49
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES
(CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.
“YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(2)-SON
2022-YIL 28-MART
O‘QISH DARSLARIDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Erkinova Navbahor
Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti 3- bosqich talabasi
ANNOTATSIYA
O‘quvchilarning o‘qish darajasini, Davlat ta’lim standartlariga munosib, bilim
ko‘nikma, malakalar hosil qilishda to‘g‘ri tanlangan metodlar yaxshi natija beradi.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari o‘quvchilarni qiziqarli olamga olib kirishda
o‘qituvchining imkoniyatlarini kengaytiradi, bunda o‘quvchilar axborotlarni mustaqil
ravishda izlab topadilar, oladilar, tahlil qiladilar va boshqalarga yetkazadilar.
Kalit so‘zlar:
kommunikatsiya, texnologiya, o‘qish, izohli o‘qish, savodxonlik.
Ta’lim
shaklining
boshlanmasi
boshlang‘ich
ta’lim
yo‘nalishi
hisoblanadi.Shunday ekan boshlang‘ich ta’limda o‘qish fanining ahamiyati
katta.Boshlang‘ich ta’limga qo‘yiladigan talablar o‘quvchida nutqni rivojlantirish, o‘z
fikriga ega bo‘lishi,milliy tilimiz va xalq yozuvini o‘rgatishdan iboratdir. O‘qish
darsini o‘rganish qolgan barcha fanlarni o‘rganishda debocha vazifasini bajaradi.
O‘qish darsini o‘quvchining onggida akslantirishimiz uchun o‘quv metodlarning
ahamiyati katta. Professor Asqar Zununov o‘qitishning mazmuni va usullari haqida
so‘z yuritib, o‘quvchilarning oldin bilimlarini o‘zlashtirishga, so‘ng yod olinishini
ta’lim jarayonida izohli o‘qish deb nomladi. Izohli o‘qish deb, o‘ylashga his qilishga,
to‘liq idrok etishga aytiladi. Bunda o‘qish jarayonida axborot kommunikativ
metodlarning o‘rni o‘zlashtirishni osonlashtiradi. O‘qish darslarida axborot
kommunikatsiyasi o‘quvchilarga bir xillikdan qochishga, o‘yinqaroqlikni
shakllantirish, tasavvur qobiliyatlarini shakllantirish, jonli ko‘rgazmalar orqali,
interfaol metodlar orqali darsni jonlantirib beradi, darsni mustahkamlab, xotirada
saqlanishida ko‘makchi bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida she’rlar, maqol,
ertak, hikoya, masal, topishmoq, maqol, ilmiy-ommabop asarlar o‘qib o‘rganilishida
yanggicha usulda darsning o‘tishida o‘qituvchi va o‘quvchiga axborot
kommunikatsiya ko‘prik vazifasini o‘taydi. O‘qituvchi yangi mavzularni ko‘rgazmali
texnologiyada tashkillashtirish, bilim orqali ko‘prikdan savodlilar orolchasiga olib
keladi.
Hozirgi paytda pedagogika fanida pedagogik texnologiyalar, ta’lim texnologiyasi,
o‘qitish texnologiyasi iboralari tez-tez tilga olinmoqda. Bugungi kungacha pedagogik
adabiyotlarda, ta’lim muammolariga oid ma’ruzalar, rasmiy hujjatlarda
«yangpedagogik texnologiya», «ilg‘or pedagogik texnologiya», «zamonaviy ta’lim
50
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES
(CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.
“YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(2)-SON
2022-YIL 28-MART
texnologiyasi» ga oid tushunchalari hali ham bir qolipga tushirilmagan,
entsiklapediyalarda izohlanganicha yo‘q, uning mazmunini yagona talqini ishlab
chiqilmagan va shuning uchun iboraning bir-biridan farqlanuvchi ko‘pgina ta’riflari
mavjud. Pedagogik texnologiya - shunday bilimlar sohasiki, ular vositasida uchinchi
ming yillikda davlatning ta’lim sohasidagi siyosatida tub burilish yuz beradi,
o‘qituvchi faoliyati yangilanadi, o‘quvchi va talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga
chanqoqlik, Vatanga mehr muhabbat, isonparvarlik tuyg‘ulari tizimi shakllantiriladi.
Texnologiya – biror ishda, mahoratda, san’atda qo‘llaniladigan usullar, yo‘llar
yig‘indisi. Pedagogik texnologiya – o‘qitishning, ta’limning shakllari, metodlari,
usullari, yo‘llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig‘indisi va komponovkasi
(joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi: u pedagogik
jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat (B.T.Lixachev). Hozirgi kunda
axborot kommunikatsion texnologiyalar asosida o‘qish darsini kompyuter dasturlarida,
masofaviy o‘qitish, internet orqali ko‘rgazmali o‘qitish mumkin. O‘qish darsida
axborot kommunikatsiyalaridan an’anaviy darslarda foydalanish samara beryapti.
Boshlang‘ich sinflarda o‘qishning sifatini rivojlantirish, o‘quvchini dars jarayonida
qiziqtirish, eng muhimmi eslab qolishda, multimedia vositalarini kerakli darsda o‘z
o‘rnida ishlatishda qo‘l keladi. Boshlang‘ich sinflarda elektron o‘quv qo‘llanmalari
tayyorlab, so‘zlarni tovushli-harfli tahlil qilish, o‘quvchilarning to‘g‘ri o‘qiganliklarni
nazorat qilish, so‘zning bo‘g‘inlari, gaplar, rasmli ko‘rgazmalar, qiziqarli o‘yinlar,
metodlar orqali fan mavzularini o‘quvchiga yetkazib berish mumkin.O‘quvchilarning
egallagan bilimlarini axborot vositalarida test tayyorlab, ularning baholarini
avtomatlashtirilgan holda tekshiramiz. Bunda dars jarayonida vaqtdan yutiladi.
O‘quvchining ko‘rish qobiliyati, tafakkuri harakati, o‘yin, sxemallar va turli xil
ko‘rgazmali metodlarda oq-qora ranglardanmas balki, turfa ranglardan
foydalanganimizda o‘quvchiing qiziqishi ortib, fan haqida ma’lumotga ega bo‘lib,
mustahkamlashiga turtki bo‘ladi. Har bir maktablarda bugungi kunda internet tarmog‘i
mavjud.
Bu turli xil axborot resurslaridan foydalanishni, o‘quv metodlarini o‘rganish, chet
el ta’limini shakllantiradi. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish jarayonida axborot
texnologiyasida o‘quvchilar o‘z-o‘zini boshqarib, darsdagi boshqaruvlar nazoratini
shakllantiradi.
O‘qish darsliklarining yaratilishi, dars ishlanmalar, darsning tashkilliy qismlarini,
sinfdan tashqario‘qish jarayonining bugungi kunda axborot kommunikatsiya orqali
muvaffaqiyatga erishayotgani yaqqol ko‘rishimiz mumkin,axborot texnologiyalari
fanning o‘quv ma’lumotlarini tadbiq etiish imkoniyatini sezilarli darajada
kengayishiga, o‘quvchi o‘qituvchisiz o‘zlashtirolmagan jarayonni individual o‘rganish
uchun, o‘quvchilarning darsga jalb qilinishini, fanni o‘zlashtirishning bir necha
51
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES
(CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.
“YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(2)-SON
2022-YIL 28-MART
usullarini ko‘rish va ularning jonli, rangli, musiqiyligi, e’tiborni o‘ziga jalb qiladigan
xususiyati esda qolishlikni ta’minlaydi.
Hayotimizda axborot kommunikatsiyalari har bir jabhada muhim.
Do'stlaringiz bilan baham: |