O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. A. Ikramov, G. N. Davranova, A. A. Ikramova


Bolalar bog‘chalaridagi mashg‘ulotlar



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet51/109
Sana22.05.2023
Hajmi5,01 Kb.
#942424
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   109
Bog'liq
QIYOSIY PEDAGOGIKA O\'QUV QO\'LLANMA yangi

Bolalar bog‘chalaridagi mashg‘ulotlar
. Bolalar bog‘chalarida ta’lim 
dasturlari ham inobatga olingan, yozish va o‘qishdan tashqari bolalarga qo‘shiq 
aytish o‘rgatiladi, sport musobaqalari o‘tkazilib, muntazam sayrlarga (poxodga) 
chiqib turiladi. Ammo bular bilan bir qatorda bu tadbirlarni o‘tkazilishidan maqsad 
- bolada xamjihatlik, jamoada yashash hislarini rivojlantirishdan iborat. Qo‘shiq 
aytilsa, xor (jamoada) aytilishi kerak, yakkaxon qo‘shiqchi qo‘llanilmaydi, 
musobaqa o‘tkazilayotganda yoki hamma yoki guruh g‘oliblikka erishiladi, va 
mutlaqo yakka g‘olib emas. Jamoa bilan muntazam ravishda bir kunlik sayrga 
chiqishdan maqsad bolani chidamlikka o‘rgatish va o‘zi atrofidagi hududni 
o‘rganish.
Yapon bolalari tabiatni juda sevadilar va chuqur his etadilar. Balkim, aynan 
shuning uchun ham Yaponiyada turli daraxtlar, tabiat hodisalariga bag‘ishlangan 
milliy bayram va festivallar ko‘p bo‘lsa kerak. Yoshlikdan go‘zallikni sevishni va 
tabiatni his etishni o‘rgatilgan yapon bolalar bu tuyg‘ular bilan umrbod yashaydilar. 
Bolalarni tarbiyalashdagi bunday ijobiy qarashlar bilan bir vaqtda, davlatdan 
tashqarida Yaponiyada jamoaviylik hislatlari juda rivojlanib, shaxsiyat 
tushunchalarini inkor etiladi fikrlar tarqalgan. O‘zini shaxs sifatida namoyon 
etadigan inson Yaponiya jamiyatida qo‘llab quvvatlanmaydi. Lekin bu Yaponiyada 
hamma birdek hisoblanib, shaxsiyat inkor etiladi degani emas. Yaponiya yoshlarini 
fotosuratlarini ko‘rsangiz u yerda yetarlicha rang-barang, o‘ziga ishongan yigit-
qizlarni ko‘rasiz, lekin ular guruh bo‘lib yashaydilar va bu ularning ulg‘ayshlaridagi 
ma’lum pog‘ona demakdir. Maktab va institutlarni tugatgan rang-barang va 
o‘zgacha fikr yurituvchi yoshlar qonunlarga itoat etuvchi va mehnatsevar yapon 
fuqarolari qatoriga qo‘shilib ketadilar. 


68 
Bolalar va qizlar turlicha tarbiyalanadilar. O‘g‘ilga oilaning bo‘lajak tayanchi 
sifatida qaraydilar va qiyinchiliklarni yengishga o‘rgatadilar. Qizlarni esa uy 
ishlariga tayyorlaydilar. Yaponiya bog‘chalarida bolalarni 8 kishilik kichik 
guruhlar―
xanlar
ga bo‘ladi. Bu bolalarga bog‘chada ―o‘z ish o‘rni ajratiladi, ular 
o‘z xanlariga nom tanlaydilar. Shu tariqa eng kichik yoshdan jamoada ishlashni 
o‘rgatadilar. Bu guruhdagi har bir o‘quvchi guruhda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi lozim. 
Bunday xanlar keyingi ta’lim bosqichida ham qo‘llaniladi. O‘rta maktabda xanlar 
doimiy emas, ular yangi sharoitlarga tezroq ko‘nikish uchun har 5 oyda o‘zgartirib 
turiladi. Yaponiya bog‘chalariga 3-5 ѐshdagi bolalar qabul qilinadi. Bolalar 
bog‘chalarining maqsadi bolalarning aqliy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish, 
mustaqillik va ichki tartib ko‘nikmalarini tarbiyalash, jamiyat hodisalariga to‘g‘ri 
munosabatda bo‘la olishni o‘rgatishdan iborat. SHuningdek, og‘zaki nutq, so‘zlarni 
to‘g‘ri qo‘llashni o‘rgatishga ham katta e’tibor beriladi. Ertaklar, kitoblar, musiqa, 
sport o‘yinlari, rassomlik kabi shaxsning ijodiy xususiyatlariga qiziqish uyg‘otiladi. 
Hozirgi kunda maktabgacha tarbiya muassasalariga 60% bolalar jalb etilgan. 
Boshlang‘ich ta’limga erta qabul qilishga o‘tish maqsadida 4-5 ѐshdagi bolalarning 
barchasini bolalar bog‘chasiga jalb qilish ko‘zda tutilmoqda. Bolalar bog‘chasi 
Yaponiyada vatan fuqarosini shakllantirish tizimining 1-bosqichi hisoblanadi. 
Mustaqil faoliyat, jamoaviy ong, ijtimoiy mas’uliyat ko‘nikmalarini shakllantirishga 
alohida e’tibor qaratiladi. Bolalar bog‘chasining asosiy vazifasi-bolani maktabga 
tayyorlashdir. Bu yerda rasm, musiqa, ritmika, jismoniy tarbiya bo‘yicha 
mashg‘ulotlar o‘tiladi. Individuallik, u qanchalik yaxshi bo‘lmasin, o‘quvchilarni 
o‘ziga jalb qilmaydi, bolalar jamoasi tomonidan qabul qilinmaydi.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish