Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №19 (том 3)



Download 17,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/408
Sana14.05.2023
Hajmi17,75 Mb.
#938851
TuriСборник
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   408
Bog'liq
a62191 a8700ac5993e4660a861ac08c38fb696

ФИО автора
Zuhra Tojiboyeva, 
Halima Xudoydiyeva ijod maktabi o‘quvchisi
ФИО научного руководителя:
Husniddin Hayitov, 
Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabi o‘qituvchisi
 
Название публикации:
«O‘TKIR HOSHIMOV HIKOYALARIDA KIRISH 
SO‘ZLAR VA UNDALMALARNING QO‘LLANILISHI» 
ИCПОЛЬЗОВАНИЕ ВСТУПИТЕЛЬНЫХ И УТКИР ХАШИМОВА 
THE USE OF INTRODUCTORY WORDS AND HINTS IN THE STORIES OF 
UTKIR KHOSHIMOV 
Annotasiya:
Mazkur maqolada O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning bir qancha 
hikoyalari amaliy tahlil etilgan. Yozuvchining “Urushning so‘nggi qurboni”, “Baxt”, 
“Dehqonning bir tuni”, “Xayollarda bo‘laman tutqun”, “Muhabbat”, “Uzun kechalar” 
kabi nasriy asarlarida qo‘llanilgan kirish so‘zlar va undalmalar tahlili keltirilgan. 
Kalit so‘zlar:
hikoya, asar, yozuvchi, kirish so‘z, undalma, tahlil, “Urushning 
so‘nggi qurboni”, “Baxt”, “Dehqonning bir tuni”, “Xayollarda bo‘laman tutqun”, 
“Muhabbat”, “Uzun kechalar”. 
Аннотация 
В статье представлен практический анализ нескольких рассказов 
народного писателя Узбекистана Уткира Хошимова.
Введение в прозаические 
произведения автора: «Последняя жертва войны», «Счастье», «Фермерская 
ночь», «Я буду узником в своих снах», «Любовь», «Долгие ночи».
Kлючевые слова:
рассказ, произведение, писатель, введение, мотивация, 
анализ, Последняя жертва войны»,«Счастье», «Фермерская ночь», «Я буду 
пленником в снах», «Любовь», «Долгие ночи». 
Annotation
The article presents a practical analysis of several stories by the people's writer 
of Uzbekistan Utkir Khoshimov. An introduction to the author's prose works: "The 
Last Victim of War", "Happiness", "Farmer's Night", "I Will Be a Prisoner in My 
Dreams", "Love", "Long Nights". 
Key words:
story, work, writer, introduction, motivation, analysis, “The last 
victim of the war”, “Happiness”, “Farmer's night”,“I will be a prisoner in my dreams”, 
“Love”, “Long nights”. 


658 
 
O‘zbek adabiyotida shunday asarlar borki, tili nuqtayi nazaridan e’tibor qaratsak, 
o‘ziga xoslikni ko‘rish mumkin. Bu, albatta, yozuvchining mahoratiga bog‘liq. 
Shuning uchun ham badiiy adabiyot inson kamoloti va ma’naviyatining rivojlanishida 
o‘rni beqiyos. Ana shunday betakror asarlar mualliflaridan biri O‘tkir Hoshimovdir. U 
o‘z xotiralarida shunday yozadi: 
“Hamisha bir orzu bilan yashayman. Shunaqa kitob 
yozsangki, uni o‘qigan kitobxon hamma narsani unutsa, asarni o‘qib bo‘lgan kuni 
kechasi bilan uxlolmay, to‘lg‘onib chiqsa. Oradan yillar o‘rib asarni qaytadan qo‘liga 
olganida tag‘in hayajonlansa…”.
O‘tkir Hoshimov adabiyotimizning atoqli vakili. O‘ndan ortiq roman va qissalar, 
biri-biridan ta’sirchan ko‘plab hikoyalar, bir nechta dramatik asarlar muallifi.
U
hayot 
qozonida qaynagan, yozuvchi sifatida hayotdan bir qadam ham ajramay qalam 
tebratgan ijodkor edi.
Butun hayoti davomida amaliy va ijodiy ishni teng olib bordi. Adibning hayot 
yo‘liga nazar tashlaydigan bo‘lsak, uning хat tashuvchi, musahhih, muхbir, gazetada 
bo‘lim mudiri, nashriyotda va jurnalda bosh muharrir kabi kasblarda ishlaganiga ham 
guvoh bo‘lamiz.
Biroq bir lahza bo‘lsa-da, adabiy ijod bilan aloqani uzgani yo‘q. 
Uning nodir asarlari millatimizning oltin fondida o‘chmas iz qoldirgan. Uning 
asarlari kitobxon ruhiyatini yuksaltiradi, uni hayajonga soladi. Asrning asl asarlari 
muallifi aytganidek: “ijod degani betakror bo‘lmog‘i kerak”. Haqiqiy yozuvchi Xudo
ko‘ngliga solganini yozadi. O‘tkir Hoshimovning har bir qalb so‘zlari kitobxonga 
o‘zgacha ta‘sir qiladi, hattoki yozuvchi o‘z tuygan xislarni ham kitobxon ko‘ngliga 
joylaydi.
O‘tkir Hoshimov olamning go‘zalligi, insoniyatning shu go‘zalikka 
munosabatini gumanizm mohiyati va qadr-qimmatini butun ijodi badiiy to‘qimalarga 
yoyilib ketgan milliy ma’naviyat ifodasiga singdiradi. Har bir asarida o‘zgacha ma’no, 
o‘zgacha tuyg‘ular taronasi bor. O‘sha taronani tushingan inson esa bemalol asarning 
mag‘zini chaqa oladi va undan xulosa chiqara biladi. Har bir asari hayotiy voqealarga 


659 
asoslangan. Uning asarlarini o‘qir ekanmiz, xalqimiz insonlar hayotidagi tuyg‘ularni 
qalban his qilamiz. Uning “Cho‘l havosi” nomli ilk qissasiga Abdulla Qahhor ta‘rif 
berganida: “Birdan lov etib alanga bilan boshlangan ijodning kelajagi porloq bo‘ladi” 
degan fikrlarni ham aytib o‘tadi. Haqiqatan ham shunday. Iste’dodli adib ilk asaridayoq 
inson ma’naviyati, ruhiyati, hissiyoti tadqiqotchisi sifatida taniladi. Adibning asarlari 
birgina O‘zbekistonda emas, balki chet davlatlarda ham sevib o‘qiladi. 
Adib asarlarida nafosat tuyg‘usi g‘oyat kuchli. Hatto u aldangan odamning 
tushkunlik ifodasida ham shu tuyg‘uni saqlab qolgan. Uning ijobiy qahramonlarining 
ko‘pchiligi chaqaloqdek beg‘ubor, kapalakdek nafis, hissiyotli, o‘ta ta’sirchan qilib 
tasvirlangan.
“Yozuvchining o‘quvchiga aytadigan dardi qanchalar kuchli bo‘lsa, asar tili 
shunchalar biyron bo‘ladi” – deydi O‘tkir Hoshimov o‘z xotiralarida. Uning barcha 
asarlarida dard juda kuchli. Chunki har bir asarida insonlarning, xalqning muammosi 
yashiringan. 
Hattoki, 
kichik-kichik 
hikoyalarida ham inson ma’naviyati 
yuksaltiradigan, o‘tmishimizni o‘rgatadigan voqea-hodisalar bor. Bularga misol 
tariqasida “Urushning so‘nggi qurboni” hikoyasini olishimiz mumkin.
Hikoya ikkinchi jahon urushining insoniyat turmush tarziga, jumladan, millat ps
ixologiyasiga ta’sirini aks ettiradi. Unda birgina urush tufayli qanchalar ayanchli 
voqealar bo‘layotgani tasvirlangan. Hikoyada urushning zahri hech kimni chetlab 
o‘tmagan. Hatto begunoh odamlarning ham qonini to‘kkan. Onalar umri davomida 
faqat bolasi uchun yashaydi. Uning uchun jonini berishga ham tayyor turadi. Asar 
qahramoni Umri xola qarigan bo‘lsa ham, uning gashtini ko‘rmay o‘tadi. Hikoyaning 
voqealari hozirgi zamon yoshlariga erish tuyulishi, bo‘lmagan voqealardek ko‘rinishi 
mumkin, lekin 2-jahon urushi davrida bundanda ayanchli hodisalar juda ko‘p bo‘lgan. 
O‘tkir Hoshimovning bolaligi aynan ana shunday urush va urushdan keyingi 
mashaqatli davrga to‘g‘ri kelgan. Urush davrlari insonlarning ongi, ruhiyati uchun ham 
yomon ta’sir ko‘rsatgan. O‘sha paytdagi mafkura targ‘ibotidan iborat asarlar fondida 
O‘tkir Hoshimovning asarlari qorong‘u osmonda porlagan mushak kabi eslanadi. Shu 
ma’noda yozuvchi til birliklaridan, undalma va kirish so‘zlardan mahoratli 


660 
foydalanganligini qayd etish joiz. “Undalma bo‘lak tinglovchining diqqatini gapshakl 
bilan anglatilayotgan fikrga jalb qilish uchun xizmat qiladi, bosh kelishikdagi sintaktik 
birlik bilan ifodalanadi, undash ohangi bilan aytiladi. [1, 378] “Urushning so‘nggi 
qurboni” asaridan olingan quyidagi gapdagi undalmaga e’tibor beramiz: 


Download 17,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish