Microsoft Word конструкция doc qisqartirilgan doc


haydash yo‘li bilan po‘lat ishlab chiqarish



Download 2,8 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/121
Sana21.05.2023
Hajmi2,8 Kb.
#941944
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   121
haydash yo‘li bilan po‘lat ishlab chiqarish 
Bu usulda turli markali uglerodli va kam legirlangan 
po‘latlar olinadi. Usul oddiyligi, yoqilg‘i talab etmasligi, ish 
unumi yuqoriligi, ishlash sharoiti-ning yaxshiligi, po‘latda 
azot va vodorod gazlarining kamligi, kapital manbalarni kam 
talab etishi, chiqindilarni ko‘proq qayta ishlashga imkon 
berishi sababli sanoatda borgan sari keng qo‘llanilmoqda. 
(Masalan, 1985-yilda dunyo bo‘yicha ishlab chiqa-riladigan 
po‘latlarning 60–70% i shu usulga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, 
hozirda 80–90% atrofidadir.) 
Konvertorning tuzilishi va 
ishlashi. 
Konvertor noksimon ko‘rinishdagi tagi berk idish 
bo‘lib, devorining qalinligi 400–800 mm oralig‘ida bo‘lib, 
dolomit yoki magnezit g‘ishtlardan terilgan. Sirtidan esa 20–
100 mm.li po‘lat list bilan qoplanadi. U sapfalar yordamida 
stanina tayanchlariga o‘rnatiladi (5-rasm). Konvertorga 
metall chiqindilarini yuklash, cho‘yan quyish, po‘lat va 
shlakni chiqarish uchun uni gorizontal o‘q atrofida zarur 
burchakka buriladi. Konvertor, kislorod haydovchi furma 
(mis naycha) bilan shunday biriktirilganki, bunda furma, 
konvertordan chiqarilmaguncha uni o‘qi atrofida aylantirib 
bo‘lmaydi. Konvertorning tepasiga chiqayotgan gazlarni 
yig‘uvchi qurilma o‘rnatiladi. 
Konvertorlarning sig‘imi 100–350 t va undan ortiq ham 
bo‘ladi. 
Masalan, sig‘imi 300 t li konvertorning ish bo‘shlig‘i 
balandligi 9 m, diametri 7 m.ga yaqin bo‘ladi. Odatda, po‘lat 


30 
400–800 marta olingandan keyin konvertor ta’mirlanadi. 
Konvertorni ishga tushirishdan oldin ish yuzalarini ishga 
yaroqliligiga to‘la ishonch hosil qilingach, uni po‘lat 
chiqarish teshigi o‘tga chidamli materialdan tayyorlangan 
tiqin bilan berkitiladi. So‘ngra 5-rasm, b da ko‘rsatilgan «a» 
holatga keltirib, avval unga yuklash mashinasi yordamida 
og‘zidan qora metall chiqindilar (qayta ishlanadigan cho‘yan 
massasining 25–30% gacha) so‘ngra 1250–1400°C tempe-
raturali qayta ishlanadigan cho‘yan quyiladi («b» holat), 
keyin ma’lum miqdorda ohaktosh (zarur bo‘lsa temir ruda) 
kiritilib konvertor vertikal holatga keltiriladi («v» holat). 
Suyuq metall sathiga 300–800 mm yetmagan holda furma 
naycha tushirilib, u orqali 0,9–1,4 MPa (9–14 atm) bosimda 
kislorod haydaladi. Bunda furma erimasligi uchun uning 
havol devorlaridan 0,6–1,0 MPa bosimda sovuq suv haydab 
turiladi. Odatda, har minutda haydalayotgan suv miqdori 
5000 l.ga yetadi. 
5-rasm.
Kislorod konvertorining tuzilishi (a) va ishlashi b):
1 – konvertor; 2 – futerovka; 3 – kislorod haydash furmasi; 4 – og‘iz; 
5 – o‘q. 
Suyuq cho‘yan sathiga haydalayotgan kislorod metallni 
shiddat bilan aralashtirib oksidlay boshlaydi. Bunda u, 
dastlab Fe ni oksidlaydi, FeO metallda erib Si, R, Mn, 
С


31 
larni oksidlaydi va pech temperaturasi ko‘tariladi. Bu 
oksidlar ohak bilan birikib shlak hosil qiladi. Shuni ham 
qayd etish lozimki, fosfori ko‘p (R>0,3 %) cho‘yanlardan 
po‘lat olishda, shlakdagi fosfor qaytarilib metallga o‘tmas-
ligi uchun konvertorga kislorod haydashni to‘xtatib, fosforga 
to‘yingan shlakni konvertordan chiqariladi. 
Metalldagi oltingugurtni ohak bilan bog‘lab shlakka 
o‘tkazish uchun konvertorga ko‘proq ohaktosh kiritish zarur. 
Eritilayotgan po‘latni va ajralayotgan shlakning 
kimyoviy tarkibini kuzatish uchun konvertordan furma 
chiqarilib, undan namuna metalli olinib spektral analiz 
qilinadi. Agar po‘lat kutilgan kimyoviy tarkibga kelmagan 
bo‘lsa, bunda konvertor vertikal holatga keltirilib, kutilgan 
tarkibga keltirish uchun biroz kislorod haydaladi. Qachonki 
kutilgan tarkibga kelgach, po‘lat konvertordan kovshga 
quyiladi. Odatda, konvertorlardagi temperatura 2000–
2500°C gacha ko‘tariladi, po‘lat olish sikli 50–60 daqiqa 
davom etadi. Konvertor bir necha o‘nlab metrdagi 
boshqarish pultidan boshqariladi. Jarayonning davom-liligi 
cho‘yan tarkibiga, massasiga, kislorodning tozaligiga, 
bosimiga, haydash vaqtiga va furmaning suyuq cho‘yan 
sathidan balandligiga bog‘liq bo‘ladi. 
Masalan, sig‘imi 250 t li konvertorga kislorod 0,9–1,4 
MPa bosimda 25–30 minut haydalganda har bir tonna po‘lat 
olish uchun 50–60 m
3
texnik kislorod sarflanadi. 
Konvertorda olingan po‘latning narxi marten pechida 
olingan po‘latdan 10–12 marta arzon bo‘ladi. 
Bu ilg‘or usul ayrim kamchiliklardan ham holi emas. 
Masalan, suyuq cho‘yanning ko‘proq talab etilishi (masalan, 
1 t po‘lat uchun 820–830 kg suyuq cho‘yan), metall 
quyindisining ko‘pligi (6-9%), ancha miqdorda chang 
ajralishi shular jumlasidandir. 


32 
Konvertorlarning ish unumini oshirib, sifatli po‘lat 
olishda katta hajmli (450–500 t) o‘qi atrofida aylanadigan 
konvertorlardan foydalanish, haydaladigan kislorodning 
bosimini oshirish hamda jarayonni boshqarishda avtomatik 
tizimlardan foydalanish yaxshi samara beradi. 

Download 2,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish