aterosklerotik, embriotoksik va hatto jinsiy mutatsiya ta’sirlari
aniqlangan. Pestitsidlar muntazam m e’yordan 3 -4 va 9 marta
ko‘p qo'llanilgan hududlarda yurak-tomir tizimining kasallanish
darajasi 1,2 va 2,2 marta oshganligi m a’lum. 0 ‘simliklarni
himoya qilishda qo'llaniladigan kimyoviy vositalar bilan jigar
va siydik yo'llari kasalliklarini kelib chiqishi o ‘rtasida uzviy
bog'liqlik mavjud. Kelajakda pestitsidlarni ishlatish natijasida
bolalarning nobud b o iis h i, aholi o ‘rtasida bronxit, bronxial
astm a, avitaminoz va boshqa kasalliklarni keskin ortib borishi
bashorat qilinmoqda. Bronxit, bronxial astm a, o ‘pka, yurak-
to m ir k a sa llik la rin in g kelib chiqish sa b ab i k o ‘p h o lla rd a
atm osfera havosining ifloslanishidandir.
Atmosfera havosining chiqindilar bilan ifloslanishi XX asrdan
e ’tiboran tez su r’atlar bilan borganligi qayd etilgan. K atta
shaharlarda atmosfera havosi tarkibidagi chang miqdorining har
xil bo'lishi shaharlar ozodaligiga, ko'kalam zorlashtirilganligiga,
sanoat korxonalarining katta-kichikligiga ham da ularni shahar
hu d u d id a joylashganligiga b o g 'liq . H avoning changli yoki
tumanli bo'lishi va ularning quyosh radiatsiyasiga ta ’siri shahar
m uhitini o'zgartirib yuboradi, havo harakatini sekinlashtiradi,
uning nisbiy nam ligini kam aytirishi ham m um kin. Shaharni
quyuq tum an bosishi ham xavflidir, chunki tum an tomchilari
tarkibidagi zaharli m oddalar inson organizmiga kirgach, salbiy
ta ’sir ko'rsatadi. Jum ladan, nafas yo'llarining shilliq qavatlarini
y allig'lantirib, turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Shunday
tum anli kunlarda bem orlarning ahvoli keskin yom onlashadi.
M asalan, surunkali bronxit, emfizema, tum ov kasalliklariga
d u c h o r b o 'lg a n b e m o rla r o 'z la r in i yo m on his q ila d ila r.
Atm osfera havosidagi chang zarrachalari inson organizimiga
noxush t a ’sir qiladi. C hanglarning asorati ular tarkibidagi
kim yoviy m odd alarnin g biologik faolligiga, tab iatig a, fizik
jihatiga bog'liq bo'ladi. M asalan, havodagi chang tarkibida
q o 'rg 'o sh in , m argimush, m arganets, kadmiy, ftor aerozollari
o rg an izm g a tu sh ib , su ru n k a li k a sa llik la rn i p a y d o qiladi.
Ju m lad an , kam qonlik, flyuoroz, p o lia rtrit, polinevrit kabi
kasattiklar kelib chiqadi. Ayniqsa, radioaktivlik xususiyatiga ega
bo'lgan changlar o 'ta xavfliligi bilan ajralib turadi. Radioaktiv
c h a n g la r n a q a d a r xavfli ek an lig in i C h ern o b il fojiasi va
Semipalatinsk poligoni asoratlari misolida ko'rish mumkin.
Zaharli bo'lm agan yirik diametrli chang zarrachalari ko'z va
b u ru n n in g shilliq q a v a tla rig a tushib, ularni ja ro h a tla y d i,
yallig'lanish jarayoni burunda, tom oqda, kekirdakda va bronx
naylarida kuzatiladi. Bunday hollar o 'tk ir va surunkali rinit,
laringit, faringit, traxeit, hronxit yoki traxeobronxit, laringotraxit
kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi. Nafas yo‘llari orqali o'pkaga
k v ars c h a n g la ri tu sh sa pnev m o k o n io z k a sallig in i, e le k tr
stan siy alard an ch iqadigan q u ru m lar tark ib id a 14,9-19,7%
atrofida kremniy q o ‘sh oksidi moddasining b o ‘lishi esa slikoz
kasalligini keltirib chiqaradi.
A tm o sfe ra d a g i z a ra rli q o ‘s h im c h a la r q u y o s h n in g
u ltr a b in a fs h a n u r la r in i tu tib q o la d i. Y irik s h a h a r la r d a
quyoshning to ‘g ‘ri nu rlanishini sekinlashtiradi. A tm osfera
havosini ifloslanishi uning elektrik hossalarini, ion tarkib i
o ‘zgarishiga olib keladi. Amerika Q o'shm a Shtatlarining bir
q a to r s h ta tla r id a o 'tk a z ilg a n k u z a tis h n a tija la r i sh u n i
k o ‘rsatadiki, barcha tadqiqot o'tkazilgan shaharlarda yashovchi
b o la la r o 'r ta s id a h avosi anch a to za b o 'lg a n tu m a n la rd a
yashovchi bolalardagiga nisbatan o ‘pka kasalligi ko ‘p kuzatiladi.
Bu hoi inson organizmiga oltingugurt gazi va sulfatlarning zararli
ta ’siri bilan izohlanadi. Barcha m am lakatlarda o ‘pka emfizemasi
bilan og‘riganlar soni oshib borm oqda, allergik kasalliklar
o'sm oqda. Buning asosiy sababi sanoat korxonalaridan chiqqan
tashlamalardir. Dunyo bo'yicha insonlarning 10 foizi allergenlar
ta ’siriga uchragan. R ak - o'tgan asrning kasalligidir. Bu ham
atm osfera havosida k atta m iqdorda konserogen, m utagen va
terotogen m oddalarning mavjudligi bilan b o g iiq . Polisiklik
a ro m atik uglevodorodlar(PA U ) ham k a tta xavf tu g 'd ira d i.
Atmosfera havosini konserogen uglevodorodlar bilan ifloslanishi
va sanoat korxonalari, transport, shaharsozlikni rivojlanishi
o 'rtasida uzviy bogMiqlik mavjud. Havosi tozaqishloq joylarida
rak kasalligi bilan kasallanish shaharlardagidan, ayniqsa, katta
shaharlaridagidan ancha past. 0 ‘pka raki bilan kasallanish
ehtim oli, ayniqsa, chekuvchi sh ah arlik lard a chekm aydigan
qishloq aholisiga qaraganda 10 m arta yuqori.
A tm osfera havosining ifloslanishi hayvonlarni, qush va
hasharotlarni nobud bo'lishiga sababchi bo'ladi. Ishlab chiqarish
k o rx o n ala rid a n tashlanadigan fto rid lar t a ’sirida b ir q a to r
m am lakatlarda asalarilar, qo'ylar, yirik shoxli hayvonlar va uy
parrandalarining yoppasiga qirilib ketganligi hisobga olingan.
Havo tarkibida ftor konsentratsiyasining yuqoriligi inson va
hayvonlar tishlarining tez to ‘kilib ketishiga sabab bo‘lib, ularning
o v q a t h azm q ilish o r g a n la ri va u m u rtq a s u y a k la rin in g
kasallanishiga olib keladi. Shuningdek, o ‘lgan hayvonlarni
s o ‘yib ichki a ’zolari o ‘rg an ilg an d a , k o 'p in c h a nafas olish
yo ‘llarining shikastlanishi kuzatilgan. Chorva hayvonlarining
nasi berish va m ahsuldorligini pasayib ketishiga, hasharotlar,
jum ladan, asalarilar kamayishiga, suv havzalarida baliqlarning
nobud bo'lishiga ham havoning Ftor birikmalari bilan ifloslanishi
sa b a b b o 'lis h i m u m k in . V e te rin a riy a x izm ati x o d im lari
m a ’lumotlariga k o 'ra, q o ‘y va yirik shoxli hayvonlar alyuminiy
zavodlaridan chiqadigan ftoritdan zaharlanadi. U lar havo orqali
tuproq va o ‘tloqlarga tushadi. Bunday yaylovlarda boqilgan
hayvonlar ftorli kaxeksiya bilan kasallanadi.
1980-yillarning boshlarida qo'shni Tojikistonda alyuminiy
zavodi ishga tushirilishi bilan 0 ‘zbekistonning Surxondaryo
viloyatiga qarashli k o ‘pgina tum anlarida ekologik jihatdan tang
ahvol vujudga keldi. Zavod atm osferaga k o ‘p m iqdorda ftorli
vo dorod, uglerod oksidi, o ltin g u g u rt gazi, azot oksidlarini
chiqarib tashlagan. Vodiyning yuqori qismida Tojikistonning
0 ‘zbekiston bilan chegarasida joylashgan zavodning chiqindilari
t o g ‘d a n v o d iy to m o n g a e s a d ig a n sh a m o l b ila n b irg a
Respublikaning chegaradosh b o ‘lgan Surxondaryo viloyatining
Sariosiyo, Uzun, Denov, Oltinsoy tumanlari hududiga tarqalgan.
Ftorli vodorodning chorva m ollari va poliz ekinlariga salbiy
t a ’siri o sh ib b o rg a n . Z ik r e tilg a n h u d u d la r n in g b a ’zi
xo'jaliklarida pom idor, karam , bodring va uzum kabi sabzavot
va m e v a la r h o s ild o rlig i k a m a y is h i, ip a k q u r tid a n p illa
yetishtirishning pasayishi kuzatilgan. A nor va xurm olar sifatiga
jiddiy t a ’sir k o ‘rsatg an , aholi salo m atlig i yom onlashgan.
Shveytsariyada ham ana shunday zavod a tro fid a boqilgan
m ahalliy aholi chorva m ollarining t o ‘rtd a n uch qismi 9 yil
m obaynida nobud bo‘lganligi m a’lum. Fransiya va Italiyaning
bir qator tumanlarida atmosferaning doimiy dimiqishi natijasida
tut bargi tarkibida ftor m iqdorining m e’yordan 20 m arta ortib
ketganligi aniqlangan. Bunday barg lar bilan boqilgan ipak
qurtlarini esa ipak hosil qiladigan yelimsimon m oddalar ishlab
chiqaradigan a ’zolarining ishdan chiqishi kuzatilgan. Sanoat
chiqindilari tarkibida ftoritlar va arsenitlar bo'lishi asalarilarning
k o ‘p qirilib ketishiga sabab bo'ladi. Yirik shoxli qora mollarning
m ishyak bilan zaharlanishi oqibatida ular badanida yaralar
k o 'p ay ad i. D unyoning aksariyat m am lakatlarida atm osfera
havosini oltingugurt gazlari, mishyak va simob bilan zararlanishi
natijasida yovvoyi hayvonlar, jum lad an, jayronlar, kiyiklar,
q u y o n lar, fazan va boshqa p a rra n d a la r n obud b o'lg an lig i
to 'g 'risid a k o 'p lab m a’lumotlar m avjud.
O 'sim liklar uchun havoni ifloslantiruvchi oltingugurt, ftor
b irik m a la ri, uglerod oksidi, xlo r va u g le v o d o ro d la r o 't a
zararlidir. U lar qishloq xo'jaligi va o'rm on larg a, b o g'lar va
parklarga katta zarar yetkazadi. Fotosintez jarayonini buzadi,
o'sim liklarning o'sishi va rivojlanishini sekinlashtiradi va oxir-
oqibatda ular quriydi. Juda oz miqdordagi oltingugurt angidridi
h a m o 's im lik la r g a t a ’sir k o 'r s a tis h i a n iq la n g a n . D o n li
o'sim liklardan arpa va suli, poliz ekinlaridan karam , ko'katlar,
rediska bunday gazlarga eng sezgir hisoblanadilar. Atmosfera
ifloslanishi oqibatida kartoshka, qand lavlagisi, pomidor, no'xat,
ta m a k i, y e ry o n g 'o q , soya, ly u tse rn a , uzum , apelsin k abi
ekinlarning hosildorligi kamayadi. K o'plab meva navlari havoni
o rtiq c h a gazlanganligidan b arglari kich ray adi, e rta ku n d a
barglarini tashlab yuboradi. M oddalar almashinuvining buzilishi
h isobig a keyingi yillarda u larn in g o 'sish i va hosil qilishi
sekinlashadi, sifati buziladi. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi
m oddalarning tirik organizm larga va o'sim liklarga t a ’sirini
o 'rg a n g a n ilm iy tad q iq o t m u assa sala rin in g m a ’lu m o tla ri
shundan guvohlik beradiki, rangli m etallurgiya korxonalari
jo y la sh g a n h u d u d la r atro fid a y e tish tirilg an b u g 'd o y n in g
h o sild o rlig i 4 0 -4 5 %ga, ta rk ib id a g i oqsil esa 2 5 -3 5 % g a
kam ayadi, kraxm al, esa, aksincha oshadi. Bunday korxonalar
joylashgan hududning 25-50 km radiusdagi yer m aydonlarida
yetishtirilgan poliz ekinlari va kartoshka tarkibida С vitamini
m iqdori keskin kamayadi. Havoga oltingugurt, ftor va mishyakli
tashlamalar chiqaradigan sanoat korxonalari atrofida joylashgan
o 'rm o n la r sezilarli darajada shikastlan ad i, m anbaga yaqin
joylardagi daraxtlar quriydi.
Barglari chang va qurum lardan suvda yuvilgan daraxtlarda
kechadigan fotosintez jarayoni ancha yuqori(4,l 55-4,372 g/m3)
bo'ladi. Barglari yuvilmagan daraxtlarda kechadigan fotosin tez
3,022-3,245 g/m 3 ni tash k il qilad i yoki tax m in an 25% ga
kam ayadi. Ifloslantiru vchi m anbadan 350 m etr uzoqlikda
joylashgan daraxtlarning har bir kvadrat metr. barglari yuzasi
95-129 m illigram mgacha chang va qurum larni tutib qoladi va
vaqt o ‘tishi bilan yom g'ir natijasida yuviladi. Barglarga chang
yig‘ilishi o ‘sim liklarning turiga b o g ‘liq va rivojlanish davri
davom ida o'zgarib turadi. Qayin daraxti eng k o ‘p chang tutib
qolish xususiyatiga ega. Uning barglari yuzasi bir sutka davomida
0,85-0,99 g/m3 changni(oq akatsiya esa 0,57-0,6 g/m3) tutib
qoladi.
H a r yili O 'zb ekiston h ududida joylashgan m anbalardan
havoga 4 million tonnaga yaqin zararli m oddalar qo'shilm oqda.
Ularning yarmi uglerod oksidiga, 15 foizi uglevodorodlarga, 14
foizi oltingugurt q o ‘sh oksidiga, 9 foizi azot oksidiga, 8 foizi
qattiq m oddalarga va 4 foizga yaqini o ‘ziga xos o'tkir zaharli
m oddalarga to ‘g‘ri keladi. Arid iqlimli m intaqada joylashgan
O 'z b e k is to n R e s p u b lik a s id a tez -te z c h a n g b o ‘ro n la rin i
q o ‘zg‘atib turuvchi, atm osferani chang-to'zonga bulg'atuvchi
Q o raqum va Q izilqum sah rolarid ek yirik tabiiy m anbalar
mavjud. So'nggi 30-40 yil m obaynida Orol dengizining qurib
borishi tufayli uning qurigan tubidan chang va tuz ko'chadigan
yana bir m anba paydo b o ‘ldi.
0 ‘z b e k is to n R e s p u b lik a s in in g O lm aliq , O h an g aro n ,
A ndijon, Buxoro, Q o ‘qon, Navoiy, Sam arqand, Farg'ona va
Chirchiq kabi sanoatlashgan shaharlaridaftoridlar, qo‘rg‘oshin,
benz(a)pirin, oltingugurt qo‘sh oksidi, uglerod va azot oksidlari,
xlor va ftorli vodorodlar, azot q o'sh oksidi, ammiak va chang
m iq d o ri ru x sa t e tilg a n chegarav iy m iq d o r (R E C H M )dan
yuqoriligicha qolm oqda. 0 ‘sim liklar uchun bunday gazlar,
ayniqsa, S 0 2 va chang yanada zararlidir. Havodagi SO, ni
o ‘sim liklar uchun toksiklik darajasi insonlar uchun k o ‘zda
tutilgan m e’yordan(0,5 m g/m3) 25 m arta yuqori.
Havo gaz tarkibining o ‘zgarishi gigiyenik nuqtai-nazardan
xavfli hisoblanadi. Havoda qandaydir noxush hid sezilsa va u
nafas yo‘llari orqali organizmga k o ‘proq kirib qolsa, albatta
kasallik sodir bo ‘ladi. Shunday gazlar ham borki, ular o ‘ta
zaharli bo'lishiga qaram ay, sira hidi bo'lm aydi. Jum ladan, is
gazini inson seza olmaydi. K o'p inch a shahar havosiga sanoat
k o rx o h ala ri ju d a k o ‘p tu rli xususiyatli hidsiz va hidli gaz
a ra la sh m a la r ch iq arib tash lash i m um kin. K a tta in d u strial
shaharlarga kirib kelinganda havo tarkibi, uning musaffoligi
buzilganligini sezish m um kin. M asalan, O lm aliq, C hirchiq,
Navoiy va boshqa shaharlar havosining tarkibida o ‘n va undan
ziyod gazlar mavjud. U lar sanoat korxonalaridan, avtotransport
v o s ita la rid a n a jra lib c h iq a d ig a n z a ra rli g a z la rd ir. H a v o
tarkibidagi zararli gazlar to‘g ‘ridan-to‘g‘ri nafas yo‘llariga kirib,
o ‘pkaning alveolalariga va qonga o ‘tadi, yoxud shilliq qavatidagi
nam liklar bilan birikib, uni yallig‘lashi mumkin. O 'zbekistonda
olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari shuni tasdiqlaydiki,
zaharli gazlar ko'pincha yoshi o 'tg an kishilarga, shuningdek,
yoshbolalarga aricha keskin ta ’siretadi, ularda kasalliklar xiyla
og‘ir kechadi. M a’lum otlar shahar aholisi o'rtasida nafas yo'llari
kasalliklarining tarqalishi bilan atmosfera havosining ifloslanishi
o ra s id a uzviy b o g 'liq lik m av ju d lig in i k o 'r s a ta d i. S a n o a t
k o rx o n a la ri jo y la s h g a n s h a h a r la r a h o lisi o ‘r ta s id a tu rli
kasalliklar k o'plab uchraydi. Shuni ham aytish kerakki, shahar
havosi tarkibida zaharli m oddalar kam bo‘lsa-da, lekin surunkali
ravishda mavjudligi turli xastaliklar kelib chiqishiga olib keladi.
Xullas, atm osfera havosining zararli gazlar, qurum , tum anlar
bilan ifloslanishi o ‘z n avbatida m azkur hududda yashovchi
kishilar organizmiga asoratli t a ’sir k o'rsatm asdan qolm aydi.
0 ‘zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya m arkazi bergan
m a ’lum otlarga qaraganda, Olmaliq va F arg ‘ona, shuningdek,
Navoiy va Q o‘qon shaharlari havosining zararli m oddalar bilan
ifloslanishi bo'yicha eng iflos havoli shaharlar guruhiga kiradi.
0 ‘zbekistonda tu rg ‘un m an balard an havoga tashlanadigan
chiqindilar 1.3 mln. tonnaga yetdi. Jum ladan, sulfat angidridi
535.8 ming, uglevodorod 427 ming, azot oksidi 94.1 ming, qattiq
zarrachalar 317.4 ming tonnani tashkil etadi. Ana shu zararli
m o d d a la r a s o ra tid a n O 'z b e k is to n s h a b a r la r id a u m um iy
kasalliklar 1.5 barobarga, bronxial astm a esa 20 foizga ortgan.
Bolalar organizmining yuqum li kasalliklarga qarshi kurashish
imkoniyati 25-37 foiz pasayib ketganligi kuzatiladi. Chirchiq
shahrida qon kasalliklari bilan o g 'rig an lar 4.7 barobar, endokrin
bezlar kasalligi 1.9 barobar, qon bosimining oshishi 4.5 barobar,
yurak ishimiya kasalligi 2.2 barobar ortganligi m a’lum. F arg'ona
shahrida 1982-1988-yillar mobaynida nafas yo‘li kasalliklari juda
oshganligi aniqlangan. Surxondaryo viloyatining Sariosiyo darasi
h u d u d id a g i T o jik is to n n in g M irz o T u rs u n z o d a s h a h rid a
joylashgan alyum iniy zavodi chiqindilarining asorati tufayli bu
yerda chaqaloqlar tug'ilgach, bir yoshga yetmay no bud bo'lish
holatlari 1.5 m arta, tug‘m a kasalliklar esa 1.8 m arta ko'paygan.
Do'stlaringiz bilan baham: |