Birinchi bosqichda oilaning moddiy bazasi yaratiladi. Uy xо‗jaligi yuritilib oilaning
byudjeti shakllantiriladi. Bizni О‗zbekistonimizda bu jarayon kо‗pincha mustaqil emas, balki ota-
onaning kо‗magida amalga oshiriladi. Ota-ona bolasini о‗ylaydi, beminnat yordam beradi,
qо‗llab- quvvatlaydi, kerak bо‗lsa jonini ayamaydi. Yangi qurilgan oilani kо‗pincha ham moddiy,
ham ma‘naviy jihatdan ota-onani kо‗magiga tayanishi bir tomondan yangi oilaning
tajribasizlikdan kelib chiqadigan muammolarini yechishga yordam bersa, ikkinchi tomondan bu
jarayonni chо‗zilib ketishi ularni mustaqil ravishda muhim qarorlar qabul qilishi, mas‘uliyatni
zimmasiga olishi va uni natijasi uchun javob berishini cheklaydi. Hamma narsa о‗z-о‗zidan
bо‗layotganday tuyulib, hayot kechirishni oson yо‗liga о‗tib, keyin kelajakda qattiq qiynalishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |