O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. A. Ikramov, G. N. Davranova, A. A. Ikramova


Oliy ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/109
Sana22.05.2023
Hajmi5,01 Kb.
#942424
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   109
Bog'liq
QIYOSIY PEDAGOGIKA O\'QUV QO\'LLANMA yangi

Oliy ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari.


41 
Oliy maktab o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega. Oliy o‘quv yurtini shtatdagi 
rektor yoki bir necha yilga saylangan Prezident boshqaradi. O‘z- o‘zini boshqarishda 
vazifalari aniq taqsimlab berilgan bir necha guruhlaming bosqichma-bosqich 
ishtiroki prinsipiga amal qilinadi. Uning tarkibiga professor-o‘qituvchilar, 
o‘quvchilar, ilmiy xodimlar va boshqa xodimlar kiradi. Talabalar o‘qishi erkin 
tashkil etilgan. Ko‘p sonli o‘quv bosqichlari bilan birga o‘quv rejalari taklif etiladi. 
O‘qishga haq to‘lanmaydi. Agar talaba yoki ularning ota-onalari oziq-ovqat 
xarajatlarini ko‘tara olmasa, o‘qish uchun moliyaviy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi 
federal qonunga ko‘ra ular moliya yordamini oladilar. Bu yordamning yarmi 
stipendiyaga qo‘shib berilsa, ikkinchi yarmi qarz tariqasida beriladi.Mamlakatda 
ta’limni isloh qilish masalasi ko‘pdan beri muhokama qilinmoqda, bunda o‘quv 
jarayonini qisqartirish taklif qilinmoqda. Ba’zi universitetlarda talabalar 7 yil 
o‘qiydi. Ular o‘qishga kirgunga qadar korxonalarda bir necha yil ishlashlari yoki 
bundesverda xizmat qilishni hisobga olsak, talabalar haqiqiy mehnat faoliyatlarini 
ancha kech boshlayotganligini tushunamiz. 
Germaniyada Xalq universitetlari mavjud bo‘lib, ular partiya va dindan 
tashqari muassasa. Ularning ko‘pchiligi kechki bo‘lib, faqat 1989 yilda 
universitetlarda 400000 kurslar tashkil etilgan va bu kurslarda, 5,5 mln. tinglovchi 
malaka oshirgan. Davlat malaka oshirganlarni rag‘batlantiradi va bu uchun har yili 
5,5 mln. marka mablag4 ajratadi. Malaka oshirish kurslarida o‘qish davrida 
tinglovchilarga mablag‘ bilan moliyaviy yordam beradilar. Asosan ishsizlar o‘z 
malakasini oshirish imkoniyatlaridan ko‘proq foydalanadilar va bu bilan ish 
topioiari tezlashadi. Yarim yil davomida malaka oshirgan ishchilaming 75% ish
bilan ta’minlanadi. Cherkovlar ham fuqarolaming bilim darajalarini oshirishda faol 
ishtirok etadi. Yevangel cherkovi o‘zining 15ta akademiyasida dlozarb mavzular 
bo‘yicha anjumanlar tashkil etadi. 
Katoliklar malaka oshirishda nikoh, oila masalalariga, teologiya va madaniyat 
sohalariga katta ahamiyat beradilar. Oliy o‘quv yurtlarida tadqiqot bilan 
shug‘ullaaish ulaming qadimiy an’analaridan bin. O‘tgan asr boshlarida Vilgelm fon 
Gumboldt pruss universitetlarini isloh qildi, o‘shandam beri ‘Tadqiqot va o‘qitish 
birligi” ulaming hayotiy prinsiplariga aylanib qolgan. Oliy o‘quv yurtlari 
tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishi - fundamental araaliy tadqiqot bo‘lib, ularga 
boshqa ilmiy- tekshirish institutlari, sanoat laboratoriyalari yaqindan yordam beradi. 
Germaniya ta’limi o‘ziga xos yo‘nalishga, juda murakkab tizimga ega. Shu bilan bir 
qatorda hozirda Germaniyada ta’lim tizimini isloh etish yo‘lida yangi
izlanishlar olib borilmoqda. 
Germaniya oliy ta’lim tizimi oliy o‘quv yurtlari turlarining ko‘pligi bilan 
farqlanadi. Germaniyada jami 383 oliy oquv yurti bo‘lib, shulardan 103 tasi 
universitet, 180 tasi amaliy fanlar oliy o‘quv yurtlari hisoblanadi. Birinchi oliy 
ma’lumotni olish yaqin kunlargacha nemislar uchun ham, chet ellik talabalar uchun 
ham tekin edi. 2007 yildan beri ba’zi oliy o‘quv yurtlari talabalari har semestrga 500 
yevrodan to‘lashlari kerakligi belgilandi (inflyatsiyani hisobga olib oshib 
bormoqda.) 
G‘arbiy Yevropa Federal yerlarida muddatidan uzoq o‘qiyotgan talabalar 
o‘qish uchun pul to‘laydilar. Ta’lim tizimidagi bu islohotlar qonun bo‘yicha yo‘lga 


42 
qoyilgan.Oliy o‘quv yurtlarining ko‘pchiligi davlat tasarrufida va hukumat 
tomonidan moliyalashtiriladi. 383 oliy o‘quv yurtlaridan 69 tasi xususiy.Oliy o‘quv 
yurtlariga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi, abituriyent uchun eng muhimi maktab 
yoki gimnaziyada kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirishdir. Nufuzli 
mutaxassisliklarga o‘qishga qabulqilishda abituriyent maktab attestatining o‘rtacha 
bali hal qiluvchi ahamiyatga ega. 
Universitetlardagi nufuzli mutaxassisliklarga o‘rinni taqsimlash bo‘yicha oliy 
o‘quv yurtlari emas, ZVS degan maxsus bo‘linma shug‘ullanadi. O‘rtacha balldan 
tashqari ZVS ijtimoiy va shaxsiy sabablar, nogironlik, oilaviy ahvoli va boshqalami 
ham hisoga oladi. Agar o‘rtacha ball yetarli bo‘lmasa, abituriyentni navbatga 
qo‘yadi. Bir necha semestr kutganidan so‘ng unga universitetdan o‘rin berishadi. 
Germaniya doimiy ravishda universitet reytinglarini aniqlab turadi. Bunda 
o‘qitish, pedagog kadrlar darajasi, shuningdek, u yoki bu oliy o‘quv yurtlarini bitirib, 
ishga joylashish kabi shart-sharoitlar hisobga olinadi.Talabalar oddiy stipendiyadan 
tashqari turli Fondlar tomonidan joriy qilingan stipendiyalarni olish itnkoniga ega. 
Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish