Ona tili o‘qitish metodiкasi


To‘g‘ri yozgan g‘olib bo‘lar, yaxshi ilmu tolib bo‘lar»



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet130/232
Sana01.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#933800
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   232
Bog'liq
kurs ishi kitobi

To‘g‘ri yozgan g‘olib bo‘lar, yaxshi ilmu tolib bo‘lar» 
o‘yin-
topshirig‘idan foydalansa bo‘ladi. Bu o‘yinda o‘qituvchi masalan, 5–
10 sonlarni berib, ulardan 
-nchi (-inchi) -ala, -lab, -tadan, -larcha
qo‘shimchalari ishtirokidagi sonlar hosil qilishni topshiradi. Berilgan 
vaqtda topshiriqni to‘g‘ri bajargan o‘quvchilar o‘yin g‘olibi bo‘ladilar. 
Namuna: beshinchi, beshala, beshovi, o‘nlab, o‘ntacha, o‘nlarcha. 
O‘qituvchi ma’lum bir sonlarni doskaga yozadi va ularni imlo 
qoidasiga muvofiq yozishni talab etadi. Masalan, 
bir-ikki, uch-to‘rt, 
beshta-beshta, o‘ttiz-qirq, besh-olti, o‘nta-o‘nta 
kabi. Yoki berilgan 
tavsiya asosida raqamlar bilan ifodalangan sonlarni so‘zlar orqali 
to‘g‘ri yozgan o‘quvchilar ham o‘yin sharti asosida g‘oliblikni qo‘lga 
kiritishlari mumkin. 
O‘qituvchi qo‘shma sonlar imlosi ustida to‘xtalayotganida 
«Sonlar songa boylandi, Qo‘shma songa aylandi» 
o‘yinidan 
foydalanishi mumkin. Bu o‘yinni o‘tkazishda o‘quvchi 
noldan 
o‘ngacha
bo‘lgan sonlarni doskaga yozadi va shu sonlardan qo‘shma 
sonlar hosil qilib yozishni topshiradi. O‘quvchilar avval ikki xonali
so‘ng uch xonali, to‘rt xonali va hokazo qo‘shma sonlar hosil 
qiladilar. Masalan: 
o‘n olti, bir yuz olti, bir ming to‘qson to‘rt, bir yuz 
yigirma 
kabi. 
Ayniqsa, yil, oy, kunlarning yozilishi, tashkilot, muassasa va 
hokazolarning tartib raqamini yozish o‘quvchilarda ancha qiyinlik 
tug‘diradi. Shuning uchun tashkil etiladigan o‘yinlarning muayyan 
qismi shu imlo qoidasiga taalluqli bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. 
Masalan, raqamlar bilan berilgan tarixiy sanalarni so‘zlar bilan yozish 
topshirilishi mumkin. Namuna: 
1.09.91, 21.10.89, 8.10.92.
O‘quvchi-
lar berilgan bu tarixiy sanalarni nafaqat so‘zlar bilan yozishlari, balki 
shu sana ifodalab kelayotgan tarixiy kunning nomini yozishlari ham 
maqsadga muvofiqdir. Masalan, 1991-yil 1-Sentabr-O‘zbekiston 
Respublikasining Mustaqillik kuni, 1989-yil 21- oktabr-O‘zbekiston 


211
Respublikasining «Davlat tili» to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilingan 
kun va h.k. 
Berilgan arabcha raqamlarni rim raqamlari va so‘zlar bilan yozish 
ham o‘quvchilarning imlo savodxonligini oshirishda o‘ta muhimdir. 
Masalan, 6-sinf–VI sinf–oltinchi sinf o‘quvchilar rim raqamlaridan 
keyin chiziqcha qo‘yilmasligini esda saqlab qolishlari talab etiladi.
Sonlarni o‘rganishda o‘quvchilarni soatda ko‘rsatilgan vaqtni 
o‘qishga o‘rgatish ham juda zarurdir. Bu ishni bajarishda sinf 
o‘quvchilarini ikki yoki uch guruhga bo‘lib, muayyan vaqt 
ko‘rsatilgan rasmlarni namoyish etiladi. O‘quvchilar soatda 
ko‘rsatilgan vaqtni daftarlariga yozib boradilar hamda bu vaqt 
birliklarining ma’nodoshlarini topadilar. Masalan, rasmda soat mili 8 
dan 45 daqiqa o‘tganligini ko‘rsatib turibdi. O‘quvchilar bu vaqtni 
sakkizu qirq besh daqiqa, chorakam to‘qqiz, o‘n besh daqiqa kam 
to‘qqiz 
deb yozadilar. O‘quvchilar sutkaning boshlanishi deb yarim 
kun (kech soat 24 yoki 00 soat) qabul qilinganligini, shuning uchun 
yarim kundan tushgacha (kunduz soat 12.00 gacha) soat hisobi 0, 1, 2, 
3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12 deb o‘qilishini, tushdan yarim tungacha 
esa soat 13, 14, 15, 16, 17, 18, 19, 20, 21, 22, 23, 24 (yoki 00) deb 
o‘qilishini esda tutishlari zarur. Imlo va talaffuz bilan bog‘liq bo‘lgan 
bu amaliy ko‘nikmalarni singdirishda ham o‘yinlardan foydalanish 
maqsadga muvofiqdir. 

Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish