“Qorovulbegi” – xon qarorgohini tunda qo‘riqlovchi soqchilar boshlig‘i. Uning zimmasiga
yana zindonni muxofaza qilish vazifasi ham yuklatilgan.
“Qozi askar” – u harbiy sohadagi sudlov ishlariga rahbarlik qilgan. U urush vaqtlarida oliy
hukmdor nomidan muqaddas urush “jihod” e’lon qilgan, qo‘lga kiritilgan o‘ljani baholab, uni
to‘g‘ri taqsimlash ishlariga ham rahbarlik qilgan.
“Qozi muftiy” – qozi askar tomonidan chiqarilgan qonun va buyruqlarni shariat asosida
sharxlab fatvo chiqarib, ularni amalda qo‘llanilishiga ruxsat beradi.
Qo‘qon xonligida qo‘shin tarkib jihatdan otliqlar – sipohlar, piyoda – sarbozlar, artilleriya
– to‘pchilarga bo‘lingan. Bu yirik bo‘linmalardan tashqari maxsus gvardiya – galabotirlar va
merganlar bo‘linmasi ham mavjud bo‘lgan. Qo‘shinning asosiy qismini otliq askarlar tashkil
etgan. Xonlikda qo‘shinning kiyinish masalasiga malum miqdorda etibor berilgan. Umarxon
davrida otliq askarlar to‘n, qizil charmdan shalvor va qizil salla kiygan. Qolgan askarlar oq salla
o‘ragan. Sarbozlar qizil nimcha, qizil charm shalvor va boshlariga yuqori qismiga qizil mato
qo‘shib tikilgan qalpoq kiyganlar.
Otliq qo‘shinni taminlash va ular safini doimiy ko‘paytirib borish doimo xonlik xazinasiga
nihoyatda qimmatga tushgan. Qo‘qon xoni Xudoyorxon XIX asr 60-yillaridan boshlab xazinani
tejash va qo‘shinni mustahkamlash uchun boy xonadonlarning farzandlarini harbiy ishga jalb
etish maqsadida ularni otliq askarlar safiga qabul qilish tadbirini qo‘llagan. “Boyvachcha”larning
ro‘yxati keltirilgan daftarlarda ular “yosh, o‘ziga to‘q va oti bor” kishilar sifatida qayd etilgan.
Ularning ro‘yxati asosan qishloq yerlarda tuzilgan [37].
Qo‘qon xonligida avvaldan chegara hududlarda to‘plar mavjud bo‘lgan. Ammo maxsus
to‘pchilar qo‘shini 1845-yil Xudoyorxo tomonidan tashkil etilgan.
Qo‘qon xonligi qo‘shini tarkibida bosib olingan hududdagi o‘ljalarni yig‘ish bilan
shug‘ullanuvchi “chopovul” va “hirovul” nomli harbiy qismlar ham bo‘lgan.
Qo‘qon xonligida askarlikga loyiq hamma erkak lashkar safiga olinishi mumkin bo‘lgan. Xonlik
dududidagi 15 ta beklik alohida harbiy okrug ham hisoblangan. Har bir beklikda yashovchi urushga
yaroqli erkaklar yashash joyi bo‘yicha alohida ro‘yxatga yozib qo‘yilgan. Muntazam armiyada
jangchilik otadan-bolaga meros bo‘lib o‘tgan. Muntazam armiya askarlari o‘z xoxishi bilan uning
tarkibidan chiqa olmagan. Qo‘qon xonligida oilada yagona erkak kishi urushga olinmagan.
Qo‘qon qo‘shini harbiy harakatlar davrida quyidagi qismlarga bo‘linib harakat qilgan: ilg‘or
– qo‘shinning old qismi, markaz, maymana – qo‘shinning o‘ng qanoti, maysara – qo‘shinning
chap qanoti. Qo‘qon xonligida askarlar 1000 kishilik, 500 kishilik, 100 lik, 50 lik, 10 kishilik
askariy qismlarga ajratilgan. 1000 kishilik askarlar guruhi “tug‘”, 500 kishilik esa “bayroq” deb
ham atalgan.
Xonikda turli qurol-yarog‘lar ishlab chiqaruvchi ustaxonlalar ham mavjud edi. Qo‘qonda
miltiqsozlik ustaxonasi “kamonxona” deb atalgan. Qo‘qonlik ustalar xatto yevropacha miltiq
“kamon-i farang”ni ishlab chiqarishga harakat qilganlar. 1872-1873 yillarga oid xujjatlardan birida
yevropacha miltiqlar “kamon-i farang”ni ishlab chiqarish uchun ustaxonaga temir, po‘lat, cho‘yan
va ko‘mir ajratish lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan [38]. Qo‘qon xonligida ham to‘pxonalar va to‘plarni
yasovchi ustaxonalar – “korxona-i tir-i tubrizan” mavjud bo‘lgan.
Qo‘qon xonligida askarlaga mavqeyiga qarab turlicha maosh to‘langan. V.Velyaminov-
Zernovning ko‘rsatishicha, 1835-1836 yillarda Qo‘qon xonligida yuzboshiga bir oyga 1 tillayu 4
tanga maosh berilgan. Uning yillik maoshi 14 tillayu 6 tangani tashkil qilgan. Unga yana kiyim
bosh va oziq-ovqatlar ham berilgan. Yuzboshi maoshi, kiyim-boshi va unga ajratilgan oziq-
ovqatlarning umumiy-miqdori 36 tillayu 107 tangaga teng kelar edi. V.Velyaminov-Zernovning
malumot berishicha, 50 kishilik harbiy qism rahbari panjaboshi daromadi yuzboshi daromadining
2/3 qismini tashkil etgan, daxboshining daromadi esa panjaboshi daromadining 1/3 qismini tashkil
etgan. Oddiy askar esa xon xazinasidan daxboshi daromadining 1/3 qismi miqdorda pul, kiyim-
bosh va oziq-ovqat olganlar.
Qo‘qon xonligida markaziy hokimyat tomonidan jangda halok bo‘lgan askarlarni dafn etish
uchun zarur bo‘lgan xarajatlar ham qoplangan. Bu o‘rinda 1872 -1875 yillarga mansub Qo‘qon