9.6-rasm.
Yangi tovarni yaratishning asosiy bosqichlari
1. G‘oyalarni shakllantirish. Yangi turdagi tovarlarni ishlab
chiqarish avvalo, yangilik uchun g‘oyalarni izlab topishdan boshlanadi.
Izlanishlar tizimli, muntazam firma yo‘nalishiga mos ravishda olib
borilishi shart. Bundan tashqari izlanishlar olib borilishi kerak. Firma
o‘nlab ajoyib g‘oyalarni topishi mumkin, ularning ko‘pchiligi firma
faoliyatiga mos kelmasligi tufayli qog‘ozlarda qolib ketadi. Firma
rahbariyati yangi turdagi tovar ishlab chiqarishninig aniq strategiyasiga
ega bo‘lishlari lozim. Rahbariyat yangi turdagi tovar ishlab chiqarishdan
G‘oyalarni
shakllantirish
G‘oyalarni
(fikrlarni) tahlash
Marketing
strategiyasini ishlab
chiqish
Fikrlarni ishlab chiqish
va ularni tekshirib
ko‘rish
Ishlab chiqish
imkoniyatlarini
va sotishni tahlil
qilish
Tovarni ishlab
chiqish
Kommersiya
maqsadlarida ishlab
chiqarishni yo‘lga
qo‘yish
Bozor sharoitlarida
sinab ko‘rish
232
maqsadi nima ekanligini aniq ifodalab berishi kerak. Yangi tovar pul
tushumlarini oshirish yoki bozorda katta mavqega ega bo‘lish uchun va
yana boshqa maqsadlarda yaratilgan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari
rahbariyat mavjud tovarlarni takomillashtirish orqali yangi tovar yaratish
yoki original tovar ishlab chiqarish borasida firma imkoniyatlarini
taqsimlay bilishi kerak.
Yangi mahsulotning bozordagi taqdiri iste’molchining bu mahsulot-
ni qabul qilishga tayyor va tayyor emasligiga ham bog‘liq.
Yangi mahsulotni qabul qilish – mushohada qilish jarayoni bo‘lib,
bu jarayon yangi mahsulot to‘g‘risida birinchi axborotga ega bo‘lishdan
boshlab, toki mahsulotning doimiy iste’molchisiga aylangungacha
bo‘lgan jarayonni o‘z ichiga oladi.
Iste’molchilar yangi mahsulotni sinab ko‘rishga tayyorlik darajasiga
qarab ham bir-biridan keskin farq qiladi. Ba’zilari yangi mahsulotni
tezda qabul qilishsa, ba’zilari esa sekinlik bilan qabul qiladi.
Iste’molchilar yangilikni qanday qabul qilishga tayyor ekanligi darajasi-
ga qarab ularni super novator, novator, oddiy iste’molchilar,
konservator, super konservator guruhlariga ajratiladi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, yangi tovar-
larni ishlab chiqaruvchilar birinchi navbatda, supernovator va
novatorlarning iqtisodiy, psixologik, demografik va boshqa tavsiflarini
o‘rganishlari kerak.
Iste’molchilar yangi turdagi tovar ishlab chiqarishdagi g‘oyalarni
topishda ajoyib manba bo‘lib xizmat qiladi. Ularning talab va
ehtiyojlarini o‘rganish maqsadida mijozlarni anketali so‘roq qilish,
kelayotgan xat va shikoyatlarni o‘rganish orqali ham aniqlash mumkin.
Yangilik bo‘lgan g‘oyalar manbayi, albatta olimlar mahsuloti, ularning
fikr-mulohazalaridir. Olimlar mavjud tovarni mukammallashtirish,
takommillashgan variantlarini ishlab chiqish yoki original tovarlarni ish-
lab chiqarish uchun zarur yangi materiallarni kashf etish imkoniyatiga,
potensialiga egadirlar. Bundan tashqari raqobatchi firmaning xaridor
e’tiborini jalb etgan tovarlari xususiyatlarini ham o‘rganish kerak. Yangi
tovarlar yaratish borasida g‘oyalarni savdo xodimlari, firma dilerlaridan
olish mumkin. Chunki ular xaridorlar bilan kunda muloqotda bo‘lib,
ularning fikr-mulohazalari bilan yaxshi tanish bo‘ladilar.
2. G‘oyalarni tanlash. Avvalgi bosqich, ya’ni g‘oyalarni shakllan-
tirish bosqichida iloji boricha ko‘proq g‘oyalar jamlanadi. Keyingi
g‘oyalarni tanlash bosqichida esa ularning miqdori kamaytiriladi. Bu
maqsad yo‘lida birinchi qadam g‘oyalarni tanlashdir. Tanlovning maqsa-
233
di keraksiz g‘oyalarni iloji boricha oldindan aniqlab, ulardan voz
kechishdir. Ko‘pgina firmalarda mutaxassislar yangi turdagi tovar
g‘oyasini standart blankalarda bayon etib, yangi tovarlar bo‘yicha
komissiyaga ko‘rib chiqish uchun topshirishlari kerak. Bunday hujjatda
tovarning bayoni, shu tovar bozori, raqobatchilar haqida ma’lumot,
bozorda aynan shu tovarga bo‘lgan ehtiyoj hajmining taxminiy hisob-
kitoblari, tovar narxi, shu tovarni yaratish uchun ketadigan vaqt va sarf-
xarajatlar, shu mahsulotni ishlab chiqarish hujjati va olinadigan foyda
miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. G‘oya juda ajoyib bo‘lgan taqdirda
ham uni amalga oshirish firma faoliyatiga mos kelishi, uning yo‘nalishi,
maqsadi resurslariga xos bo‘lishi zarur, aks holda ushbu g‘oya firma
uchun zararga aylanishi mumkin. Shuning uchun ham ko‘plab firmalar
g‘oyalarni baholash va tanlashning maxsus tizimlarini ishlab chiqadilar.
−
Tovar loyihasini yaratish va uni tekshirish.
−
Marketing strategiyasini ishlab chiqish.
−
Tovar ishlab chiqarish va sotish imkoniyatlarini tahlil etish.
Firma rahbariyati tovar loyihasi va marketing strategiyasini ko‘rib
chiqib, loyihaning qay darajada samaradorligini aniqlashi kerak. Buning
uchun rejadagi sotish miqdori, ko‘riladigan foyda va zararning ko‘rsat-
kichlarini tahlil qilish lozim. Agar tahlilning natijalari qoniqarli bo‘lsa,
tovarni loyihadan to‘g‘ridan to‘g‘ri real tovarga aylantirish jarayoni
boshlanadi.
3.Yangi tovar namunasini yaratish. Agar tovar loyihasi tahlil
bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tsa, keyingi ilmiy tadqiqot va tajriba
konstruktorlik ishlari (ITTKI) bosqichida u real tovarga aylanadi. Shu
vaqtgacha tovar qog‘ozda, rasmlarda, maketlardagina edi. Bu bosqichda
loyihadagi tovarni haqiqatdan ham amalga oshirish mumkinmi, yo‘qmi,
uni ro‘yobga chiqarish texnik, kommersiya nuqtayi nazaridan maqsadga
muvofiqmi, yo‘qmi, degan savolga javob olinadi. Bu jarayon «Ishlab
chiqarishni texnik tayyorlash», deb ataladi va ilmiy-tadqiqot,
konstruktorlik (buyumlarni loyihalashtirish) va texnologik bosqichlardan
iborat bo‘ladi. O‘z navbatida, texnik tayyorlash buyumlarning hayotiylik
davrini bir qismini o‘z ichiga oladi. Bular: buyumlarni ilmiy-texnik
jihatdan tayyorlash, ularni ishlab chiqarish va foydalanish.
4. Ishlab chiqarishni konstruktorlik tayyorlash yangi mahsulot
xillarini loyihalashtirish, o‘zlashtirish va ishlab chiqarilayotganlarini
takomillashtirib borishdan iborat. U quyidagi bosqichlarda olib beriladi:
−
Texnik topshirish.
234
−
Texnik takliflar.
−
Eskiz loyihasini tuzish.
−
Texnik loyihani tuzish.
−
Ishchi loyihani aniqlash.
Yangi xildagi mahsulotlarni yaratish haqidagi batafsil bilimlarni
«Ishlab chiqarishni tashkil etish va rejalashtirish» fan sohalaridan olish
mumkin. Buning uchun maxsus adabiyotlarga murojaat qilish zarur.
5.
Tadqiqotlar va izlanishlar (ITTKI) bo‘limida tovarni loyihalash-
tirish ishlari bir yoki bir necha tajriba namunalarini tayyorlash va texnik
hujjatlarni buyurtmachiga topshirish bilan tugallanadi. Bu namunalar
ushbu talablarga javob berishi kerak:
−
Iste’molchilar reklamada e’lon qilingan barcha xususiyatlarni
o‘zida mujassam etgan tovar sifatida qabul qilishlari kerak.
−
U xavfsiz bo‘lib, mo‘tadil sharoitlarda ishonchli ishlashi kerak.
−
Uning tannarxi rejalashtirilgan smetadan oshib ketmasligini
ta’minlash lozim.
Loyihadagi tovar namunasini yaratish uchun kunlar, haftalar, oylar,
hatto yillar o‘tishi mumkin. Yaratilgan namuna barcha zarur xususiyat-
larni o‘zida namoyon etishi kerak. Namunalar tayyor bo‘lgandan keyin
ular sinaladi. Sinovlar laboratoriya, tabiiy sharoitlarda o‘tkaziladi.
6. Bozor sharoitida sinov.
Tovar laboratoriya sinovlaridan
muvaffaqiyatli o‘tsa, iste’molchilarning ijobiy fikrlarini olsa, firma uni
bozor sharoitida sinash uchun kichik partiyada sotuvga chiqaradi. Bu
bosqichda tovar va o‘tkazilayotgan marketing strategiyasi bozor sharoit-
larida sinaladi, bunda xaridor va dilerlarning talablari, istaklari
o‘rganiladi. Shu orqali bozorda ushbu tovarga bo‘lgan ehtiyoj hajmi
aniqlanadi. Tovarning turiga qarab bozor sharoitidagi sinovlar ham turli-
cha bo‘ladi.
7. Tijorat maqsadida keng miqyosda ishlab chiqarishni yo‘lga
qo‘yish. Bozor sharoitidagi sinovlar natijasida olingan ma’lumotlar
firma rahbariyatiga shu turdagi tovarni ishlab chiqarish yoki chiqar-
maslik to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishga yordam beradi. Firma yangi
turdagi tovar bilan bozorga qachon, qayerga chiqishi, tovarni kimga va
qanday taklif etishi kerak, degan savollarga javob topishi kerak bo‘ladi.
Firma har bir yangi turdagi tovar, har bir yangi bozor, hudud uchun
alohida marketing rejasini tuzishi kerak.
Turli tashkilot va muassasalar yangi turdagi tovar va xizmatlarni
tashkil etish zaruriyatini borgan sari ko‘proq tushunmoqdalar. Hozirgi
235
kunda mavjud tovarlarning umri qisqarmoqda, ularning o‘rnini yangi
turdagi mahsulotlar bilan to‘ldirish ehtiyoji tug‘ilmoqda.
Ammo yangi tovar muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin.
Yangilik bilan bog‘liq tavakkalchilik xavfi bo‘lsa-da, shu barobarida
katta foyda keltirishi ham mumkin. Yangiliklar yaratish borasida
muvaffaqiyatga erishishning asosi: yangi tovarlar g‘oyasini shakllan-
tirish, jiddiy tadqiqotlar o‘tkazish, yangi tovarni ro‘yobga chiqarish
bosqichlarida to‘g‘ri qarorlar qabul qilish kabilarga bog‘liq. Yangi
tovarni yaratish jarayonida firma o‘z maqsadiga muvofiq bo‘lmagan
g‘oyalarni o‘z vaqtida tark etishi lozim. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga
o‘tish jarayonida raqobat borgan sari kuchayib bormoqda. Ushbu
sharoitda, ya’ni raqobatchilarni yengish, foyda olish uchun doimo yangi
turdagi tovarlar ishlab chiqish orqaligina iste’molchilarning talablarini
qondirish mumkin. Shuning uchun ham marketingning eng muhim
masalalaridan biri yangi turdagi tovar ishlab chiqish strategiyasi puxta
o‘rganish, izchillik bilan amalga oshirishni taqozo etadi.
8.Tovarlarni ishlab chiqarishdan bozorga olib chiqish.
Moddiy ne’matlarni iste’mol qilish va xizmatlardan foydalanish
aholi turmush darajasini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlardan hisob-
lanadi. Bu ko‘rsatkich aholining moddiy ne’matlar, to‘lovli va to‘lovsiz
xizmatlar iste’molini o‘z ichiga oladi. Uni bilish va hisoblash aholining
iste’mol fondi, ijtimoiy iste’mol fondlaridan to‘lovlar va imtiyozlar,
pullik xizmat to‘lovlari va boshqa ko‘rsatkichlar o‘rtasida o‘zaro
bog‘liqlikni ta’minlaydi. Aholining iste’mol fondi ko‘rsatkichiga
nisbatan ular aholi shaxsiy iste’molini qondirilishi haqida to‘liq
ma’lumot beradi.
Nazorat uchun savollar
1. Tovar hayotiylik davri nazariyasining asoschisi kim?
2.Tovar assortimenti, markasi, tovar nomenklaturasiga tushuncha
bering.
3.Tovarlar va iste’molchilar qanday turlarga bo‘linadi?
4.Tovarni bozorga kiritishda qanday yangi yo‘llarni tavsiya
etishimiz mumkin? Yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishning asosiy
bosqichlarini tushuntiring.
5.Tovar yaratishning qanday bosqichlarini bilasiz? Shaxsiy iste’mol
uchun ishlab chiqarilgan tovarlar harakatini qanday tasavvur qilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |