Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №19 (том 3)


Og‘ir gazlardan zaharlanmaslik uchun



Download 17,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet314/408
Sana14.05.2023
Hajmi17,75 Mb.
#938851
TuriСборник
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   408
Bog'liq
a62191 a8700ac5993e4660a861ac08c38fb696

 
Og‘ir gazlardan zaharlanmaslik uchun: 
-
kanalizatsiya quduqlari va hojatxonalar yaqinidagi chuqurliklarga maxsus teri va nafas olish 
organlarining himoya vositalari (IP-4M, IP-5, RPG-67 patroni o‘rnatilgan gazniqoblar)siz 
tushmaslik; 
-
shaxsiy himoya vositalaridan o‘z vaqtida to‘g‘ri foydalanishni bilish; 
-
eski kanalizatsiya va hojatxonalar yaqinida kamida 6-8 metrgacha bo‘lgan masofada chuqurliklar 
qazimaslik, hamda bunday joylarda qurilish ishlari olib borishdan oldin yer sharoitini batafsil 
o‘rganib chiqish; 
-
eski hojatxonalar yaqinida bolalarning o‘ynashiga va ulardan foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik, 
hojatxonaga kirganida ularni nazoratsiz qoldirmaslik, kattalar foydalanganda xavfsizlik 
choralariga rioya qilishi lozim; 
-
og‘ir gazlardan zaharlanganlarni qutqarish jarayonida qutqarmoqchi bo‘lganlar (aholi, 
qutqaruvchi)ning o‘zlari ham zaharlanib qolmasligi uchun shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymaslik, 
qutqarish tadbirlarini olib borishda albatta maxsus himoya vositalaridan foydalanish lozim.
Og‘ir gazlardan zaharlanganda: 

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi “Qutqaruv xizmati”ga 1050 telefoni orqali xabar qiling. 

“Tez tibbiy yordam” xizmatiga 103 telefoni orqali xabar bering.

Maxsus himoya vositalarisiz zaharlanganlarni qutqarish uchun kanalizatsiya va hojatxonalarga 
tusha ko‘rmang. 

Jabrlangan kishini ochiq havoga olib chiqing, ko‘zlari, nafas yo‘llari va terisini ko‘p miqdorda 
oqar suvda yuving.
Og‘ir gazlardan zaharlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatishning umumiy prinsiplari. 
Ekstremal halatlarda og‘ir gazlardan zaharlanish o‘choqlari yuzaga kelishi oqibatida yuz beradigan 
xavfli (ko‘p sonli sanitar yo‘qotishlar) vaziyatlarda, jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatishni o‘z 
vaqtida tashkil etish sog‘liqni saqlash, idoraviy va fuqaro muhofazasi tibbiy xizmatlaridan doimo 
tayyor holatda bo‘lishni talab qiladi. 
Og‘ir gazlar bilan zaharlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatishning asosiy prinsiplari quyidagilardan 
iborat: 

o‘choqdagi jabrlanganlarga qisqa vaqt orasida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil 
etish; 

jabrlanganlarni zaharlangan hududdan xavfsiz joylarga ko‘chirishni (evakuatsiya qilish) 
tashkil etish; 

zaharlanish o‘chog‘iga yaqin masofada birinchi vrachlik yordam ko‘rsatishni tashkil qilish; 

- ixtisoslashgan tibbiy yordamni tashkil etish. 
Ko‘rsatib o‘tilgan tadbirlar, sog‘liqni saqlash muassasalari va fuqaro muhofazasi tibbiy xizmat 
tuzilmalarining ishini tashkil etish va olib borish taktikasini o‘ziga xos tomonlarini belgilab beradi.
Mahallalarda og‘ir gazlardan jabrlanadiganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilishi hududiy 
poliklinikalar, tez tibbiy yordam brigadalari, shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish markazlari 
mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.
Og‘ir gazlar, shu jumladan KTEZM lar bilan zaharlangan aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish, hududiy 
sog‘liqni saqlash boshqarmalari zimmasiga yuklatilib, ularga qarashli tibbiyot muassasalarida va 
FMTX bazalarida tashkil qilinadi. 


809 
Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tizimida quyidagi tibbiy yordam ko‘rsatish turlari amalga 
oshiriladi: 

birinchi tibbiy yordam; 

vrachgacha tibbiy yordam; 

birinchi vrachlik yordami; 

malakali (ixtisoslashgan) tibbiy yordam. 
Birinchi tibbiy yordam 
ko‘rsatish– zaharlanish o‘chog‘ida atrofdagi aholi (qo‘shnilar, ob’ektlarning 
ishchi-xizmatchilari va o‘choqqa kiritiladigan maxsus tuzilmalar (qutqaruv otryadlari, gazdan 
qutqaruv otryadi) tomonidan amalga oshiriladi.
Jabrlanganlarni zaharlanish o‘chog‘idan tashqariga olib chiqib, shamol yo‘nalishiga qarshi (tepa) 
tomonda, zaharlanish hududining chegarasiga yaqin masofada birlamchi yig‘ish joyini tashkil etish 
va shu joyning o‘zida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatiladi.
Birinchi shifokorlik yordami
ni
 
ko‘rsatish - zaharlanish hududining chegara, xavfsiz hududda tashkil 
qilinadi. Zaharlanish o‘chog‘ining chegarasiga, 
birinchi shifokorlik yordami
ni ko‘rsatish maqsadida 
shoshilinch tibbiy yordam brigadalari yetkaziladi.
Malakali, ixtisoslashgan tibbiy yordam elementlari 
– tuman, viloyat markaziy shifoxonalari 
darajasidan boshlab, Respublika miqyosidagi tibbiyot muassasalari tomonidan ko‘rsatiladi. 
Ixtisoslashgan tibbiy yordam
 
– jabrlanganlarni ixtisoslashtirilgan Markaz, shahar, tuman markaziy 
yoki boshqa davlat idoralarining bemor-o‘rinlari 500 dan kam bo‘lmagan va ixtisoslashtirilgan 
bo‘limlari mavjud davolash muassasiga gospitalizatsiya qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Og‘ir gazlardan zaharlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish – nafas olish organlarini himoya 
qilish (sanoat gazniqoblari, IP-4M, IP-5 gazniqobi), ko‘z shilliq qavatlarini va terini oqar suvda 
yuvish, kiyimlarni olib tashlash hamda tezkorlik bilan zaharlangan hududdan evakuatsiya qilishdan 
iborat. 
Zaharlanish o‘chog‘ida birinchi tibbiy yordam – yaqin atrofdagi aholi yoki ob’ektlar sanitar post va 
sanitar drujinalar tomonidan amalga oshirilib, ular quyidagilardan iborat bo‘ladi:

jabrlanganlarni qidirib topish;

jarohatning og‘irlik darajasiga qarab bemorlarni saralash;

birinchi tibbiy yordam.
Bu ishlarni amalga oshiruvchi fuqarolar maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazilgan va og‘ir gazlardan 
muhofazalovchi individual himoya vositalar bilan ta’minlangan bo‘lishlari lozim. 
Og‘ir gazlardan jabrlanganlarni evakuatsiya qilish barcha turdagi transport vositalari yordamida 
amalga oshiriladi. Jabrlanganlarni zaharlanish o‘chog‘idan xavfsiz hududga evakuatsiya qilish – 
birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishning asosiy elementi hisoblanadi. 
Zaharlangan hududdan birinchi navbatda o‘zi harakatlana olmaydigan (og‘ir) bemorlar va nafas olish 
organlarini himoyalovchi individual vositalar bilan ta’minlanmagan jabrlanganlar, ikkinchi navbatda 
o‘zi mustaqil yura oladiganlar jabrlanganlar evakuatsiya qilinadi.
Bemorlar eng yaqin joylashgan davolash muassasalariga transport yordamida yetkaziladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda og‘ir gazlardan zaharlanganlarni davolash va ularni 
ko‘chirishni ta’minlash tadbirlari ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1) jabrlanganlarga zaharlanish 
o‘chog‘ining o‘zida va unga yaqin joyda; 2) davolash muassasalarida tibbiy yordam ko‘rsatish. 
Og‘ir gazlardan jabrlanganlarga tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish chog‘ida quyidagilarni 
inobatga olish lozim: 

zaharlanishning klinik ko‘rinishlari tez yuz berishi; 

og‘ir gazlarning nafas olish yo‘llari orqali (ingalyatsion) va shilliq pardalar orqali 
ta’sir qilishi; 

ommaviy o‘tkir zaharlanishlar yuz berishi va og‘ir ko‘rinishlarda bo‘lishi.
Og‘ir gazlar bilan zaharlanganlarga samarali tibbiy yordam ko‘rsatish, davolash tadbirlarini 
bosqichma-bosqich, zaharlanish o‘chog‘ida, uning tashqarisida va davolash muassasalarida aniq 
bajarish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Og‘ir gazlar bilan zaharlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatishning asosiy tamoyillari quyidagilardan 
iborat: 


810 
1. Og‘ir gazlarning ta’sirini to‘xtatish. 
2. Hayotiy ko‘rsatgichlar bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatish. 
3. Simptomatik davolash. 
Zahar odam organizmiga ta’sir qilish chog‘ida ikkita bir biriga bog‘liq jarayonning o‘tishi kuzatiladi.
Og‘ir gazlarning ta’sirini to‘xtatish uchun turli usullardan foydalaniladi. Ingalyatsion 
zaharlanishlarda avvalo jabrlanuvchiga filtrlovchi gazniqob yoki respirator kiydirib, uni zaharlangan 
muhitdan olib chiqish lozim.
Kiyim bosh va teri qoplamlari zaharli moddalar bilan ifloslanganda, bunday hollarda zaharli 
moddalar bilan ifloslangan kiyimni yechib, terini ko‘p miqdorda toza suv bilan yuvib tashlash lozim.
Jabrlanganning nafas olishi keskin susayganda yoki to‘xtaganda shoshilinch tibbiy yordam, ularga 
sun’iy nafas berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Og‘ir gazlar bilan zaharlanganlarda travmatik jarohat 
natijasida qon ketishini to‘xtatish ham shu tibbiy yordam qatoriga kiradi. Yurak faoliyati to‘xtaganda 
yopiq (bilvosita) yurak massaji yoki uning elektr toki yordamida faollashtirish usullari qo‘llaniladi. 
Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishda, somatik kasalliklarni davolashda qo‘llaniladigan dori 
vositalaridan foydalaniladi. 

Download 17,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish