1
BOLTAYEVA I.T.
O’ZBEK TILI DARSLARIDA YORDAMCHI
SO’ZLARNING O’QITILISHI
USLUBIY QO’LLANMA
CHIRCHIQ - 2021 YIL
2
I.T.Boltayeva
Uslubiy qo‘llanmada talabalarning yordamchi so‘zlar, ularning o‘ziga
xos xususiyatlari, tasnifi, vazifadosh ko‘makchilar, vazifadosh bog‘lovchilar,
vazifadosh yuklamalar yuzasidan olgan bilimlarini kengaytirish va ulardan
nutqda o‘rinli foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish nazarda tutilgan.
Qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari hamda ta’lim rus
va boshqa mahalliy tillarda olib boriladigan oliy ta’lim muassasalarida “O‘zbek
tili” fanini o‘qitishda, akademik litsey o‘qituvchilarining “Hozirgi o‘zbek
adabiy tili”fanining “Morfologiya”bo‘limi bo‘yicha tashkil etiladigan
mashg‘ulotlarda amaliy qo‘llanma vazifasini o‘taydi.
Mas’ul muharrir: N.N.G‘afforov,f.f.n.,dotsent
Taqrizchilar: Iskandarova O.R.f.f.n.,dotsent
F.R.Norboyeva, p.f.n.
Ushbu uslubiy qo‘llanma O‘zDJTSU Uslubiy kengashining 2021 yil --
---sonli yig‘ilishida muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan
3
SO'Z BOSHI
Ta`limning uzviyligi va uzluksizligi amalda bo'lgan bugungi kunda
barcha sohalarni yangi sifat bosqichiga o'tishi zaruratga aylanmoqda.
Xususan,
“
O‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi
obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni
vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash,
mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash, O‘zbekistondagi
millat va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish, davlat tili sifatida o‘zbek
tilini o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratish, o‘zbek tili va til siyosatini
rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalish va vazifalarini hamda
istiqboldagi bosqichlarini belgilash maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktyabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili
sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-
5850-son Farmoniga muvofiq “2020-2030 yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va
til siyosatini takomillashtirish konsepsiya” sining tasdiqlanishi mamlakatimiz
ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va
to‘g‘ri foydalanishga erishish; ta’lim tashkilotlarida davlat tilini o‘qitish tizimini
yanada takomillashtirish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish”
1
ga
qaratilganligi soha mutaxassislari uchun kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalarni
qo‘ydi.
Ta'lim rus va boshqa mahalliy tillarda olib boriladigan oliy ta'lim
muassasalarida o
Do'stlaringiz bilan baham: |