1.5
Suv va uning tarkibi, tuzilishi, xossalari, ishlatilishi va ahamiyati.
Eritmalar va ularning konsentratsiyalarini ifodalash usullari (massa
ulush,
foiz
konsentratsiya,
molar,
normal,
molyal,
titr
konsentratsiyalar). Eruvchanlik koeffitsiyenti.
1.6
Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi (Elektrolitlar va noelektrolitlar.
Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi nuqtai nazaridan ishqorlar, kislotalar
va tuzlar. Amfoter elektrolit haqida tushuncha. Kation va anionlar. Erish
va dissotsilanish jarayonida sodir bo‘ladigan issiqlik hodisasi.
Elektrolitlarning dissotsilanish darajasi. Kuchli va kuchsiz elektrolitlar.
Suvning dissotsilanishi. Elektrolit eritmalarning (kislotali, ishqoriy va
neytral) muhiti. Elektrolit eritmalar orasida sodir bo‘ladigan almashinish
reaksiyalarining oxirigacha borish shartlari. Tuzlar gidrolizi va unda
sodir bo‘ladigan jarayonlar. Tuzlar gidrolizining omillarga bog‘liqligi.
Suvning ion ko‘paytmasi, pH).
1.7
Oksidlanish darajasi, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari (oksidlanish-
qaytarilish reaksiya turlari, oksidlanish hamda qaytarilish jarayonlari,
oksidlovchi va qaytaruvchilar, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini
tenglash usullari).
1.8
Elektroliz va unda sodir bo‘ladigan jarayonlar. Eritma va suyuqlanma
elektrolizi. Faradey qonunlari.
2. Anorganik kimyo
2.1
Anorganik moddalarning eng muhim sinflari. Oksidlar va ularning
turlari; olinish usullari va xossalari. Asoslar va ularning turlari;
olinish usullari va xossalari. Kislotalar va ularning turlari; olinish
usullari va xossalari. Tuzlar va ularning turlari; olinish usullari va
xossalari. Anorganik moddalarning eng muhim sinflari o‘rtasida
o‘zaro genetik bog‘lanish.
2.2
Metallmaslar. Metallmaslarning tabiatda tarqalishi, olinishi va
ishlatilishi. Metallmaslarning fizik va kimyoviy xossalari, ularning
birikmalari. Kislorod va uning izotoplari, allotropiyasi, olinishi va
xossalari. Vodorod va uning izotoplari; olinishi va xossalari. Uglerod
va azot guruhchasi metallmaslari. Xalkogenlar, galogenlar va nodir
gazlar; ularning tabiatda tarqalishi, olinish usullari va xossalari.
Mineral o‘g‘itlar.
2.3
Metallar. Metallarning tabiatda tarqalishi, olinish usullari va
ishlatilshi. Metallarning fizik va kimyoviy xossalari, ularning
birikmalari. Ishqoriy va ishqoriy-yer metallari. Ularning olinish
usullari, xossalari, birikmalari va ishlatilishi. Suvning qattiqligi va uni
yo‘qotish usullari.
s-, p-, d-
oila metallari; ularning eng asosiy
birikmalarining olinishi, xossalari, ishlatilishi. Metallar korroziyasi va
ularni himoyalash usullari. Qotishmalar.
Do'stlaringiz bilan baham: