30
400–800 marta olingandan keyin konvertor ta’mirlanadi.
Konvertorni ishga tushirishdan oldin ish yuzalarini ishga
yaroqliligiga to‘la ishonch hosil qilingach, uni po‘lat
chiqarish teshigi o‘tga chidamli materialdan tayyorlangan
tiqin bilan berkitiladi. So‘ngra 5-rasm, b da ko‘rsatilgan «a»
holatga keltirib, avval unga yuklash mashinasi yordamida
og‘zidan qora metall chiqindilar (qayta ishlanadigan cho‘yan
massasining 25–30% gacha) so‘ngra 1250–1400°C tempe-
raturali qayta ishlanadigan cho‘yan quyiladi («b» holat),
keyin ma’lum miqdorda ohaktosh (zarur bo‘lsa temir ruda)
kiritilib konvertor vertikal holatga keltiriladi («v» holat).
Suyuq metall sathiga 300–800 mm
yetmagan holda furma
naycha tushirilib, u orqali 0,9–1,4 MPa (9–14 atm) bosimda
kislorod haydaladi. Bunda furma erimasligi uchun uning
havol devorlaridan 0,6–1,0 MPa bosimda sovuq suv haydab
turiladi. Odatda, har minutda haydalayotgan suv miqdori
5000 l.ga yetadi.
5-rasm.
Kislorod konvertorining tuzilishi (a) va ishlashi b):
1 – konvertor; 2 – futerovka; 3 –
kislorod haydash furmasi; 4 – og‘iz;
5 – o‘q.
Suyuq cho‘yan sathiga haydalayotgan kislorod metallni
shiddat bilan aralashtirib oksidlay boshlaydi. Bunda u,
dastlab Fe ni oksidlaydi, FeO metallda erib Si, R, Mn,
С
31
larni oksidlaydi va pech temperaturasi ko‘tariladi. Bu
oksidlar ohak bilan birikib shlak hosil qiladi. Shuni ham
qayd etish lozimki, fosfori ko‘p (R>0,3 %) cho‘yanlardan
po‘lat olishda, shlakdagi fosfor qaytarilib metallga o‘tmas-
ligi uchun konvertorga kislorod haydashni to‘xtatib, fosforga
to‘yingan shlakni konvertordan chiqariladi.
Metalldagi oltingugurtni ohak bilan bog‘lab shlakka
o‘tkazish uchun konvertorga ko‘proq ohaktosh kiritish zarur.
Eritilayotgan po‘latni
va ajralayotgan shlakning
kimyoviy tarkibini kuzatish uchun konvertordan furma
chiqarilib, undan namuna metalli olinib spektral analiz
qilinadi. Agar po‘lat kutilgan kimyoviy tarkibga kelmagan
bo‘lsa, bunda konvertor vertikal holatga keltirilib, kutilgan
tarkibga keltirish uchun biroz kislorod haydaladi. Qachonki
kutilgan tarkibga kelgach, po‘lat konvertordan kovshga
quyiladi. Odatda, konvertorlardagi temperatura 2000–
2500°C gacha ko‘tariladi, po‘lat olish sikli 50–60
daqiqa
davom etadi. Konvertor bir necha o‘nlab metrdagi
boshqarish pultidan boshqariladi. Jarayonning davom-liligi
cho‘yan tarkibiga, massasiga, kislorodning tozaligiga,
bosimiga, haydash vaqtiga va furmaning suyuq cho‘yan
sathidan balandligiga bog‘liq bo‘ladi.
Masalan, sig‘imi 250 t li konvertorga kislorod 0,9–1,4
MPa bosimda 25–30 minut haydalganda har bir tonna po‘lat
olish uchun 50–60 m
3
texnik kislorod sarflanadi.
Konvertorda olingan po‘latning narxi marten pechida
olingan po‘latdan 10–12 marta arzon bo‘ladi.
Bu ilg‘or usul ayrim kamchiliklardan ham holi emas.
Masalan, suyuq cho‘yanning ko‘proq talab etilishi (masalan,
1 t po‘lat uchun 820–830 kg suyuq cho‘yan),
metall
quyindisining ko‘pligi (6-9%), ancha miqdorda chang
ajralishi shular jumlasidandir.
32
Konvertorlarning ish unumini oshirib, sifatli po‘lat
olishda katta hajmli (450–500 t) o‘qi atrofida aylanadigan
konvertorlardan foydalanish, haydaladigan kislorodning
bosimini oshirish hamda jarayonni boshqarishda avtomatik
tizimlardan foydalanish yaxshi samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: