- Ma’lumki, 2021 yilda xalqimiz necha yuz yillik tarixi davomida orzu qilib, intilib yashagan va XX asr so‘nggida erishgan, mamlakatimiz hayoti va taqdirida tub burilish yasagan, tom ma’nodagi buyuk, olamshumul voqea – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi e’lon qilinganiga o‘ttiz yil to‘ladi.
- Jahon miqyosida davom etayotgan koronavirus pandemiyasi va iqtisodiy inqirozga, shuningdek, boshqa turli tahdid va xatarlarga qaramasdan, xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo‘lidagi amaliy harakatlari izchil davom ettirilmoqda.
Tokio Olimpiadasi g'olib va sovrindorlari yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yilligi bosib o‘tgan rivojlanish yo‘limizni sarhisob qilish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanish jarayonlarini chuqur tahlil qilish orqali oldimizda turgan ustuvor vazifa – O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davri uchun poydevor yaratishga qaratilgan sa’y-harakatlarimizni yanada kuchaytirishda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. - O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yilligi bosib o‘tgan rivojlanish yo‘limizni sarhisob qilish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanish jarayonlarini chuqur tahlil qilish orqali oldimizda turgan ustuvor vazifa – O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davri uchun poydevor yaratishga qaratilgan sa’y-harakatlarimizni yanada kuchaytirishda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
- O’zbekiston Respublikasining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” g’oyasi ostida respublikamizning har bir hududida madaniy ma’rifiy tadbirlari o’tkazilmoqda.
-
- Mustaqillik yillarida ko‘p millatli O‘zbekiston xalqi o‘zining buyuk salohiyati, mustahkam irodasi va matonatini namoyon etdi, og‘ir sinov va mashaqqatlarni mardona yengib, katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi.
- Yurtimiz ilgarigi iqtisodiyoti bir tomonlama shakllangan, qoloq respublikadan barcha sohalarda jadal rivojlanib, fuqarolarning hayot darajasi, siyosiy-ijtimoiy faolligi, ongu tafakkuri tobora yuksalib borayotgan, jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi sifatida uzoq-yaqindagi barcha mamlakatlar bilan do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini keng miqyosda olib borayotgan zamonaviy, ochiq va demokratik davlatga aylandi.
- So‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlarimiz natijasida, ayniqsa, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini hayotga joriy etish asosida mamlakatimizning siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotini tubdan yangilash, “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasini real voqelikka aylantirish borasida salmoqli yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda.
Mamlakatimiz mustaqilligining ulkan siyosiy, tarixiy va ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatini inobatga olib, istiqlol yo‘lining asosiy maqsad va vazifalarini yangi bosqichda og‘ishmay, samarali davom ettirish, bu qutlug‘ sanani davlatimiz va jamiyatimizning bugungi taraqqiyot darajasi, xalqaro maydondagi obro‘-e’tiboriga munosib yuksak saviyada, umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanishiga hissa qo’shish har birimizning vazifamizdir. - Mamlakatimiz mustaqilligining ulkan siyosiy, tarixiy va ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatini inobatga olib, istiqlol yo‘lining asosiy maqsad va vazifalarini yangi bosqichda og‘ishmay, samarali davom ettirish, bu qutlug‘ sanani davlatimiz va jamiyatimizning bugungi taraqqiyot darajasi, xalqaro maydondagi obro‘-e’tiboriga munosib yuksak saviyada, umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanishiga hissa qo’shish har birimizning vazifamizdir.
- Bayramingiz muborak bo’lsin!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |