O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta'lim vazirligi


 Kompyuterli telekommunikatsiyalar - MTning kelajakdagi texnologik asosi



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/185
Sana30.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#93353
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   185
Bog'liq
iqtisodiy tarbiya nazariyasi

4. Kompyuterli telekommunikatsiyalar - MTning kelajakdagi texnologik asosi 
 
MTning  asosiy  vositasi  kompyuterli  o‘rganuvchi  dasturlar  hisoblanadi.  Ammo  MTni 
rivojlantirish nuqtai nazaridan eng katta kelajakka ega bo‘lgani kompyuterli telekommunikatsiya 
tarmoqlari hisoblanadi. 
Kompyuterli telekommunikatsiyalar hozirgi zamon jamiyatining turli sohalariga: biznesga, 
iqtisodiyotga, ko‘plab axborot vositalariga, fan va ta'limga ko‘plab kirib bormoqda. 
Telekommunikatsiyalarning umumiy rivojlanishida kompyuterli telekommunikatsiyalarning 
Rossiya  va  boshqa  rivojlangan  davlatlar  ta'llm  sohasiga  kirib  borgan  jarayoni  sezilarli  darajada 
ortib 
bormoqda. 
Ko‘pchilik 
rivojlangan 
davlatlar 
maktablarida 
kompyuterli 
telekommunikatsiyani dars jarayonida ham ishlata boshladilar. 
Telekommunikatsiyalar (lotincha sopishshkaio - mulohot yo‘li) - bu to‘la ma'noda axborotni 
masofaga  uzatipshing  barcha  vositalari:  radio,  televidenie,  telefon,  telegraf,  teletayp,  teleks, 
telefaks va shuningdek yaqin orada paydo bo‘lgan kompyuterli telekommunikatsiyalardir. 
Kompyuterli  telekommunikatsiyalar  eng  yangi  va  eng  kelajagi  porloq  kommunikatsiya 
turidan  iborat.  Kompyuterli  telekommunikatsiyalar-bu  ma'lumotlarni  bir  kompyuterdan 
ikkinchisiga, modemlar va telefon tarmoqi orqali uzoq masofaga uzatishd.an iborat. 
Hozir rivojlangan mamlakatlarda, xususan AQSH va Yaponiyadagi ta'lim muassasalari turli 
xil jamiyat va kommersiya tarmoqlarining xizmatidan foydalanmoqdalar. Bunday tarmoqlarning 
yaratilishiga rivojlanuvchi texnik tizim deb qaralmoqda. 
Global kompyuter tarmoqlaridan foydalanuvchi kompyuterli telekommunikatsiyalarni tezlik 
bilan rivojlanuvchi axborot texnologiyalarining so‘nggi ko‘rinishidan iborat deyish mumkin. 
Telekommunikatsiyaning eng sodda ko‘rinishi elektroi pochtadan iborat bo‘lib, undan katta 
muvaffaqiyat bilan ta'lim jarayonida foydalanishi mumkin, chunki u: 
1. Turli fanlar o‘qituvchilarining tajriba   almashinishini osonlashtiradi va rag‘batlantiradi; 
2. 
Undan  foydalanayotgan  o‘quvchilarning  o‘quv  kursiga  bo‘lgan  qiziqishini 
oshiradi; 
3. O‘quvchilarning kommunikativ amaliyotini kengaytiradi, yozma nutqini rivojlantirishga 
yordam beradi. 
Elektron pochta odatdagilardan o‘zining xususiyati bilan farqlanadi: 


a) kompyuter yordamida xatni taiyorlash jaraenini tezlashtiradi va ijodiylashtiradi. 
b) xatni jo‘natish va olish ish joyida kompyuter yordamida amalga oshiriladi. 
v)  xatning  manzilga  etkazilishi  juda  tez  (Er  sharining  qarama-qarshi  nuqtasiga  4-5  soatda 
etkaziladi). 
Masofaviy  ta'limda  elektron  pochtadan  foydalanib,  odatda,  telekommunikatsion  loyiha 
shaklida ham olib boriladi. O‘quv telekommunikatsiyaviy loyiha ma'lum mavzuga bag‘ishlanadi. 
Uning tarkibiga tayyorlash va uzatish bo‘yicha o‘quvchilarning turli ko‘rinishdagi faoliyatlari va 
kompyuterli telekommunikatsiyalar bo‘yicha o‘quv axborotining olinishi va tahlili kiradi. 
Kompyuterli MT dan ko‘p turli ta'lim masalalarini echishda foydalanish mumkin: 
1. Universitetlarning sirtqi ta'lim shaklidagi ixtisosliklarida; 
2. Universitetlarning kunduzgi bo‘limlarida ta'lim oluvchilar uchun; 
3. Dasturlarda, qo‘shimcha ma'lumot olishni xohlovchi shaxslar uchun. 
4.  O‘quv  yurtlarida  alohida  kurslar  bo‘yicha  kunduzgi  va  sirtqi  o‘quv  shakllari  bo‘yicha 
ta'lim olishni xohlovchilar uchun; 
5.  An'anaviy  o‘quv  yurtlarida,  bunda  kompyuterli  masofaviy  ta'lim  talabaning  talabi 
bo‘yicha o‘qituvchi yoki metodist bilan aloqa qilinadi. 
MT  dan  o‘qitish  modellarining  biri  bo‘lgan,  vertual  klassda  o‘qitishning  qanday  amalga 
oshirilganini ko‘rib chiqaylik. 
Bunda  har  bir  o‘quvchi  oldindan  dars  jadvali  va  dasturiy  ta'minotga  ega  bo‘ladi. 
Ko‘rsatilgan  vaqtda  o‘quvchi  video  konferentsiyaga  ulanib,  o‘zining  ismi  va  parolini  kiritadi. 
Bundan so‘ng ekranda video konferentsiyaning chiqish oynasi ochiladi. Bu oynada o‘qituvchini 
va  qatnashuvchi  talabalarni  ko‘radi.  So‘ng  pedagog  tajribani  ko‘rsata  boshlaydi.  Agar  talaba 
xohlasa, darsning bu fragmentini (qismini) saqlab qolib, sung u bilan to‘laroq tanishishi mumkin. 
Bundan  so‘ng  pedagog,  oldinroq  jo‘natilgan  amaliy  dasturini  bilgani  uchun  ketma-ket  ekranlar 
yordamida materialnn tuptuntiradi, zarur bo‘lgan holatlarda u to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zining sharhini, 
bolalarni  jalb  qilgan  holda  ekranga  yoza  boshlaydi.  Agar  talaba  materialning  qaysi  bir 
fragmentlarini  tushunmay  qolsa,  u  bu  haqda  o‘qituvchiga  ma'lumot  yuboradi.  Agar  bunday 
xabarlardan  bir  nechtasi  kelsa,  u  holda  o‘qituvchi  munozarani  to‘xtatadi,  so‘ng  tushunarsiz 
bo‘lgan  kadrga  qaytib,  masala  nimadan  iboratligini  tushuntiradi.  Materialni  tushuntirgandan 
so‘ng  o‘qituvchi  talabalarga  savolni      taqdim  etadi  yoki  mavjud  bo‘lgan  dasturiy  ta'minotdan 
foydalanib, masala echishni taklif etadi. 
Talabalar  masalani  echib,  ularni  nazorat  uchun  muallimga  jo‘natadilar.  O‘qituvchi  ularni 
sharhlab beradi va klassga ko‘rsatadi. 
 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish