kalit so'lar:
Gyote asarlari, adolat, qonun, Faust. sud jarayonlari.
Ключеве слова:
произведения Гете, справедливость, закон, Фауст. судебный
процесс.
keywords
: Goethe's works, justice, law, Faust. litigation.
Iogann Volfgang Gyote – buyuk nemis shoiri, Uyg‘onish davrining so‘nggi
namoyandalaridan biri hisoblanadi. Uning adabiy va ilmiy merosi asarlar to‘plamining
143 jildini qamrab oladi. Ularda badiiy ijodning barcha namunalari – ertaklardan tortib
pesa va romanlargacha bor. Gyote ijodiyoti ma’naviy hayotning hamma sohalarida
ifoda usuli uchun namuna hisoblanadi. Fridrix Vilgelm Yozef Shelling sharofati bilan
u falsafa olamiga kirdi. Fridrix Karl fon Savine uni huquqshunoslikka yetakladi.
Gyotening tabiiy fanlarni egallashida Aleksandr fon Gumboldtning, falsafada esa
Vilgelm fon Gumboldtning hissalari katta.. Shu bilan birga Gyote butun umri
979
davomida faqat badiiy ijod bilangina mashg‘ul bo‘lmagan. Uning ongli hayoti –
universitetda tahsil olishidan boshlab, mukammal bilimga ega bo‘lish uchun mustaqil
o‘z ustida ish olib borgunga qadar huquqshunoslik bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan.Gyote
davlat xizmatidaligida huquqshunoslik faoliyati davrida to‘plagan ancha boy
tajribasini umumlashtirgan. Haqiqatan ham Gyotening Frankfurtda advokatlik
amaliyoti vaqtida egallagan huquqshunoslikka oid bilimlari unga gertsog Karl Avgust
xizmatida ekanida juda qo‘l kelgan. O‘sha vaqtda Gyote rasmiylashtirgan hujjatlar
matni huquqshunos uslubini aks ettirsa ham, ularda Gyotega xos iboralar uchrab
turardi. Gyotening badiiy, ijtimoiy-siyosiy va huquqiy faoliyati o‘zaro uyg‘unlikda
kechgan.. Shu munosabat bilan “huquqshunos Gyote” go‘yoki “shoir Gyote” yo‘liga
g‘ov bo‘lganligi, bunda nazmning lozim qofiyalari dag‘allashtirilganligi haqidagi
da’volar mutlaqo asossizdir. Ha, u tom ma’noda professional huquqshunos olim emas
edi. Biroq uning amaliy huquqiy tayyorgarligi jamiyatda ro‘y berayotgan voqealar –
ziddiyat va nizolarni huquqshunos nigohi bilan ko‘rish imkonini berardi. Gyote
o‘zining shoh asarida Faust tili bilan huquqshunoslikni o‘rganganligi uchun emas,
balki ilohiyotdan tahsil olgani uchun taassuf bildiradi. Mefistofel Faust qiyofasiga
kirib, tolibga huquq ilmini egallash yuzasidan hayotiy maslahat beradi.
T o l i b: Huquq uncha yoqmas ko‘nglimga.
F a u s t: “Balli! Bo‘ling bu fandan nari
Quruq qog‘oz dasta-dastalik.
Ko‘hna qonun-qoidalari”
Bamisoli irsiy xastalik.
Besh-o‘n avlod yashar goh qonun,
O‘tib borar ammo davr esa –
Bir vaqtda qonun – kori xayr esa,
Ul kori xayr kulfatdir bu kun.
980
Tiriklikning qonuni o‘zga,
Ammo uni ilmaslar ko‘zga.
Gyote “tabiiy huquq” to‘g‘risidagi satri bilan kitobxonlarni taajjubga solib, Tangri
qonunlarining inson hayotiy muammolariga nisbatan besamara ekanligini namoyon
etish bilangina cheklanib qolmaydi. U avvalo avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan
qonunlar va odatlarning qonuniylik nuqtai nazaridan muntazam tekshirib turish
masalasini ko‘targan.Inson – tabiiy jonzotdir. Tabiiylik, onglilik, inson huquqlari tabiat
ijozat etgan huquq sifatida, tabiiy huquq sifatida namoyon bo‘ladi. Gyotening
insonning tabiiy mohiyati, “tabiiy qonunlar” xususidagi she’rlari, fikrlari bebaho va
mangudir. Agar Gyote lutf etayotgan inson huquqlari sinchiklab tahlil etilsa hamda
uning “jozibali hurlik va mo‘‘tabar tenglik” to‘g‘risidagi “Sanolar sanosi” xalq
ijodiyoti tiliga o‘girilsa, mohiyat jihatidan erkinlik tenglik sharti ekanligi ayonlashadi.
Ammo u shunday tenglikki, mulk daxlsizligini ta’minlaydi. “Jamiyat hech ham
erkinlik tushunchasida emas, balki tenglik tushunchasidan o‘zgacha holda vujudga
kelmaydi”. Biroq bu tenglik jamiyat shunday tashkil etilishiga asoslanganki, unda
jamiyatni “sen kimsan” degan tushuncha emas, faqat “sen nimaga egasan” tushunchasi
qiziqtiradi. To‘g‘ri, Gyote mohiyati jihatidan huquqshunoslik ustuvor bo‘lgan
dunyoqarashini rivojlantirmadi, qonun bo‘yoqlari bilan jahon manzarasini yaratmadi.
Ammo yuqorida qayd etilganlar Gyotening badiiy ijodiyotida huquqiy ta’limning
ahamiyati va o‘rniga oid keng tarqalgan xato qarashlarni rad etish uchun yetib ortadi.
“Mening adabiy ijodim hayotga bo‘ysundirilgan”, – deb yozgan edi u Kestnerga. O‘z
navbatida, Gyotening badiiy ijodiyoti bo‘lajak huquqshunoslar shakllanishiga sezilarli
ta’sir ko‘rsatgan. Gyote she’riyati Yevropa ma’naviy dunyosini shakllantirgan.
Uyg‘onish davridan e’tiboran huquqiy ong bu dunyoqarashning tarkibiy qismi
hisoblangan. Bu esa, o‘z navbatida, huquqshunoslik ravnaqiga qudratli ta’sir
ko‘rsatgan.
”BO‘LDIM YANA ADOLATSHUNOS...”
981
“Men juda qunt bilan, hatto serhafsalalik va tirishqoqlik ila advokatlik
qilmoqdaman...” U universitetda maxsus yuridik ta’lim olgan, advokat sifatida amaliy
faoliyat ko‘rsatgan.U huquqshunos kasbi bilan onasi tomonidan ham, otasi tomonidan
ham (amakivachchasi huquqshunos edi, bundan tashqari o‘zining o‘g‘li ham huquq
ilmini egallagan) bog‘liq bo‘lib, o‘n olti yoshligida Leyptsig universiteti
huquqshunoslik fakultetiga o‘qishga kirgan, biroq kasalligi sababli uni tamomlay
olmagan.Gyotening universitetga kirishi tasodifiy bo‘lmagan, sobitqadam inson
bo‘lgan otasi o‘g‘lini barvaqt huquqshunoslikni o‘rganishga da’vat etgan. Gyotening
otasi Iogann Kasper huquqshunoslik doktori ilmiy unvoniga ega bo‘lib, hayotidagi
muvaffaqiyatlariga bevosita yuristlik kasbi tufayli erishganini e’tirof etib, yakkayu
yagona o‘g‘lining yashashdan maqsadi odil sudlov tangrisi – Femidaga xizmat qilishda
deb bilishini xohlagan. Gyote o‘z yuridik ta’limini Strasburg universitetining
huquqshunoslik fakultetida nihoyasiga yetkazib, huquqshunoslik litsentsianti unvoni
uchun dissertatsiya himoya qilgan.
O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri, Erkin Vohidovning benazir
tarjimonlik iste’dodi tufayli Gyotening shoh asari – “Faust”ni o‘z ona tilida mutolaa
qilishga muyassar bo‘lgan o‘zbek kitobxonalari nemis mumtoz shoirining huquqiy
ta’lim haqida Faust tilidan bayon etgan quyidagi satrlari bilan tanishishdi:
Ilohiyot ila band bo‘ldim,
Falsafada xiradmand bo‘ldim.
Bo‘ldim yana adolatshunos,
Hakim bo‘ldim - tabiatshunos.
U huquqshunos diplomi bilan Strasburgdan Frankfurtga qaytib kelgach, advokatlikka
qabul qilish to‘g‘risida iltimosnoma taqdim etgan. Bir necha kundan keyinoq bu
murojaati ijobiy hal qilinib, Gyote 3 sentyabrda ham shahar sudi advokati, ham
Frankfurt advokati sifatida qasamyod qilgan. U huquqshunoslikka oid ishlarni
birovdan yordam so‘ramasdan o‘zi muvaffaqiyatli olib borgan.Gyotening tarjimai
982
holini o‘rganganlar uning mijozlari mayda fermerlar ekanligi haqidagi xulosaga
kelganlar. Bu mijozlar orasida qarzdorlar va sudxo‘rlar, aksionerlar va mulk egalari,
ijarachilar va merosxo‘rlar uchragan. Gyoteni qanday qilib bo‘lsa ham huquqshunos
qilishga qaror qilgan otasi uni Frankfurt yaqinidagi Vetslar shaharchasidagi Imperiya
sud palatasiga tajriba orttiruvchi sifatida joylashtirgan. O‘sha davrda Kassatsiya
palatasiga o‘xshash bu oliy maqom sud idorasi eng befoyda adliya muassasasi
hisoblangan. Agar otasining Gyoteda sud faoliyatiga salbiy munosabat tug‘dirish niyati
bo‘lsa, u bundan-da yaxshiroq yo‘l tutmasdi. Bu sud idorasida o‘n olti ming ish hal
etilishini kutib yotardi. Ayni vaqtda bu yerda poraxo‘rlik avjiga chiqqandi. Gyote uch
oy tajriba orttirganidan so‘ng Frankfurtga qaytib kelib, advokatlik amaliyotini davom
ettirgan va bir necha sud jarayonida ishtirok etgan. Ammo bu joyda uning butun o‘y-
xayolini adabiy faoliyat qamrab olgan. Ijodida birinchi o‘rinda “Gets fon Berlixengen”
turgan bo‘lsa-da “Prometey”, “Faust” asarlarining rejasi bilan ham band
bo‘lgan.Ayrim sud jarayonlari uning xotirasida, ehtimol qalbida ham chuqur iz
qoldirgan. Jumladan, Frankfurtda farzandini o‘ldirishda ayblangan xizmatkor ayol
Syuzanna Margarita Brandtning katta shov-shuvga sabab bo‘lgan sud jarayoni guvoh
bo‘lgan. Savdo-sotiq bilan shug‘ullanuvchi bir kimsa bu xizmatkorni mast qilib,
nomusiga tekkan. Baxtsiz ayol sudda “noqonuniy” (nikohsiz) farzand ko‘rib,
sharmanda bo‘lish va odamlar gap-so‘zidan qutulish uchun shayton vasvasasi ta’sirida
bolasi joniga qasd qilganligini” ochiq tan olgan. 24 yoshli jinoyatchi Frankfurt
qamoqxonasi oldidagi maydonda odamlar ko‘z o‘ngida qatl etilgan. Bu sud jarayoni
aks-sadosi “Faust”da o‘z ifodasini topgan:
M a r g a r i t a: Xaloyiq yuradi qatlgoh tomon
Kattakon maydonga sig‘mas olomon.
Men uchun chalinar so‘nggi qo‘ng‘iroq,
Jallod boshim uzra sindirar tayoq.
Cho‘kaman, tegadi boshim kundaga,
983
Dahshat ichra boqar yig‘ilgan odam
Mendek mahkum bo‘lgan osiy bandaga.
Ko‘zlarida qo‘rquv, go‘yo xayolda
Ularning boshiga tushmoqda bolta.
F a u s t: “Sening hukmingdaman, tangrim xoqonim”.
O‘sha vaqtda Germaniyada boshini tanadan juda qilishdan iborat o‘lim jazosi odatda
o‘z farzandini o‘ldirganlar uchun qo‘llanardi. Shu munosabat bilan Gyote: “...
fikrimcha, ehtimol o‘lim jazosini saqlab qolish odildir”, degan xulosaga kelgan.
Bundan Gyote o‘z asari qahramonidek bechoraga achinayotgandek tuyulishi mumkin.
Tag‘in kim biladi deysiz! O‘z asridan o‘zib ketgan bu inson xuddi bizlardek fikr
yuritgani va his etganligiga ishonging keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |