Asbob va uskunalar. Elektron tarozi, 0,2 nomerli elak. Ishlash tartibi. Quritish javonida 50-55°S haroratda bir soat mobaynida quritilgan gips namunasidan tarozida 50 g tortib olinadi, bunda tarozi pallasiga soat oynasini qo‘yish va gipsni shu oyna ustida tortish lozim. Tortib olingan gips turi 0,2 nomerli elakdan o‘tkaziladi. Gipsni elaganda elakning qopqog‘ini bekitish kerak, gips qo‘lda elanadi, yoki elakni silkitib turadigan asbobga o‘rnatiladi. Elash jarayoni odatda 5-7 minut davom etadi, keyin asbob to‘xtatilib, elakning tubi ehtiyotlik bilan ajratib olinadi va gips kukuni boshqa idishga solinadi. Tekshirib ko‘rish maqsadida (elakning tubini olib qo‘yib) gips qog‘oz ustiga elanadi. Bir daqiqa davomida elakdan eng ko‘pi 0,05 g gips tushsa, elash nihoyasiga etkazilgan hisoblanadi. Gips kukunining maydalanganlik darajasi elakda qolgan gips massasining dastlabki namuna massasi (50 g)ga nisbati sifatida aniqlanadi, bunda yo‘l qo‘yiladigan xatolik 0,1% dan ziyod bo‘lmasligi lozim. Ikki marta sinash natijalarining o‘rtacha arifmetik qiymati gips kukunining mayinlik qiymati sifatida qabul qilinadi. Gips namunasi- …………g. Hisoblash formulasi:
%
100
1
m m M Elakda qolgan qoldiq - …….g. Maydalik darajasi -…….%
1 – ish. Gips hamirining normal quyukligini aniqlash Ta’rif. Narmal quyuqlik deganda, diametri 5 sm, balandligi 10 sm bo‘lgan, latun silindri ko‘targanda ichidagi gips hamiri yoyilgandagi diametri 18 sm ni ko‘rsatganligiga aytiladi. Asbob va uskunalar. Suttard viskozimetri, tarozi, suv, qorishtirgich, oyna, chizg‘ich. Ishlash tartibi. Gips hamirining normal quyuqligi Suttard viskozimetri (rasmda) yordamida aniqlanadi. Bu asbob balandligi 100 mm va ichki diametri 50 mm bo‘lgan mis yoki jez silindrdan iborat. Silindrning ichki yuzasi va shisha plastinka tegib turaditan cheti puxta silliqlangan bo‘lishi shart. Tajriba vaqtida silindr shisha plastinkaga o‘sha tomoni bilan o‘rnatiladi. Diametri 240 mm dan kattaroq bo‘lgan shisha plastinkaning ustiga yoki ostiga qo‘yiladigan qog‘ozga diametri 150-220 mm bo‘lgan bir necha konsentrik aylana chiziladi. Diametri 170-190 mm bo‘lgan aylanalar orasidagi masofa 5 mm, boshqa aylanalar orasidagi masofa esa 10 mm bo‘lishi lozim. Tajriba o‘tkazish oldidan silindr va shisha plastinkani xo‘l latta bilan artish kerak. SHisha plastinka aniq yotiq holda joylanadi, silindr esa konsentrik aylanalar markaziga o‘rnatiladi. Gips hamirining normal quyuqligini aniqlash uchun tarozida 300 g gips tortib olinib, 150-220 mm suv quyilgan mahsus kosaga solinadi va sim xalqalardan iborat dastaki chilcho‘p bilan 30 sekund davomida uzluksiz ravishda aralashtirib turiladi. Hisoblash vaqti kosadagi suvga gips kukuni solingan paytdan boshlanadi. 30 daqiqadan keyin shisha plastinkadagi aylanalar markaziga o‘rnatilgan silindrga gips hamiri to‘ldiriladi, silindrdan ortib chiqib turgan hamir chizg‘ich bilan sidirib tashlanadi. Kosadagi hamirni qorishtirish to‘xtatilganidan 15 sekund o‘tgach, plastinka ustidagi silindrni ko‘tarib chetga olib qo‘yish kerak. SHunda shisha plastinka ustidagi gips hamiri kulchadek yoyiladi. Gips
-
140 -
hamirining yoyilish (kulcha) diametri konsentrik aylanalar bo‘yicha aniqlanadi yoki bir-biriga nisbatan tik joylashgan ikki yo‘nalishda o‘lchanadi (yo‘l qo‘yilgan xatolik 5mm dan ziyod bo‘lmasin) va o‘rtacha arifmetik qiymat hisoblab chiqariladi. YOyilgan hamirning o‘rtacha diametri gips hamirining quyuqligi, ya’ni konsistensiyasini ifodalaydi. YOyilgan gips hamiri diametrining 180±5 mm ga tengligi hamirning quyuqligi normal ekanligi (standart konsistensiya)dan darak beradi. Kulcha diametri bundan katta yoki kichik bo‘lsa, tajriba takrorlanadi, lekin bu gal suv miqdori 1-2% o‘zgartiriladi. Gips hamirining normal quyuqligi 100 g gipsga to‘g‘ri keladigan suvning millilitrlardagi massasi bilan ifodalanadi. Tajriba ko‘rsatmalari
1
2
3
4
5
Olingan gips massasi, g
Olingan suv massasi, g (ml)
Gips massasiga nisbatan suvni hajmi, %
YOyilgan kulchaning diametri, sm
Normal suyuqlik - …………%
1 – rasm. Viskozimetr sxemasi va u bilan ishlash uslubi.