:
nom
“
dininy ta’limot” (Oltun yorugʻ),
Azrua
“brahma” dinining yaratuvchisi
(Mon),
Xormuzta
“iloh, tangrining oti” (Mon),
bağ
“mevazor” (TT),
ajun
“olam,
dunyo” (TT), nağïd “Zuhra (sayyora nomi)” (BX). Hozirgi o‘zbek tilida ham ayrim
unsurlari ko‘zga tashlanadi: bog‘, rang, ochun kabi.
Xitoycha so‘zlar.
Miloddan avvalgi II asrda Xun davlati kuchayib,
xoqonlikka aylandi. Shunda uning ta'sir doirasi Sharqda Koreya yarim oroli,
G‘arbda Kaspiy dengizi, janubda Himolay tog‘lari, Amudaryoning shimoliy
hududlarigacha yetib bordi. Xitoylar bilan xunlar chegarasi Buyuk Xitoy devoridan
o‘tgan. Bu davrda G‘arb bilan Xitoyni bog‘lab turgan savdo yo‘llari xunlar
nazoratida edi. Shundan keyin Xun hoqonligi G‘arbiy Xan imperiyasining shimoli
va g‘arbga qarab kengayish yo‘lini to‘sib qo‘ydi. Xitoy xoqonlari xunlar bilan oʻz
hududidan o‘tadigan savdo yo‘llarini nazorat qilish imkoniga ega bo‘lgan.
Markaziy Osiyo xalqlari Buyuk ipak yo‘li orqali Xitoyga borib, savdo-sotiq qilgan.
Bundan tashqari, Buyuk ipak yo‘li uzra buddizmning yoyilishi Sharq xalqlarining
madaniy aloqalari, sharq tillarining o‘zaro ta'sirini ham ta'minlab berdi. Buni
qadimgi xitoy-turk madaniy munosabatlari, adabiy aloqalarida ham kuzatish
mumkin. Qadimgi turklar orasida buddizmning tarqalishi, dastlab, tarjimachilik
sohasida katta burilish yasadi. Turkiy xalqlar buddizm diniga sig‘ingan chog‘larda
xitoy tilidan qadimgi turkiy tilga ko‘plab diniy-falsafiy, tarixiy, badiiy asarlar,
tabobatga tegishli kitoblar tarjima qilingan. Diniy-falsafiy qarashlar, madaniyat,
badiiy adabiyotda kechgan jarayonlar qadimgi turkiy til lug‘at tarkibining yangi
soʻz-terminlar bilan boyishiga imkon yaratdi. Xitoy tilidan diniy va falsafiy
tushunchalarni
anglatuvchi
so‘zlar,
buddizm
san'ati,
madaniyati,
adabiyotshunoslik, kitobat ishi va fanning ayrim sohalariga doir terminlar turkiy
tilga o‘zlasha boshladi. Ayon bo‘ladiki, turklar bilan xitoyliklarning ijtimoiy-
siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalari qadim tarixga borib taqaladi. Bu hamkorliklar
39
natijasi o‘laroq, turkiy tillar so‘z boyligiga xitoycha o‘zlashmalar kirib kelgan
:
Tabğač
“Xitoy” (To‘n),
saŋun
“general” (KT),
baqšï
“ustoz, murabbiy” (Oltun
yorugʻ),
lu
“ajdar” (Oltun yorugʻ),
Burxan
“Budda” (TT),
tänsi “
osmon oʻgʻli,
xitoy imperatorining unvoni” (To‘n),
tutuq “
unvon nomi” (KT),
čaŋ
“chang,
musiqa asbobi” (Oltun yorugʻ), yinju (“Devon”). Shuningdek, o‘zbek-uyg‘ur
ijtimoiy-madaniy munosabatlari orqali uyg‘ur tili yordamida xitoy tilidan ham
o‘zlashgan so‘zlar ham mavjud: lag‘mon, manpar, manti, choy, shiypon, cho‘tal,
javon.
Do'stlaringiz bilan baham: |