"Kim biladi?"
o'yin-mashg'ulotida vazifadosh ko'makchilarga oid
quyidagi izohlash o'yinini tashkil etish mumkin:
1-guruh: - Avval.
2-guruh: Avval so'zi mustaqil so'z turkumi sifatida payt ravishiga oid so'z.
Masalan,
Avval o'yla, keyin so'yla
. Yordamchi so'z sifatida esa chiqish
kelishigidagi so'z bilan birikib keladigan vazifadosh ko'makchi. Masalan,
Mendan avval yetib kelgan.
2-guruh: -Tortib.
1-guruh: Tortib so'zi mustaqil so'z turkumi sifatida ravishdosh. Masalan,
Ariqdan tortib oldi. Yordamchi so'z sifatida chiqish kelishigidagi so'z bilan
birikib keladigan vazifadosh ko'makchi. Masalan, Sendan tortib hammadan
so'rayman.
1-guruh: -Qarab.
2-guruh: Qarab so'zi mustaqil so'z turkumi fe`lga, ya`ni ravishdoshga oid.
Masalan, Tashqarini qarab ko'r-chi. Yordamchi so'z turkumi sifatida vazifadosh
ko'makchi. Masalan, Maktabga qarab ketdi.
2-guruh: -To'g'risida.
1-guruh: - ...
44
1-guruh: Ustida.
2-guruh: - ...
"Kim biladi?" o'yin-mashg'uloti o'quvchilarning fikrlash qobiliyatini
o'stirishga yordam beradi, ularni topqirlikka o'rgatishi jihatidan ahamiyatli.
"Ko'makchi"
mavzusini o'zlashtirish uchun quyidagi test savollaridan
foydalanish maqsadga muvofiq:
TEST
3-bosqich:Test ustida ishlash.
1. Qaysi javobda bog'lovchi, ko'makchi, yuklamalarga ikkitadan misol
keltirilgan?
A. nahotki, basharti, qadar, balki, hatto, faqat
B. naq, negaki, sayin, atigi, hamda, uzra
C. atigi, hatto, naq, mabodo. tufayli, uzra
D. nahotki, hatto, sayin, ya`ni, tufayli, uzra
2. Qaysi javobda yordamchi so'zlar bajaradigan vazifalari to'g'ri
ko'rsatilgan?
1) mustaqil so'zlarni va gaplarni tobe munosabatda bog'lash; 2) mustaqil
so'zlarni va gaplarni teng munosabatda bog'lash; 3) mustaqil so'zlarga
qo'shimcha ma`no yuklash; 4) so'zlarga yangi ma`no berish; 5) gaplarga
qo'shimcha ma`no yuklash.
A. 1,3,4 B. 1,2,3,5 C. 1,2,3,4 D. 1,3,4,5
3. Qaysi qatorda vazifadosh ko'makchi otlashgan so'zdan keyin
qo'llangan?
A. Insonning fe`l-atvoriga qarab unga baho berishadi.
B. Yomonlarning qoshida yalinish yaxshilarning ishi emas.
C. To'ydan keyin nog'ora chalmoq - nodonlar ishi.
D. Bitmas-tuganmas bilimning tagida mashaqqat yotadi.
4. Qaysi qatordagi gapda vazifadosh ko'makchi ishtirok etgan?
A. Avval o'yla, keyin so'yla.
B. Bu kitob qo'liga tushgandan keyin bosh ko'tarmay mutolaaga tushdi.
45
C. Ish bilan ovora bo'lib kunning o'tganini ham sezmay qolasan.
D. Xalqimiz faqat jisman emas, ruhan ham uyg'oq bo'lmog'i darkor.
5. Faqat vazifadosh ko'makchilar ishtirok etgan qatorni toping.
A. tomon, haqida, ko'ra
B. so'ng, singari, bo'ylab
C. tufayli, avval, to'g'risida
D. qarab, keyin, ust
6. Vazifadosh ko'makchilar haqidagi qaysi hukm noto'g'ri?
A. Ular ko'makchi vazifasida kelganida atash ma`nosini yo'qotadi.
B. Ma`lum so'roqqa javob bo'lmaydi.
C. O'zi qo'shilgan so'z bilan birgaikda bitta so'roqqa javob bo'ladi.
D. Mustaqil o'zi gap bo'lagi vazifasini bajaradi.
7. Vazifadosh ko'makchi qatnashmagan qatorni toping.
A. tufayli
B. qarab
C. qoshida
D. to'g'risida
8. Qaysi hukm noto'g'ri?
A. bilan ham ko'makchi, ham bog'lovchi
B. ham, na...,na… ham bog'lovchi, ham yuklama
C. -u(-yu), -da ham yuklama, ham ko'makchi
D. balki ham modal so'z, ham bog'lovchi
9. Qaysi gapda yuklama zidlov bog'lovchisi vazifasini bajargan?
A. Nega endi natijaga baho berishadiyu, sababini tekshirib ko'rishmaydi?
B. Quyuq saksovulzor duch kelishi bilan kiyikcha o'zini shu panohgohga
urdiyu, arang jon saqlab qoldi.
C. Bir kuni kechasi bir hiyla o'ylab chiqdim-da, erta turgach eski maktab
sari jo'nadim.
D. hammasida biriktiruv bog'lovchisi bo'lib kelgan.
46
10. Qaysi qatorda jo'nalish kelishigi bilan qo'llanadigan vazifadosh
ko'makchi mavjud?
A. ko'ra, boshqa, yarashà
B. asosan, muvofiq, keyin
C. ko'ra, qaramay, muvofiq
D. ko'ra, o'zga, sari
11. Vazifadosh ko'makchi qo'llangan gapni toping.
A. Ustida atlas ko'ylak, boshida do'ppisi bor edi.
B. Usmon Nosir o'z ustida uzoq ishlardi.
C.Devor usti yomg'irdan iviy boshladi.
D. Qoziq ustida qor turmas.
12. Vazifadosh ko'makchilar qaysi javobda berilgan?
A. sayin, sari
B. keyin, avval
C. singari, qadar
D. uchun, bilan
13. Bosh kelishik shaklidagi ismlarga ergashib kela oladigan vazifadosh
ko'makchilar qatorini aniqlang.
1) sari; 2) tomon; 3) bilan; 4) bo'ylab; 5) qaramay; 6) sayin; 7) kabi
A. 2,4,5,6
B. 1,2,3,4
C. 1,2,3,4,6,7
D. 2,4
47
Do'stlaringiz bilan baham: |