Ko’prik konstruksiyasi elementlarida shikastlanishlar va nuqsonlarning paydo bo’lishi



Download 243,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana10.05.2023
Hajmi243,72 Kb.
#936940
  1   2
Bog'liq
ko-prik-konstruksiyasi-elementlarida-shikastlanishlar-va-nuqsonlarning-paydo-bo-lishi



Ko’prik konstruksiyasi elementlarida shikastlanishlar va 
nuqsonlarning paydo bo’lishi

 
Baxtiyor Axrorovich Murtazaev 
Jizzax politexnika instituti 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada ko‘prik konstruksiyasi elementlarida 
shikastlanishlar va nuqsonlarning paydo bo‘lishi
jarayoni
 
tahlili keltirilgan. 
Kalit so’zlar: 
iqlim omillari, doimiy va vaqtinchalik yuklar, shikastlanishlar, 
ishonchlilik, chidamlilik. 
Occurrence of damage and defects in bridge construction 
elements 
Bakhtiyor Akhrorovich Murtazaev 
Jizzakh Polytechnic Institute 
Abstract:
This article presents an analysis of the process of damage and defects 
in bridge construction elements. 
Keywords:
climatic factors, permanent and temporary loads, damage, 
reliability, durability. 
Ekspluatatsiya jarayonida ko‘prik konstruktsiyasi, boshqa har qanday qurilish 
inshooti kabi, og‘ir transport vositalari harakati yoki strukturani saqlash natijasida 
tabiiy va iqlim omillari, doimiy va vaqtinchalik yuklar, kimyoviy moddalar ta’siriga 
duchor bo‘ladi [1-8]. Natijada, ko‘prik konstruksiyasi elementlarida shikastlanishlar 
va nuqsonlar paydo bo‘ladi, konstruksiyalarning materiali strukturaviy o‘zgarishlarga 
uchraydi (ularning buzilishi sodir bo‘ladi), shikastlanishlar turli intensivlikda 
rivojlanadi va pirovardida konstruksiyalarning buzilishiga olib kelishi mumkin. 
Shunday qilib, vaqt o‘tishi bilan struktura muqarrar ravishda eskiradi, asl sifatlarini 
va albatta, iste’mol xususiyatlarini yo‘qotadi. Uning holatini tiklash va saqlash uchun 
tobora ko‘proq xarajatlar talab etiladi. Ko‘prik inshootlarining xavfsizligini 
ta’minlash bo‘yicha harakatlar samaradorligidan - ko‘priklarni boshqarish 
samaradorligi (ularning holati, ishlashi, ishonchliligi, chidamlilik, sifat, aktivlar
moliya va boshqalarni boshqarish) - ularning xavfsiz foydalanish muddatiga bog‘liq. 
Qurilish ob’ektlari tarqoq holatda, qisqa uzunlikda, bajariladigan ishlar bir xilda 
bo‘lsa, bir ob’ektdan boshqasiga navbatma-navbat o‘tadigan, ixtisoslashgan uzuluksiz 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
356


ishlaydigan guruhlar tashkil qilinishi kerak, ular, odatda, yo‘l-qurilish tashkilotining 
birlashgan tashkiliy tizim kompleksida bo‘lishi lozim. 
Qoplamalarni qurishda sirpanuvchi qoliplarda yuruvchi mashinalar komplekti 
qo‘llanilganda va eni 3,75 m bo‘lgan qo‘shiluvchi tasma qurishda yotqizish kengligi 
7,5 m bo‘lgan beton yotqizuvchi mashinalardan foydalanishga ruxsat etiladi, bunda 
yotqizuvchi uskunaning yarmi ishlatilib ikkinchi yarmi ishlatilmaydi [9-16]. Qishloq 
xo‘jalik korxonalarining ichki xo‘jalik yo‘llarini va sanoat korxonalarining ichki 
yo‘llarining asos va qatlamlarini kichik mexanizatsiya yordamida qurish mumkin. 
Bog‘lovchi materiallar sifatida GOST 10178 talablariga mos keluvchi 
portlandsement va shlakportlandsement, shuningdek GOST 22266 talablariga mos 
keluvchi sulfatga chidamli sementlardan foydalanish lozim. Betolar va qurilish 
qorishmalari uchun tarkibida 8% gacha SZA bo‘lgan (GOST 10178 bo‘yicha) DO 
yoki D5 sementidan foydalanish lozim [17-18]. 
Keltirilgan har bir partiyadagi sement uchun uningme’yoriy quyuqligi, qotish 
muddatlari, hajmning bir me’yorda o‘zgarishi, plastiklashtirilgan yoki gidrofob 
portlansement uchun esa qayishqoqligi va suv yuqturmaslik qobiliyati aniqlanishi 
lozim. Beton tarkibidagi yirik to‘ldiruvchi materialning alohida fraksiyalari nisbati 
GOST 26633 ning 1-jadvalida ko‘rsatilgan chegarada bo‘lishi kerak [19]. 
Beton qorishmasini tayyorlash uchun 5-10 va 10-20 (5-20) mm li foydalanishlar 
tegishli GOST 26633, 5-jadval miqdorda bo‘lmasa 20-40 mm va undan yuqori 
fraksiyalarni ishlatish man etiladi. Mayda to‘ldiruvchi material sifatida mayda yoki 
juda mayda tabiiy qum hamda otilib chiqqan maydalangan qumdan hosil qilingan 
aralash qum ishlatilishi mumkin. Mayda to‘ldiruvchi material sifatida tabiiy qum 
aralashtirmasdan faqat maydalangan qum (maydalab elakdan o‘tkazilgan qum) 
ishlatish ruxsat etilmaydi [20-21]. 
Avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashda 
maxsus yo‘l mashinalari va jihozlaridan, ko‘chma ta’mirlash ustaxonalaridan, zarur 
bo‘lgan transport va aloqa jixozlaridan, shuningdek quruvchilar uchun ko‘chma va 
yengil ko‘cha oladigan vaqtinchalik qurilmalaridan, omborlaridan, ustaxonalaridan va 
xokazolaridan foydalanish zarur. 
Asoslar yuzasini beton yotqizuvchi mashina yurish qismining harakatini 
ta’minlagan xolda tozalanishi lozim. 
Qoplamalarni qurish rels qolipda yuruvchilarda bajarilsa, asos yoki tekislovchi 
qatlamni tekislash qoplama kengligida rels qolip o‘rnatilgandan so‘ng bajariladi. 
Issiqlik-namlik bilan ishlov beriladigan yoig‘ma konstruksiya va maxsulotlar 
ishlab chiqarishda sementning bug‘laganda samaradorlik guruhigi (GOST 30515) 
g‘isobga 
olish 
lozim. 
Bug‘laganda 
III-samaradorlik 
guruhiga 
mansub 
portlansementlarni ishlatish ruxsat etiladi [22]. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
357


Sement sifatining unga berilgan pasportga muvofiqligiga shubha tug‘ilganda, 
iste’molchi GOST 30515 bo‘yicha sementdan namunalar olishi va ularni sinovdan 
o‘tkazish uchun sementni sinash bosh tadqiqotiga (semiskom) yoki uning xududiy 
markazlariga jo‘natish kerak [23-26]. Keltirilgan sementning tarkibida Na2O ga 
hisoblanganda 0,6 foizdan ko‘p ishqor oksidlari bo‘lsa yoki qorishma uchun suv bilan 
birga tarkibida ishqor bo‘lgan qo‘shimchalarYu masalan potash, ishlatilganda, 
to‘ldiruvchi materialning ishqorlarga nisbatan potensial reaksiya qobiliyatini 
tekshirish lozim. Ishqori oksidlarning miqdori to‘g‘risida ma’lumotlarni ta’minlovchi 
sement zavodidan talab qilib olish kerak. 
Quvurlar osti yig‘ma poydevorining bo‘laklari bevosita handaqni qabul qilib 
olingandan so‘ng, loyihaviy nishablik va berilgan qurilish ko‘ratilishi bilan bajarilgan 
zamindan o‘rnatilishi kerak. 
Har bir bo‘laklar qatorining vertikal choklarini sement-qum qorishma bilan 
to‘ldirilish, vertikal choklarning tashqi tomonlari yondosh bo‘laklar sathi bilan teng 
qilib to‘ldirilishi kerak.Hozirgi vaqtda deyarli barcha Yevropa mamlakatlarida o‘tgan 
asrning 80-yillari boshlarida yaratila boshlangan rasmiy milliy ko‘prik boshqaruv 
tizimlari mavjud. Qayd etilgan tizimlar mavjud bo‘lgan mamlakatlar tajribasi 
Markaziy Osiyo mamlakatlari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi uchun ham 
foydali bo‘lib, unda aslida bir nechta yondashuvlar va bir nechta tizimlar, ba’zan bir-
biriga mutlaqo mos kelmaydi. Ushbu tizimlarni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq 
etishda turlicha yondashuvlar - ko‘priklarni ishlatish va saqlashning maqsad va 
vazifalari haqida turli xil fikrlarni keltirib chiqaradi [27-29]. 
O‘tgan 5-6 yil ichida yo‘l va ko‘prik fani mamlakatimiz yo‘l xo‘jaligi uchun 
ko‘plab dolzarb muammolarga samarali yechim topdi. Ushbu vazifalar yo‘llar va yo‘l 
muhandisligi inshootlarining ishonchliligi va mustahkamligini oshirish bilan bog‘liq. 
Eng muhim ishlardan biri ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa ko‘prik 
inshootlarini ekspluatatsiya qilish uchun boshqaruv tizimining modelini ishlab 
chiqishdir [30-32]. 
Xulosa qilib aytganda yo‘l muhandisligi inshootlari va yo‘l xo‘jaligini 
modernizatsiya qilish va ularni amalga oshirishga qaratilgan yechimlar, bu ajratilgan 
mablag‘larni oqilona sarflash imkonini beradi. 

Download 243,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish