Spekulyativ motiv
Agar Keynsning nazariyasi ya‘ ni aholi pulni kutilmagan vaziyatlar va har kungi
xarajatlar uchun saqlash bilan chegaralanib qolganida bunda pulga bo‘ lgan talab
faqatgina daromadlar hajmi bilan aniqlanar edi va Keynsning yondashuvi klassiklarning
yondashuvidan farq qilmas edi. Ammo u shuningdek pulni boylik to‘ plash sifatida ham
qaragan va bu saqlash metodni spekulyativ metod deb qaragan. Boyliknig daromad
bilan uzviy bog‘ ligidan kelib chiqib Keyns qayd etadiiki, pulga bo‘ lgan talabning
spekulyativ tarkibi daromadga bog‘ liq. Keyns aktivlarni bo‘ ldi, boylikni saqlash
vositasi kabi ishlatiladiganlarni ikki kategoriyaga pullar va obligatsiyalarga
4-MAVZU: PUL AYLANMASI VA UNING TARKIBI
REJA:
1. Pul aylanmasi‖ tushunchasining mazmuni va pul aylanmasining
tarkibiy tuzilishi.
2. Naqd pul aylanmasi va uni tashkil qilish printsiplari.
3. Naqdsiz pul aylanmasi va uni tashkil qilish printsiplari.
4. Naqd pulsiz hisob-kitob shakllari.
5. To‘ lov tizimi va uning rivojlanish bosqihclari.
6. Plastik kartochkalar orqali amalga oshiriladigan hisob-kitoblar
Pul aylanmasi tushunchasining mazmuni va pul aylanmasining
tarkibiy tuzilishi.
Pul aylanmasi-bu pulning naqd va naqdsiz shakildagi uzluksiz harakatlari
yig`indisidir. Pulning doiraviy aylanishi – bu pulning bir qo‘ ldan ikkinchi
qo‘ lga o‘ tishidir. Pulning doiraviy aylanishining takrorlanishi pulning aylanishi
deyiladi. Demak, pul aylanmasini pulning aylanishi sifatida talqin qilish mumkin.
I. Shakerning ta‘ rif berishicha pul aylanmasi bu pullarning naqd va naqd
bo‘ lmagan shakllardagi doiraviy aylanish jarayoni bo‘ lib, bunda pullar
muomala vositasi va to‘ lov vositasi funktsiyasini bajaradi. Pulning bir qo‘ ldan
ikkinchi qo‘ lga o‘ tishini Shaker doiraviy aylanish deb atadi. Pullarning bir
subektdan ikkinchi subektga otishi, pulning doiraviy aylanishi takrorlanishi
pulning aylanishi deyiladi.
Naqd pul va naqd pulsiz shaklida hisob – kitoblarni amalga oshirish pul
aylanmasini tashkil etadii. Naqd pul aylanmasi – bu qog‘ oz pullar va tanga
pullar vositasida amalga oshirilib, naqd pullar harakati jarayonida namoyon
bo‘ ladi. Naqd pul aylanmasi asosan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar
o‘ rtasida vujudga keladigan ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirishga
xizmat qiladi. Pul aylanmasi tarkibida naqd yoki naqdsiz hisob – kitoblar bilan
amalga oshirilayotgan to‘ lovlar hajmining yuqori yoki pastligiga pulning
barqarorligi, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va boshqa qator omillar
ta‘ sir qiladi. Pulning aylanmasi mohiyatini yanayam chuqurroq aniqlash uchun
uning ob‘ ekti va sub‘ ektlariga e‘ tibor berish maqsadga muvofiq. Pul
aylanmasi sub‘ ektlari sifatida davlat va davlat muassasalari, Markaziy bank,
kredit va moliya muassasalari, mamlakat rezidenti va norezedentlari, korxona va
tashkilotlarni keltirish mumkin. Uning ob‘ ekti esa tovar va tovarsiz operatsiyalar
jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar, ya‘ ni aylanmalar
hisoblanadi. Pul aylanishi tushunchasi – bu ma‘ lum davr davomida
iqtisodiyotda pulning qanchalik darajada tez ko‘ chishib yurishi jarayonini
anglatadi. Bu ko‘ rsatkich nominal YaIM ni pul taklifiga (
M
2
) bo‘ lish orqali
topiladi. Shuningdek bu mamlakatdagi umumiy pul massasini aylanish darajasini
bildiradi ya‘ ni masalan, 1 dollarni necha marta tovar yoki xizmatlar sotib olish
uchun ishlatilinish darajasidir. Pul aylanishi tushunchasini yanada aniqroq
tushunishimiz uchun 2 ta A va B shaharchalarni olamiz. A shaharcha maydoni
kichikroq biroq aholi soni B shaharchanikidan ko‘ proq. Shunga ko‘ ra, A
sharchada bank strukturasi yaxshi rivojlangan, tadbirkorlik faoliyati ham yuqori
darajada tashkil qilingan. A shaharchada bank muassasalari soni ko‘ p bo‘ lib,
pulni istalgan shaklda ishlatish bu sharcha aholisi uchun muammo emas.
Natijada, bu shaharcha iqtisodiyotida pul aylanishi ko‘ rsatkichi yuqori bo‘ lib,
bu uning iqtisodiyot ko‘ rsatkichlari yaxshi bo‘ lishiga ham olib kelgan. Boshqa
tomondan esa, B shaharcha maydon jihatdan A shaharchadan katta bo‘ lsa ham,
aholi soni bo‘ yicha undan kichkina. Bank faoliyati yaxshi rivojlanmagan hamda
bank tashkilotlari soni yetarli emas. Tadbirkorlik faoliyati ham o‘ z-o‘ zidan
rivojlanishi past darajada bo‘ lib, bank orqali bo‘ ladigan hisob- kitob
operatsiyalari yaxshi rivojlanmagan. Natijada aholi qo‘ lidagi pul mablag‘ larini
banklarga ishonib topshirish tushunchasiga ega emas va bu B shaharchaning
iqtisodiyoti barqarorligiga ta‘ sirini ko‘ rsatgan.
Bu ikki holatdan shuni aytish mumkinki, agar biror hududda pul aylanish darajasi
qanchalik darajada past bo‘ lsa, pul aholi qo‘ lida shuncha kam aylanadi hamda pul
massasining iqtisodiyotga ta‘ siri ham sezilarsiz bo‘ lishi kuzatiladi. Pul aylanish
darajasiga ta‘ sir etuvchi omillar sirasiga quyidagilar kirishi mumkin:
Hududdagi moliyaviy tashkilotlar soni
Aholining umumiy soni
Amalga oshiriladigan pul o‘ tkazmalari miqdori
Xorijiy Iqtisodchi olimlardan biri Ludwig von Misesning ta‘ kidlashicha pul aylanishi
tushunchasining asosiy mohiyati shundan iboratki, bu jarayonni nafaqat butun bir
iqtisodiyot darajasida balki, alohida individuallar faoliyati misolida o‘ rganish kerak. Shu
jihatdan pul aylanishi jarayonini o‘ rganishda narxlar va xarid qilish qobilyati bo‘ yicha
tatbiq etish har doim ham to‘ g‘ ri bo‘ lmasligi mumkin.
Yana bir iqtisodchi olim Helmut Creutz pul aylanishi tushunchasini xarid qilish
jarayonidan tashqari qarz va qayta tolovlar miqdoriga ham bog‘ lab
o‘ rganadi. Bu olim pul aylanishini 3 xil ko‘ rinishda turli jarayon bo‘ yicha
tasvirlaydi.
Pul aylanishi to‘ lovlar va qarz bo‘ yicha olib qaralganda
Yuqorida keltirilgan jarayonni boshi ham oxiri ham mavjud emas. Ya‘ ni bu
jarayonda qaralayotgan mablag‘ qanaqa maqsadda ishlatilmasin, u to‘ xtovsiz
harakatda bo‘ ladi. Bunda A, B…E lar iqtisodiyotdagi barcha sub‘ ektlar bo‘ lib,
agar bu jarayonda masalan, A sub‘ ekt B ga xaridi uchun pul to‘ lagan bo‘ lsin.
B sub‘ ekt esa bu pulni C ga qarz sifatida beradi va C o‘ sha pulga D dan tovar
sotib oladi. E su‘ bekt esa A ning ko‘ rsatgan xizmati uchun to‘ lovni D dan
qarz sifatida oladi. Bu jarayonda muomalada aylanayotgan pul tovar va
xizmatlarga to‘ lov uchun 3 marta, qarz munosabati uchun esa 2 marta ishlatildi.
Agarda B sub‘ ekt mablag‘ ini qarz munosabatiga yo‘ naltirmasa, bunda jarayon
buzilishi mumkin.
1.
To‘ lovlar va qarzdorlik to‘ lovlari bo‘ yicha pul aylanishi jarayoni:
Bu jarayonda A sub‘ ekt C dan tovar sotib oladi, C esa o‘ zining kreditorlik
qarzini B ga to‘ laydi va natijada B sub‘ ekt E dan mahsulot sotib oladi. O‘ z
navbatida E sub‘ ekt ham D ga o‘ z qarzini qaytaradi va D bu mablag‘ ga A da
tovar yoki xizmatlar sotib olishi mumkin.
2.
Pul aylanishi bank orqali yoki uni vositachiligida yuzaga kelganda:
Bunday jarayonda endi A sub‘ ekt B dan bank cheki orqali mahsulot sotib oladi va
qolga jarayon ham yuqoridagi kabi davom etgan holda chek bo‘ yicha hamda bank
vositachiligida to‘ lovlar amalga oshiriladi. Buyuk iqtisodchi Karl Marks esa bu
jarayonni asosan tovar va pulga bog‘ lab tushuntiradi. Unga ko‘ ra pul aylanishining ilk
oddiy ko‘ rinishi talab va taklif asosida amalga oshiriladigan savdo-sotiq jarayonida
vujudga keladi. Bunda sotish ham sotib olish ham va pul ham bir-biriga uzviy aloqador
bo‘ lib, sotuvchi tovar yoki xizmatga, xaridor esa pulga ega bo‘ ladi. Shunga ko‘ ra, pul
aylanishini asosiy vositasi asosan xarid vositasi sifatida namoyon bo‘ ladi va bu pul
aylanishi jarayonida turli vazifalarni bajaradi. Xarid qilish jarayonida pul sotuvchi
qo‘ liga, tovar esa xaridor qo‘ liga o‘ tadi.u holatda esa tovar va pul qarama qarshi
yo‘ nalishda harakat qiladi. Pul aylanmasi sub‘ ektlar o‘ rtasida amalga oshiriladigan
iqtisodiy munosabatlarning naqd va naqd pulsiz ko‘ rinishidir. Xorijiy mamlakatlar
iqtisodiy adabiyotdarida pul aylanmasi deyarli o‘ rganilmaydi. Buning asosiy
sabablaridan biri, balki mazkur mamlakatlar bank muassasalarida hisob – kitoblarni
amalga oshirishda pul aylanmasi naqd va naqd pulsiz ko‘ rinishi shakllari o‘ rtasida farq
mavjud emasligi bo‘ lishi mumkin. Haqiqatda ham rivojlangan va ayrim rivojlanayotgan
mamlakatlar banklarida naqd va naqdsiz pul hisob – kitoblarni amalga oshirish
o‘ rtasida farq mavjud emas. Pul aylanishi modeli uning ( yaratilishi ) muomalaga
chiqarilishi va qaytishi bilan bog‘ liq izchil to‘ rt bosqichdan iborat:
banklar firmalarga kredit beradi;
firmalar o‘ z xodimlariga ish haqi to‘ laydi;
xodimlar firmalarning yaratgan mahsuloti, tavari, xizmatini xarid qiladi;
firmalar banklarga olgan kreditlarini qaytarib to‘laydilar.
Grazianining fikriga ko‘ra: ―Pulning aylanish nazariyasi pulning butun aylanish
davomiyligini muhokama qiladi, ya‘ni bank qarzlarini berilishi bilan boshlanib, qarzlarni
to‘lanib so‘ndirilishi bilan tugaydi.
Pul aylanmasidan tashqari to‘ lov aylanmasi degan tushuncha mavjud.
To‘ lov aylanmasi pul aylanmasiga qaraganda keng tushuncha. To‘ lov
aylanmasi-bu pul shaklidagi mablag‘ larning va pul bozori instrumentlarning
vositasida amalga oshirilgan to‘ lovlarning yig‘ indisidir. To‘ lov aylanmasi –
bu pullar va pul bozori instrumentlari harakatlari yig`indisidir.
Pul bozori instrumentlariga quydagilar kiradi :
-
Veksellar;
-
Depozit sertefikatlari;
-
Jamg`arma sertefikatlari;
-
Obligatsiyalar;
-
Bank akseptlari.
Veksel – veksel beruvchining yoki vekselda ko‘ rsatilgan boshqa tulovchining
vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan so‘ mmani
to‘ lashga doir shartsiz majburiyatni tasdiqlovchi qimmatli qog‘ ozdir. Tijorat
veksellari – tijorat veksellari tovarlar kreditga sotilganda yoziladi. Vekselni mol
etkazib beruvchi to‘ ldiradi. Sotib oluvchi esa vekselga mas‘ ul shaxsning imzosi
va muhr qo‘ yadi. Ana shundan keyin veksel sotib oluvchining mol etkazib
beruvchi oldidagi qarz majburiyatini tasdiqlovchi hujjatga aylanadi. Tijorat
vekseli pulning to‘ lov vositasi funktsiyasini bajaradi.Vekselni indassament
orqali boshqa shaxslarga uzatish mumkin
.
Indassament-vekselni boshqa shaxsga
uzatish huquqini beruvchi maxsus yozuv.Vekselni boshqa shaxsga uzatgan
shaxs indossant deyiladi.Vekselni qabul qilib olgan shaxs indossat deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |