2019-yil oliy ta‘lim muassasalari bakalavriatiga qabul test sinovlarida
foydalanish uchun kimyo fani bo‘yicha fan mazmunining tarkibi va
abituriyentlar tayyorgarligi darajasiga qo‘yiladigan talablar
KODIFIKATORI
Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul test sinovlarida foydalanish uchun
kimyo fani bo‘yicha fan mazmunining tarkibi va abituriyentlar tayyorgarligi
darajasiga qo‘yiladigan talablar kodifikatori (keyingi o‘rinlarda Kodifikator) test
topshiriqlarining tuzilishi va mazmunini belgilovchi hujjatlardan biridir. U kimyo
fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta‘lim hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limining
Davlat ta‘lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida tuzilgan.
Nazorat
qilinayotgan
element kodi
Test sinovlarida tekshiriladigan
fan mazmunining tarkibi
1.Umumiy kimyo
1.1
Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari (Atom-molekular ta’limot,
kimyoviy element,
kimyoviy belgi, atomlarning o‘lchami, nisbiy va
absolut atom massa, molekular va nomalekular tuzilishdagi moddalar,
oddiy va murakkab modda, kimyoviy formula va undan kelib
chiqadigan xulosalar,
sof modda va aralashma, allotropiya, nisbiy va
molekular massa, modda miqdori, molar massa, fizikaviy va kimyoviy
o‘zgarishlar, kimyoviy reaksiya tenglamalari va koeffitsiyentlar,
massaning saqlanish,
tarkibning doimiylik, karrali nisbatlar va
Avogadro qonunlari, molar hajm, gaz qonunlari,
ekvivalent va
ekvivalent qonuni, kimyoviy reaksiya turlari).
1.2
Davriy qonun va davriy sistema. Atom tuzilishi (Kimyoviy
elementlarning dastlabki toifalanishi, atom tarkibi, izotop, izoton,
izobar va izoelektron, elektron konfiguratsiya,
kvant sonlar, yadro
reaksiyalar,
davriy xossalar, atom radiusi, ionlanish energiyasi,
elektronga
moyillik, elektromanfiylik, metallik va metallmaslik
xossalari. Elementlar, oddiy moddalar hamda ularning oksidlari,
gidroksidlari, vodorodli birikmalar xossalarining
davriy ravishda
o‘zgarishi).
1.3
Kimyoviy bog‘lanishlar (Kimyoviy bog‘lanishning tabiati. Nisbiy
elektromanfiylik. Elementlarning nisbiy elektromanfiyligi va ularning
xossalari o‘rtasidagi bog‘lanish. Kovalent bog‘lanish va uning hosil
bo‘lish mexanizmi. Qutbsiz va qutbli bog‘lanish. Donor-aktseptor,
metall, vodorod bog‘lanishlar haqida tushuncha. Ion bog‘lanish.
Qattiq
moddalarning tuzilishi. Atomli, ionli va molekular kristall panjaralar,
gibridlanish, valentlik).
1.4
Kimyoviy reaksiyalarning kinetikasi (reaksiya tezligi va unga ta’sir
etuvchi omillar. Kataliz va katalizator. Qaytar va qaytmas jarayonlar.
Kimyoviy muvozanat, kimyoviy muvozanat konstantasi haqida
tushuncha, kimyoviy muvozanatga ta’sir etuvchi omillar,
Le-Shatelye
prinsipi).