdagi eng erta tug`ilgan afsonada u uch
yoshida otasi g`ishtchilar bilan olib borayotgan xisoblashlarini kuzatib o`tirib , birdaniga otasining
xatosini tuzatgani aytiladi.
7 yoshida Karl Fridrix Gauss Ekaterina xalq maktabiga kirdi. U erda xisoblashni uchinchi
sinfdan boshlaganidan ,birinchi ikki yilda kichik Karl Fridrix Gaussga e`tibor berishmadi . Odatda
uchinchi sinfga o`quvchilar 10 yoshda kelar va 15 yoshgacha o`qishar edi. O`qituvchi Byuttnerga
bir vaqtning o`zida turli yoshdagi turli tayyorgarlikdagi bolalar bilan shug`ullanishga to`g`ri kelar
edi . SHu sababli u o`quvchilarning bir qismiga ikkinchi qismi bilan suxbatlashib olish
imkoniyatiga ega bo`lish uchun uzoq xisoblashga doir mashq berar edi . Bir kuni bir gruppa
o`quvchilarga ,ular orasida Gauss xam bor edi,1 dan 100 gacha bo`lgan natural sonlarning
yig`indisini topish taklif etiladi. Topshiriqni bajargan o`quvchilar o`qituvchi stoliga o`z taxtasini
qo`yish kerak edi . Taxtaning tartibi baxo qo`yishda xisobga olinar edi. Byuttner topshiriqni aytib
bo`lishi bilanoq 10 yoshli Gauss o`z taxtasini stol ustiga qo`yadi . Hammaning hayratlanishiga
sabab , faqat uning javobini to`g`riligi edi. Uning siri oddiy edi: topshiriq aytib bo`linguncha Gauss
arifmetik progressiya hadlari yig`indisining formulasini qayta kashf qilgan edi. Ajoyib bola
haqidagi ovoza kichkina Braunshveygga tarqaldi.
1788 yili Gauss gimnaziyaga o`tadi. U erda matematika o`qitilmas faqat klassik tillar
o`rganilar edi. Gauss tillarni sevib o`rganadi va shunday muvaffaqiyatlarga erishadiki xatto u
matematik bo`ladimi yoki filolog bo`ladimi bilmaydi. Gauss gertsogning homiyligi tufayli 1795
yilning oktyabrida Gettingen universitetiga kira oldi. Avval u filologiya bo`yicha lektsiyalar
tingladi, matematika lektsiyalariga deyarli qatnashmadi. Bu uning matematika bilan
shug`ullanmasligini bildirmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: