aluminiy, mis, kumush, oltin, rux, kadmiy, simob, qalay, qo‘rg‘oshin,
temir, xrom, marganes)ning fizik va kimyoviy xossalari, tabiatda
tarqalishi, birikmalari, olinishi, ishlatilishi, suvning qattiqligi, cho‘yan va
po‘lat olish, metallurgiya, shisha va sement olish jarayonlari haqidagi
ma’lumotlarga ega bo‘lish, tushunish va shular asosida misol va
masalalar yecha olish.
1.3
Organik kimyo
1.3.1
Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari, organik moddalar
kimyoviy tuzilishi nazariyasining mohiyati, moddalar xossalarining
tuzilishiga bog‘liqligini aniq misollar yordamida ko‘rsatib bera olish,
tushunish va shular asosida misol va masalalar yecha olish;
1.3.2
izomeriya turlari, organik birikmalarning sinflanishi, organik moddalar
nomenklaturasi, organik birikmalarda uglerod atomining gibridlanishi,
organik reaksiyalarning turlarini bilish, tushunish va shular asosida misol
va masalalar yecha olish;
1.3.3
to‘yingan uglevodorodlar, ularning umumiy xossalari, metan va uning
gomologlari, sikloalkanlar nomenklaturasi, izomeriyasi, olinishi,
xossalari, to‘yinmagan uglevodorodlar, ularning vakillari, etilen olinishi
va ishlatilishi, etilenning xossalari, polietilen olish jarayoni, alkadiyenlar
olinishi va xossalari, alkinlar, atsetilen, uning xossalari, olinishi,
ishlatilishini bilish, tushunish va shular asosida misol va masalalar yecha
olish;
1.3.4
aromatik uglevodorodlar, benzol va uning xossalari, gomologlari; neft va
neftni qayta ishlash mahsulotlari; tabiiy gaz, uni qayta ishlash kimyoviy
jarayonlari mahsulotlari va ulardan foydalanishni bilish, tushunish va
shular asosida misol va masalalar yecha olish;
1.3.5
kislorodli organik birikmalar, to‘yingan bir atomli spirtlar, ularning
tuzilishi, izomeriyasi, xossalari; metanol, etanol, ularning olinishi va
ishlatilishi; ko‘p atomli spirtlar, etilenglikol, glitserin xossalarini bilish,
tushunish va shular asosida misol va masalalar yecha olish;
1.3.6
fenollar, aromatik spirtlar, ularning tuzilishi va kimyoviy xossalarini
bilish, tushunish va shular asosida misol va masalalar yecha olish;
1.3.7
aldegidlar, ularning olinishi, xossalari, formaldegid, asetaldegid,
polikondensatlanish reaksiyalarini bilish, tushunish va shular asosida
misol va masalalar yecha olish;
1.3.8
ketonlar, karbon kislotalar, ularning eng muhim vakillari, xossalari,
olinishi va ishlatilishini bilish, tushunish va shular asosida misol va
masalalar yecha olish;
1.3.9
oddiy efirlar, murakkab efirlar, olinishi, xossalari va ishlatilishini bilish,
tushunish va shular asosida misol va masalalar yecha olish;
1.3.10
yog‘lar, sovunlar; ularning olinishiga, xossasiga xos jarayonlarni bilish,
tushunish va shular asosida misol va masalalar yecha olish;
1.3.11
uglevodlar, ularning xossalari, mono-, di-, polisaxaridlar va ularning
xossalarini bilish, tushunish va shular asosida misol va masalalar yecha
olish;
1.3.12
azotli organik birikmalarning vakillari; nitrobirikmalar, ularning olinishi
Do'stlaringiz bilan baham: