ФИО автора:
Azimjonova Rushana Rashid qizi
O‘zbekiston, Navoiy davlat pedagogika instituti Ta’lim-tarbiya nazariyasi va
metodikasi(maktabgacha ta’lim) yo‘nalishi 2-bosqich magistri
Название
публикации:
«MAKTABACHA
TA’LIM
SOHASI
PEDAGOGLARINING RAQAMLI SAVODXONLIGINI OSHIRISH»
Annotatsiya.
Ushbu maqolada bugungi kunnning eng dolzarb masalalaridan
bo‘lgan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya beradigan
pedagoglarning
innovatsion
kasbiy
faoliyati
va
axborot
kummunikativ
texnologiyalardan keng foydalana olishni uddalashi haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
maktabgacha ta’lim, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar,
tarbiyachi, internet, axborot kommunikativ texnologiyalar.
Аннотация.
В
данной
статье
рассмотрена
инновационная
профессиональная деятельность педагогов, осуществляющих обучение и
воспитание детей дошкольного возраста, что является одним из наиболее
актуальных вопросов сегодняшнего дня, а также возможность широкого
использования информационно-коммуникационных технологий.
Ключевые слова:
дошкольное образование, дети дошкольного возраста,
воспитатель, интернет, информационно-коммуникативные технологии.
Annotation.
In this article, it is thought about the innovative professional
activity of educators who provide education and training to children of preschool age,
one of the most pressing issues of the present day, and the ability to use information
and communication technologies in a wide range.
Key words:
preschool education, children of preschool age, educator, internet,
Information and communicative technologies.
“Qaysi sohani olmaylik,biz zamonaviy yetuk kadrlarni
tarbiyalamasdan turib biron bir o‘zgarishga, farovon
hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, sog‘lom
128
genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta’lim
tizimidan boshlanadi.
Sh.Mirziyoyev
Maktabgacha ta’lim va tarbiya – bolalarga ta’lim va tarbiya berishga, ularni
intelektual, ma’naviy –axloqiy, yetuk, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga,
shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta’lim
turidir. Bilamizki, so‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari yanada rivojlanib
bormoqda. Maktabgacha ta’lim tizimiga qo‘yilgan talablar ham yetarlicha. Xuddi shu
borada O‘zbekison Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi 2017-
2021yillarini takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-27-07-son qarorining
asosiy maqsadi Maktabgacha ta’lim tashkilotini yanada takomillashtirish, moddiy
texnik bazasini mustahkamlash, Maktabgacha ta’lim muassasasi tarmog‘ini
kengaytirish malakali pedagogik kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga
tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim
dasturlari va texnologiyalarini tadbiq etish, bolalarni har tomonlama intelektual
axloqiy, estetik, va jismoniy rivojlanish shart-sharoitlarini yaratishdan iboratdir. Ana
shunday dolzarb masalalarni inobatga olib shuni aytishimiz joizki, bola tarbiyasi juda
qiyin masala.
Tarbiya jarayonini to‘g‘ri rejalashtirish va bolalarimizni yuksak bilim teran fikr,
egasi qilib tayinlash albatta biz tarbiyachilarning mas’uliyatli vazifalarimizdir. Uning
uchun pedagog va tarbiyachilarimizdan yetarlicha bilim, malaka, ko‘nikma, pedagogik
mahorat shakllangan bo‘lmog‘i zarurdir. Hozirgi kunda har bir tashkilot, muassasa
rivojlangan, intelektual salohiyatli, axborot kommunikatsiyalar bilan hamnafas,
raqamlashtirilgan va ma’lum bir tizimlashtirilgan jarayonlar qurshovidamiz. Ayniqsa
hozirgi kunda uzluksiz ta’limning birinchi pog‘onasi bo‘lmish maktabgacha ta’lim
tashkilotlari pedagog xodimlarining raqamlashtirilgan tizim, dastur, bilan mukammal
puxta o‘zlashtirish ularning pedagogik kasbiy layoqatini oshirish bugunning ustuvor
129
vazifalaridan biriga aylanib bormoqda. Xo‘sh raqamli savodxonlik o‘zi nima? Raqamli
savodxonlik 1997-yil fanga kiritilib, ya’ni bu internet tarmog‘i ma’lumotlarini
o‘zlashtirish to‘g‘ri qabul qilish, tushunish, birlashtirish va o‘rni kelganda ulashish
demakdir.
Internet – bu butun jahon “tarmoqlar tarmog’i”. U turli apparat-dasturiy
arxitekturaga asoslanib qurilgan hisoblash tizimlari va lokal tarmoqlarini o’zida
birlashtiradi[3]. Birinchidan, bunday tizimni yo‘lga qo‘yish uchun biz nimalarni
o‘zgartirishdan boshlashni anglashimiz zarurdir. Xususan, Maktabgacha ta’lim
tashkilotlarini bilamizki tashkilot direktori boshqaradi, tartibga soladi yo‘l-yo‘riq
ko‘rsatadiva natijada baholaydi tashkilotning mavqeini ko‘tarish uchun chinakamiga
harakat qiladi. O‘sha tashkilotning innovatsion faoliyati axborot resurs bazasi moddiy
texnik bazasi bilan ta’minlash rahbarning ustuvor vazifalaridan biridir. Shunday
sharafli kasb va mahoratga ega rahbar agarda yuqoridagi yangicha innovatsiya, metod,
axborot kommunikativ texnologiyalarni bilsa, uning atrofidagi har bir xodim unga
ergashadi va taqlid qiladi. Biz demak, oliy ta’limdan boshlashimiz zarurdir. Oliy ta’lim
muassasasi talabalarini o‘quv faoliyatlari jarayoni davomida biz raqamli savodxonlik,
va axborot kommunikatsiya bilan tanishtirib ularni o‘rganishga da’vat etsak kelajakda
ular rahbarlik qiladigan tashkilot hech ham orqada qolmas edi. Afsuski, ba’zi olis
chekka hududlarimizga oliy ma’lumotli kadrlar, pedagoglar yetishmaydi. Xuddi shu
borada Prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning quyidagi fikrlari ko‘z o‘ngimizda
gavdalanadi. ”Ma’lumki, maktabgacha ta’lim muassasasi hisoblanadigan bolalar
bog‘chalari o‘g‘il qizlarimiz, nabiralarimizning ongu tafakkuri qiziqishlari dunyosi,
go‘zal his-tuyg‘ulari shakllanishida, ularning kelgusida barkamol insonlar bo‘lib
voyaga yetishida hal qiluvchi o‘rin tutadi. Farzandlarimizni bolaligidan sog‘lom,aqlli
qilib tarbiyalasak, ertaga maktabga bilimli yoshlar keladi. Maktabni o‘quvchilari har
tomonlama bilimli bo‘lib bitirsa, institutlarimizga ilm-ma’rifatli ma’naviyatli yoshlar
boradi, mamlakatimniz uchun yaxshi kadrlar yetishib chiqadi. Shuning uchun
maktabgacha ta’lim doimo diqqatimiz markazida bo‘lishi kerak”
Tarbiya borasida va bolalarning kamoloti pedagoglarning savodi bo‘yicha
to‘xtalar ekanmiz, avvalo, bola oilada tarbiyalanishini ham unutmasligimiz kerak.
Taraqqiyparvar ma’rifatparvarlardan biri Abdulla Avloniy “Tarbiyani kimlar qilur?
130
Qayda qilinur?”-degan savolga “Birinchi uy tarbiyasi. Bu ona vazifasidur”[1]-deb
javob bergan edi. Haqiqatdan ham millat tarbiyasida ayollarimiz onalarimiz
mas’uldirlar. Buning isboti sifatida qaysi maktabgacha ta’lim tashkilotini olmang
hammasida ona ya’ni ayol tarbiyachilar asosiy o‘rinni egallashgan.
Tarbiya jarayonining sifati va uzluksizligi, aniqligini psixologiya tadqiqotlari
bilan o‘rganganimizda aksincha ayol tarbiyachi ya’ni ona tarbiyasi bilan erkaklarning
faolligi orasida tafovutlar kelib chiqarkan. Endi bunday tafovutlar qanday jarayonlarda
o‘z tasdig‘ini topishi mumkin? Shuning isboti bilan ozgina to‘xtalamiz. E’tibor bergan
bo‘lsangiz maktabgacha yoshdagi bolalar xarakteri ham nutqi ham o‘zgacha ularning
psixik, aqliy, fiziologik xususiyatlari tobora farq qiladi. Ularning o‘ziga tortadigan
tomoni shundagi, ikki jins vakillari ya’ni o‘g‘il va qiz bolalar nutqida o‘xshashlik
borligida. Bu qanday jarayon?[2] Bu psixologiyada “GENDER” nomi bilan yuritiladi.
Gender aslida jinslar, jinslararo munosabatlarni bildirsada, maktabgacha yoshdagi
bolalar nutqida boshqacha ifodasini topadi. Ya’ni ularning nutqidagi ayrim ovoz
tonlari, jarangli, jarangsiz, muloyimlik, do‘q qilish jahl bilan fikrini aytish
bolajonlarimiz orasida ikki jins vakillari orasida almashish kuzatiladi. Masalan qiz
bolalarda yug‘onroq ovoz hukmini o‘tkazish buyruq xuddi o‘g‘il bolalardek bo‘ladi.
O‘g‘il bolalarda aksincha xuddi qizlardek muloyimlik, nafosat, ovoz mayinligi bilan
tafovut qiladi. Buning asl sababi psixologiya, irsiyat, tibbiyot, tarbiyaga bog‘liqdir. Biz
ana shu masalani yechimini toppish uchun va mukammal o‘rganish va bartaraf etish
uchun raqamlashtirilgan ta’lim va axborot texnologiyalarning o‘rni beqiyos kattadir.
Masalan bolalarga, sen o‘g‘il bolasan unday gapirma dadil tur desak u bizni
eshitmaydi. Uning uchun bizga audiovizual va vizual idrok asosida ko‘rgazmali
qurollarda foydalanish afzalroqdir. Masalan qandaydir teatrni sahnalshtirganda o‘g‘il
bolalarning hukmron ekanligi govdalantirilsa yanada yaxshi natija beradi. Qiz bolalar
esa aksincha ularga gap bilan uqtirib bo‘ladi. Demak, biz bolalarning psixik va aqliy
xususiyatlarini hisobga olish uchun ham rivojlanishda orqada qolmasdan
innovatsiyaga mos bo‘lgan metod va vositalarda foydalanib yechim topish kerakdir.
Bundan tashqari multifilmlar bolalarni bilim egallashga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda
katta yordam beradi. Bunda tarbiyachilar bolalarga tomosha qilish uchun
131
multifilmlarni internetdan keraklisini topa bilishi zarur va topib, yuklab olib ko‘rsatadi.
Bugungi kun tarbiyachilari elektron raqamli kutubxonalardan foydalanishni bilishi
muhim. Chunki, har vaqt yosh avlod ta’lim-tarbiyasi hayot-mamot masalasi bo’lgan.
Ta’lim-tarbiya masalasini yaxshi olib borishda keng ko‘maklashadigan vosita
internetdan va axborot kommunikativ texnologiyalardan foydalanish hisoblanadi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, Biz malakali kadrlar salohiyatini yanada
oshirish va ularni axborot texnologiyalar asosida ta’lim berish uchun qandaydaydir
innovatsion o‘quv kurslari, seminarlar, treninglar faoliyati yo‘la qo‘yilsa, natija aynan
hozirgi tizimga mos kelgan bo‘lardi. Va undan tashqari pedagoglarni raqamlashtirish
savodiga jalb qilish uchun esa konferensiya, video, radio, ko‘rsatuv va eshittirishlar
orqali ularni yangi tizimga jalb etish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |