130
tezroq sarflashga harakat qiladilar. Ular pullarga turli tovarlar sotib oladilar. Buning
natijasida savdo va vositachilik do’ konida tovarlar tez sotiladi;
3.
Narx-navoning keskin va notekis o’ zgarishi natijasida chayqovchilik kengayadi.
Inflyatsiya natijasida tovar tanqisligi (defitsit) yuzaga chiqadi. Ushbu taqchillik narx-
navoning keskin ko’ tarilishiga olib keladi;
4.
Davlat moliya resurslari qadrsizlanadi. Davlat byudjeti
daromadlari byudjet
xarajatlari amalga oshirilguncha qadar davrda qadrsizlanadi. Byudjet daromadlari va
xarajatlari o’ rtasidagi mutanosiblikni saqlash qiyinlashadi va buning natijasida byudjet
taqchilligi (defitsiti) yuzaga chiqadi;
Mamlakatda kredit operatsiyalari cheklanadi. Chunki inflyatsiya darajasi tufayli yuridik
va jismoniy shaxslarga tijorat banklaridan beriladigan kreditlarning foiz darajasinig
yuqori darajada o’ rnatiladi. Ushbu salbiy holat ishonchni pasaytiradi.
Inflyatsiyaning eng asosiy ijtimoiy oqibati bo’ lib daromadlar
va boyliklarni qayta
taqsimlanishi amalga oshishi hisoblanadi. Ushbu qayta taqsimlanishi quyidagi omillar
natijasida amalga oshadi:
- mamlakat aholisining daromadlari indeksatsiya qilinmasligi;
- tijorat banklari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan kreditlar baholar
indekslarining o’ zgarishini hisobga olinmagan holda berilishligi.
Inflyatsiya shart-sharoitlarida mamlakatda ichki mahsulot va milliy daromad
quyidagi yo’ nalishlarda qayta taqsimlanadi:
1)
Milliy
iqtisodiyot tarmoqlari, ishlab chiqarish sohalari va mamlaat xududlari
o’ rtasida narx-navoning notekis o’ sishi natijasid;
2)
Mamlakat aholisi va davlat o’ rtasida. Bunda davlat tomonidan muomaladagi
ortiqcha pul massasidan qo’ shimcha daromad sifatida foydalanadi. Xalqaro amaliyotda
bu inflyatsion soliq deb nomlanadi;
3)
Mamlakat aholisining sinflari va turli toifalari o’ rtasida.
Maxsulotlar va xizmatlarga bo’ lgan narx-navoning notekis o’ sib
ketishi natijasida
aholi o’ rtasida ijtimoiy toifalarga bo’ linishini (boylar, kambag’ allar, qashshoqlar),
mulkiy holatidagi farqni chuqurlashuviga, jamg’ armalar va joriy iste’ molning keskin
o’ zgarishi yuzaga chiqadi. Inflyatsiyaning ijtimoiy salbiy ta’ siri eng avvalo qat’ iy
131
belgilangan daromadlari oluvchi shaxslar hisoblangan – nafaqaxo’ rlar, nogironlar,
ko’ p farzandli oilalar va davlat xizmatchilari (o’ qituvchilar, vrachlar, bog’ cha
xodimlari va boshqalar) uchun juda og’ ir kechadi;
4)
Debitorlar va kreditorlar o’ rtasida. Ushbu holatda
olingan qarzlarni pul
qadrsizlanishi natijasida debitorlar daromad oladi va buning aksi, kreditorlar
qo’ shimcha zarar ko’ radi.
Do'stlaringiz bilan baham: