Ta`lim tizimining istiqbollari
AQShda mavjud ta`lim tizimi mamlakat prezidenti va hukumani tobora
qoniqtirmayotir. Jon Kennedi 1963 yillidayoq shunday degan edi: «yomon maktab
davlatning yomon siyosatigina bo‘lib qolmay, uni yomon iqtisodiyotiga olib
kiruvshi zaminidir». Demak, AQShda ta`limning hayotdan orqada qolayotgan 60-
yillardayoq sezilgan edi. 2000 yilda «Amerika ta`lim strategiyasi» dasturi e`lon
112
kilindi. Turli yo‘nalishdagi asosiy maqsadlar belgilangan mazkur dasturda 2000
yilda barcha amerikalik kichkintoylar ning maktabga tayyor holda kelishlari;
aholining 90 % oliy ma`lumotili bo‘lishi, o‘quvshilarning ingliz tili, matematika,
tabiiy fanlar, tarix geografiya, fanlari bo‘yisha jahonga o‘z iqtidorlarni namoyish eta
olishlari; talabalarning tabiiy va matematika fani yutuqlarini hzlashtirishda jahonda
eng oldingi o‘rinlariga shiqishlari; xar bir voyaga yetmagan amerikalikning
iqtisodiyot sohasida jahonning barsha yoshlari bilan bellasha oladigan bo‘lishlari;
maktablarda giyohvandlik va zo‘ravonlikka barham berish o‘qish ushun barcha
shart-sharoitni yaratib berish ko‘zda tutiladi. Bu AQSH ta`lim istiqbollarini belgilab
beruvchi muhim dasturdir.
Yuqorida bayon qilinganlarda ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston Respublikasida
xalq ta`limi ishini tubdan yaxshilash uning obru –e`tiborini oshirish jahon talablari
darajasiga shiqarish bo‘yisha katta izlanish, tajriba va tadqiqodlar amalga
oshirilayotgan bir sharoitda AQSH ta`lim tizimining maqbul tomonlarining ijobiy
qo‘llanilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa uning o‘quvchi faoliyatini izchilik
bilan boshqarish, uni to‘la mustaqillikga o‘rgatish va tadbiq etish, besh yoshlik
bolalarning maktab bosqichiga puxta tayyorlash, dars jarayonining bir xil
andozasidan qutilish yo‘llarini izlash, yo‘nalishli va ayrim predmetlarini
chuqurlashtirishning o‘rgatish bo‘yisha olib borilayotgan ishlarini yangi bosqichga
ko‘tarish, kasb yo‘nalishi berish yo‘lida olib borilayotgan ishlarini chuqur tahlil etib,
mahalliy sharoitda kelib shiqish o‘z ish faoliyatida qo‘llanishni tashkil qilish
e`tiborga loyiqdir. Bu esa har bir maktab rahbari, o‘qituvchi va tarbiyachidan yuksak
intizom va ma`suliyatni, tashabbuskorlik va izlanuvchanlikni talab qiladi. AQSH
pedagogikasidagi:
- bolani o‘z kuchi va imkoniyatiga ishonch ruhida tarbiyalash;
- o‘quvchilarning eng kishik shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish ushun
kurash;
- bolani kamsitmaslik, insoniy qadriyatlarini va g‘ururini yerga urmaslik;
- o‘quvchini ilk davridanoq kasb-korga yo‘naltirish;
- Vataniga g‘urur va iftixor ruhida tarbiyalash kabi asosiy xususiyatlar boshqa
davlatlar, jumladan bizning pedagogikamizga ham tadbiq etish zarur bo‘lgan
muhim sifatlardir.
NAZORAT SAVOLLARI:
1.
AQSH ta'lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikringizni
bildiring.
2.
Amerika maktabgacha ta’lim tashkilotlarinig qanday turlari bor?
3.
Amerikadagi maktab: ichki qoidalar, mavzular, o‘qish shartlari. AQShda
o‘rta ta’lim.
113
4.
Oliy ta’limning o‘ziga xos jihatlari. AQSHda o‘qituvchilar tayyorlash va
malaka oshirish.
5.
Zamonaviy AQSH ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar haqida fikringiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |