“O‘Z O‘RNINGNI TOP”.
Agar auditoriyada u yoki bu mavzu bo´yicha tortishuvlar vujudga kelsa, bu metod
yordamida muammoning yechimini topish mumkin. Undan ko´pincha darsning kirish
qismida foydalanishadi va o´tilayotgan mavzuni o´rganishga turli xil yondashuvlar
mavjudligi namoyish etiladi. Bu bir tomondan. Ikkinchidan, talabalarga o´z fikrini
bayon qilishga, muloqot ko´nikmalarini qaytadan tuzatishga imkoniyatlar mavjud
bo´ladi. Uchinchidan, dars so´ngida o´qituvchi tomonidan mavzuni o´zlashtirish
darajasini baholash aniq amalga oshiriladi.
1. Auditoriyaning qarama-qarshi burchaklariga ikkita plakat osildi. Ularning biriga
“roziman”, boshqasiga “rozi emasman” degan so´zlar yozilishi kerak. Plakatlarda ba’zi
bir mavzuga oid savollar bo´yicha bildirilgan qarama-qarshi fikrlar ham yozilish
mumkin. Masalan: “Baqa tuxumidan lichinka chiqadi, so`ng voyaga yetadi”, yoki
“baqa tuxumidan voyaga yetgan organizm chiqadi”.
2. Darsni tashkil etish qoidalari muhokama qilinadi.
3. O`rganilayotgan muammo yuzasidan o´z fikrlariga mos keladigan plakat yoniga
borish zarurligi talabalarga taklif etildi.
4. Bo´lingan talabalardan o´z qarashlarini asoslash so´raladi. Bu paytda bir guruhdan
ikkinchi guruhga o´tish ruxsat etiladi va shu tariqa sinf talabalarining hammasi jalb
etildi.
5. Muammo bo´yicha fikrlar bildirilgach, talabalar ichida munozara davomida o´z
nuqtai nazarini o´zgartirganlar va boshqa guruhga o´tuvchilar bo´lishi mumkin.
Bunday hollarda ular o´z o´rnini o´zgartirish sabablarini asoslashi kerak bo´ladi.
6. Ishtirokchilardan opponentlari ichida muammo yuzasidan eng ishonchli fikr aytgan
talabalarni aniqlash so´raladi. Fikrlar dalillanishi lozim.
110
“ Menyu ”
Yakka tartibda yoki kichik guruhlar bilan ish olib borishni hohlagan ijodkor
o´qituvchiga “Menyu” metodidan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda kichik guruh
(talaba) ga aniq topshiriq beriladi. Misol, “Suyakli baliqlar sistematikasi” tasnifi xilma-
xil. O‘qituvchi har bir guruh uchun alohida topshiriq tayyorlaydi.
I. Suyak – tog`ayli baliqlar turkumi.
II. Losossimonlar turkumi.
III. Karpsimonlar turkumi.
IV. Treskasimonlar turkumi.
V. Kambalasimonlar turkumi.
Har bir guruh topshiriq oladi va 3 daqiqa davomida muhokama qilishadi, so´ngra har
guruhlardan bittadan vakil o´qituvchi stoliga kelishadi va tayyor “Menyu”ni olib
qaytishadi. Bu uzun qirqilgan qog`ozlar - “Turkumlar” bo´lib, ularda har xil
turkumlarga xos xususiyatlar va vakillar bayon qilingan bo´ladi. Bu qog`ozlarda juda
ko`plab belgi va xususiyatlar aks ettirilishi juda muhim. Guruh vakili turkumlardan
tanlab oladi va o´z guruhiga olib keladi, keyin boshqa talaba shu ishni bajaradi va
zaruriy materiallar yig`ilguncha bu holat davom etadi. 10 daqiqa davomida topshiriq
muhokama qilinadi va rasmiylashtiriladi. Bu jadval qo´lda tayyorlanishi ham mumkin
yoki javoblar og`zaki ham bo´lishi mumkin. Boshqa guruh vakillari savollar berishadi,
o´qituvchi esa guruh ishlarini, sardor faoliyatini baholab boradi.
Xulosa o`rnida shuni aytib o`tish joiz. Yuqoridagi metodlarni o`z o`rnida, mavzuga
mosini qo`llash orqali o`quvchi talabalarning o`z ustida mustaqil ishlashiga, erkin,
ravon fikrlashiga, muammoli vaziyatlardan og`ishmasdan chiqa olishiga, mantiqiy fikr
yurita olishishiga erishish mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
1.
J.Tolipova “Biologioyani o‘qitishda pedagogik texnologiyalar” T.: Cho‘lpon,
2011.
2.
Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S.A.. Pedagogik texnologiya asoslari. - T.: Oqituvchi,
2004.
111
Do'stlaringiz bilan baham: |