Ona tili o‘qitish metodiкasi


Ona tilidan nazorat darslari



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet54/232
Sana01.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#933800
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   232
Bog'liq
kurs ishi kitobi

Ona tilidan nazorat darslari. 
Nazorat darslari o‘quvchilarning 
o‘rganilgan materiallarni o‘zlashtirganlik darajasini aniqlash, yo‘l 
qo‘yilgan imloviy, punktuatsion va nutqiy xatolarni aniqlash 
maqsadida o‘tkaziladi. 
Ona tilidan nazorat darslarini uch turga ajratish mumkin: 
1. Til hodisalarining o‘zlashtirilganlik darajasi ustidan nazorat. 
2. O‘quvchilarning imloviy va punktuatsion savodxonligi ustidan 
nazorat. 
3. Nutqiy malakalarning egallanganlik darajasi ustidan nazorat. 
Til hodisalarining o‘zlashtirilganlik darajasi ustidan nazorat 
berilgan tovush, so‘z, gap, matnni tahlil qilish, so‘zlarni muayyan 
xususiyatlariga qarab guruhlash, til hodisalarini qiyoslab, ularning 
o‘xshash va farqli tomonlarini aniqlash, umumlashtirish, qo‘yilgan 
savollarga to‘g‘ri javob qaytarish, topshiriqlarni to‘g‘ri bajarish orqali 
aniqlanadi. Chunonchi, otlarning yoki sifatlarning ma’no guruhlari 
o‘rganilgach, o‘qituvchi oxirgi mashg‘ulotni nazorat darsi sifatida 
rejalashtiradi. 
O‘quvchilarning imloviy va punktuatsion savodxonligi ustidan 
nazorat, asosan ta’limiy diktantlar, shuningdek, bayon va insholar 
orqali amalga oshiriladi. 
Ta’lim tizimida diktantlarning xizmati benohoya kattadir. Diktant 
yozish jarayonida yozuv orqali o‘quvchilarning aqliy faoliyati 
rivojlanadi. O‘quvchi o‘qituvchi aytib turgan jumlalarni yoki so‘zlarni 
yozadimi, yoki fikrini erkin yozadimi, baribir, u ongli ravishda 
og‘zaki nutqni yozma shaklga ko‘chiradi. Dastlab, so‘zlovchining 
nutqini tinglovchi mazmun jihatdan idrok qiladi. So‘zlovchining 
nutqini yozuvga ko‘chirish jarayoni boshlanganda o‘quvchi gapdagi 
so‘zlarni tovush tarkibi va ohangiga e’tibor beradi, tovush va harflarni 
o‘zaro qiyoslaydi, ohangni ma’lum tinish belgilari bilan ko‘rsatishga 
harakat qiladi. 


98
O‘quvchi diktant yozishda doimo ichki nutqqa asoslanadi. 
Yozish jarayonida o‘quvchining nutq organlari so‘z uzvlarini bilinar-
bilinmas talaffuz qilgan holda harflarga ko‘chiradi. 
Ma’lum harflar tushirib qoldirilgan so‘zlarni to‘g‘ri yozish talab 
qilingan mashqlarda ham o‘quvchi so‘zni avval to‘lig‘icha ichida 
talaffuz qiladi va tushirib qoldirilgan tovushga muvofiq keladigan 
harfni topadi. Shuning uchun ham o‘quvchi tovush va harf 
munosabatini yaxshi bilishi kerak. 
Tovush o‘ziga muvofiq keladigan harfiy ifodasiga ega bo‘lganda, 
o‘quvchi bunday tovushlarni harflarga aylantirishda qiyinchilik 
sezmaydi. Lekin ayrim hollarda, xususan, kuchsiz holatga kelganda, 
tovushlar o‘zlarini to‘liq talaffuziga ega bo‘lmaydi. Ana shunday 
paytlarda o‘quvchi orfogrammani yozishda qiynalib qoladi. Masalan, 

Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish