O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta'lim vazirligi


O‟quv telekommunikatsion loyihaning zaruriy xususiyatlari



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/185
Sana30.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#93353
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   185
Bog'liq
iqtisodiy tarbiya nazariyasi

3. O‟quv telekommunikatsion loyihaning zaruriy xususiyatlari 
 
Masofaviy  ta'limda  (MT)  o‘qitishga  yordamni  ta'minlashda  ikki  xil  yondashuv  - 
kengaytirish  va  transformatsiya  (kuchayish  yoki  pasayish)lar  mavjud  bo‘ladi.  Bunday 
yondoshuvlarni quyidagicha tushuntirish mumkin: 
Kengaytirish  modeli  shu  qolda  o‘qlishi  mumkinki,  unda  pedagog  darsni  texnologik 
kengaytirib,  an'anaviydan  kam  farqlanuvchi  qolda,  uni  fazoviy  va  vaqtli  chegaralarda  ham  olib 
boriladi.  


Pedagog faoliyati, o‘quv materiallarining majmui, o‘qitish muxiti, o‘qitish vositalari orqali 
amalga oshirish yo‘qotilgan muloqot kanallarini kompensatsiyalash va o‘quv axborotini to‘laroq 
ollshga imkon yaratadi. Mazkur o‘qitish modeli ma'ruzalarni o‘zgartirish va undan so‘ng klassda 
o‘rganiladigan materiallarni individuallashtirishni ko‘zda tutadi. 
Transformatsiya  modeli  an'anaviy  o‘qitishni  hosil  qilmasdan,  ma'lum  darajada  yangi 
bo‘lgan pedagog va o‘quvchilar orasidagi o‘ziga xos aloqa texnologiyasidan iborat. 
Yangi  metodlar    va  texnologiyalar  bilan  birga  olib  boriladigan  masofaviy  o‘qitish  metodi 
nazariy  pedagogika  va  ta'lim  amaliyotiga  yangi  tushunchalar  va  atamalarni  kiritadi,  ularga:  — 
virtual klass (guruh); 
- O‘qitishni quvvatlash (o‘quvchilarni quvvatlash); 
- O‘quv telekommunikatsion loyihalar
- teskari aloqa; 
- dialogli texnologiya; 
- kompyuterli aloqa; 
- telekonferentsiya; 
- kordinator, mederator, telekommunikatsion        loyihaning fasilitatori (telekonferentsiya) 
va boshqalar. 
Virtual  klass  (guruh)  deganda,  MT  da  o‘quvchilar  birligi  tushunilib,  unda  kompyuter 
tarmoqlari  bo‘yicha  ular  tomonidan  birgalikda  topshiriqlarni  bajarishda  sodir  bo‘luvchi  o‘zaro 
aloqa tushuniladi. 
Virtual  klass-MT  ning  transformatsion  modeliga  xos  bo‘lgan  tupguncha  bo‘lib,  bunda 
o‘quvchilar  orasidagi  kompyuterlar  tarmosh  yordamidagi  o‘zaro  aloqa  odatdagidan  keskin  farq 
qiladi. 
MTda  o‘qitishga  yordam  beruvchi  bo‘lib  boshqa  geografik  muhitdagi  o‘quvchiga 
yuboriladigan  istalgan  materiallar,  axborotlar  tushuniladi.  O‘qitish  jarayoniga  uzoq  muddatli 
faoliyat  bo‘lib  unda  o‘qituvchi  tomonidan  o‘quvchiga  yuboriladigan  materiallarning  to‘xtab 
qolishi mumkin emas. 
Telekommunikatsiyaviy  o‘quv  loyihasi  –  MT  transformatsion  modelning  birdan-bir 
kelajakli  shakli  bo‘lib,  qandaydir  modelli  maqsadga  etish  uchun  yo‘naltirilgan  o‘quvchilarning 
birgalikdagi  faoliyatiga  asoslangan.  U  o‘quvchilar  oldiga  qo‘yiladigan  qandaydir  ilmiy  yoki 
ishlab  chiqarishni  modellashtirish  maqsadidagi  loyihadan  iborat.  Bunday  modeldan  maqsad 
o‘quvchilarning loyihalari faoliyatida u to‘plovchi bo‘lib, ularda jamoat bo‘lib ishlashdagi bilim 
va ko‘nikmalarni faollashtiradi. 
O‘quv telekommunikatsion loyihaning zaruriy xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
• uning vaqtli aniqligi va chegaralanganligi (ikki   xaftadan uch oygacha) 
•  loyihaning  barcha  qatnashchilari  orasida  axborot      almashtirish  uchun  kompyuterli 
telekommunikatsion    tarmoqlar va dasturli vositalardan foydalanish, ular ko‘pincha virtual yoki 
kvazivirtual guruhni tashkil etadi. 
• loyiha koordinatori tomonidan o‘rnatiladigan      o‘quvchnlar orasidagi aniq faoliyatning 
zarurligi. 
Masofaviy  o‘qitishdagi  teskari  aloqa-mos  kibernetik  tushunchaning  umumlashuvi-
masofadagi  o‘quvchiga  uni  baholash  bosqichida,  pedagog  tomonidan  yuboriladigan  axborotlar 
oqimi, uning harakati, o‘quvchining muvaffaqiyatiga pedagog reaktsiyasi va uniyag faoliyatining 
bahosi (ma'qullash yoki ma'qullamaslik) va boshqalardan iborat.  
Rejali va ratsional o‘rnatilgan teskari aloqa ahamiyatining juda kattaligi aniqlangan, chunki 
u o‘quv faoliyatining aniq  va musbat  shakllanishini kuchaytiradi.  An'anaviy o‘qitish  jarayonida 
teskari  aloqa  mimik  harakatlar,  tovush  intonatsiyasi  va  boshqalar  bilan  aniqlanadi.  MTda  esa  u 
pedagog  va  o‘quvchining  ko‘pchilik  aloqa  kanallari  bilan  ulangani  sababli  teskari  aloqa 
pedagogik texnologiyaning aniqlangan va rejalashtirilgan elementi hisoblanadi. 
Telekonferentsiya – tarafdor odamlar jamiyati orasida matnli xabarlar almashish usulidir. 
Kompyuterli  aloqa  –  aloqani  tashkil  qilish  uchun  kompyuterlar  va  telekommunikatsion 
tarmoqlaridan foydalanuvchi usullar majmui. Kompyuterli aloqa quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 


1. 
Tarmoqdan  foydalanuvchi  pochtali,  qutili  xabarlarni  jo‘natish  imkonini  beruvchi 
elektron pochta; 
2. 
Xabarlarni  barcha  qatnashchilarga  bir  vaqtda  uzatish  imkonini  beruvchy 
telekonferentsiyalar; 
3. 
Uzoqdagi  axborot  manbalariga  kira  olish,  masalan,  kutubxona  zaxiralariga, 
ma'lumotlar bazalariga, serverlarga
MTni rivojlantirish tendentsiyasining tayanch holatlari quyidagilardan iborat: 
• texnologiyalarni bir vaqtda kengaytirish va yaqinlashtirish
• o‘qituvchilar va uvchilar orasidagi munosabatlarni o‘zgartirish; 
• o‘quv muassasag'ari orasidagi munosabatlarni o‘zgartirish; 
• turg‘un an'analarning paydo bo‘lishi. 
Hozirgi  kundagi  MT  doirasiga  kirgan  eng  asosiy  atamalar:  tirik  interaktiv  muhitlar,  qisqa 
to‘lqinli  televidenie,  audio  grafika,  zichlashtirilgan  video,  telekonferentsiyalar,  audio 
konferentsiyalar va boshqalar. Hozirgi interaktiv muxitlar o‘quv auditoriyalarining kengayishiga 
imkon bermoqda. 
Yaqin  kunlarda  MT  fazosida  yangi  texnologiyalarning  paydo  bo‘lishini  tasavvur  qilish 
qiyin emas. Ularning deyarli barchasi raqamlidir. Ularning tarkibiga gepermedia dasturlari kiradi, 
bu esa o‘quvchining axborot manbaidan foydalanishi va shuningdek INTERNET orqali mumkin 
bo‘lgan  ma'lumotlar  bazasini  va  hattoki,  ma'lumotlar  kompleksini,  o‘zi  nazorat  qilish  imkonini 
yaratadi,  bu  esa  kelajakda  o‘quvchiga  video  kurslar,  audiomateriallar,  ma'lumotlar  bazasi  va 
boshqa dasturli ta'minot bilan o‘z uyi yoki ish joyidan ulanishga imkon yaratadi.  
 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish