Ona tili o‘qitish metodiкasi


«So‘z gavharini qadab qo‘y



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet127/232
Sana01.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#933800
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   232
Bog'liq
kurs ishi kitobi

«So‘z gavharini qadab qo‘y
» o‘yinida sinf o‘quvchilari uch 
guruhga ajratiladi va birinchi guruh 
-ser
qo‘shimchasi bilan yasalgan 
sifat aytadi, ikkinchi guruh uning sinonimini hosil qilsa, uchinchi 
guruh shu so‘zning yana bir ma’nodoshini aytadi.


205
Namuna: 
unum – unumli – unumdor
savlat – savlatli – savlatdor
ser shovqin – shovqinli
ohang – ohangli
gul – gulli – guldor
baraka – barakali
g‘ayrat – g‘ayratli – g‘ayratchan
«
К
ichkintoyim

shirintoy»
o‘yinida o‘quvchilarga 
-gina, -kina
qo‘shimchalari yordamida ozaytirma sifatlar hosil qilish tushuntiriladi 
va berilgan so‘zlardan shunga oid sifatlar yozish topshiriladi.
Namuna: 
katta–kattagina, muzdek–muzdekkina, pastak–
pastakkina, tuzuk–tuzukkina, lo‘nda–lo‘ndagina. 
«Qo‘shimchani mos qo‘ying
» o‘yini. Bu o‘yinda sinf ikki 
guruhga ajratiladi. O‘qituvchi sifatlarni aytadi. 1-guruh uning 
ozaytirma darajasini hosil qiluvchi qo‘shimchaning bittasi qo‘llangan 
so‘zni aytsa, ikkinchi guruh shu qo‘shimchaning sinonimi yordamida 
hosil bo‘lgan so‘zni aytadi. Namuna: 
sifat 1-guruh 
aytgan 
so‘z 2-guruh 
aytgan 
so‘z 
oq oqish 
oqimtir 
sariq sarg‘ish 
sarg‘imtir 
ko‘k ko‘kish 
ko‘kimtir 
Qaysi guruh musobaqa shartini to‘liq bajarsa o‘yin g‘olibi bo‘ladi. 
«Son» so‘z turkumini o‘qitish. 
Maktabda «Son» so‘z turkumini 
o‘qitishdan ko‘zlanadigan amaliy maqsad o‘quvchilarni predmetning 
son-sanog‘ini ifodalovchi so‘zlar olamiga olib kirish, ulardan nutqda 
to‘g‘ri va o‘rinli foydalana olish, imlo savodxonligini oshirish va 
talaffuz me’yorlarini shakllantirishdir. Avvalo, shuni ta’kiddash 
joizki, o‘quvchilar son yuzasidan boshlang‘ich sinfda zaruriy 
ma’lumotlar bilan qurollantirilganligi tufayli ulardan nutqiy faoliyatda 
foydalanishda katta qiyinchiliklarga duch kelmaydilar. Shuning uchun 
izchil kursda bu so‘z turkumidan o‘quvchilar egallashi zarur bo‘lgan 


206
bilimlar silsilasi uncha ko‘p emas. Ular, asosan, oldin egallangan 
bilimlarni takrorlaydilar hamda sonning ichki ma’no guruhlari, 
qo‘shma va juft sonlar, ularning imlosi va talaffuziga oid zaruriy 
ma’lumotlarni egallaydilar. 
Takrorlash va oldingi sinflardan egallangan bilimlarga asoslangan 
holda o‘quvchilarni miqdor va tartibni bildirib, 
necha? nechanchi? 
qancha?
so‘roqlariga javob bo‘ladigan so‘zlar sonlar ekanligi, sonlar, 
sanoq, dona, chama, kasr, jamlovchi, taqsim, tartib sonlar kabi 
ma’noviy guruhlarga bo‘linishi hamda hisob so‘zlari xususida 
xulosaga keladilar. 
Sonlarning ma’no guruhlarni o‘rganish natijasida o‘quvchilar 
berilgan so‘zlarni bir turdagi predmetning umumiy ma’nolarini 
anglatgan sonlar (
to‘rt kishi, sakkiz yil, o‘n besh kun
kabi), bir xil 
predmetlarning yakkalab, donalab sanaladigan umumiy miqdorini 
anglatgan sonlar (
uchta qalam, yigirmata qoramol, o‘ttiz uchta sinf 
kabi), taxminiy miqdorni anglatadigan sonlar (
o‘tiztacha, yuzlarcha, 
minglarcha
kabi), miqdorni bir guruhga birlashtirib, taqsimlashni 
ifodalaydigan sonlar (
ikkov, to‘rtov, oltovlon
kabi), predmetlarni 
taqsimlashni ifodalaydigan sonlarga (
o‘ntadan, yuztadan, minggadan 
kabi) ajratadilar va ularni qiyoslash natijasida ma’no nozikligini bilib 
oladilar. 
Berilgan sonlarga ma’nodoshlar topish ham o‘quvchilarning so‘z 
boyligini oshirishda muhim o‘rin egallaydi. Masalan, 
beshta daftar, 
o‘nta bola, mingta ko‘y, uch
yuz ellik tup olma daraxti 
kabi birikmalar 
bilan almashtiriladi. O‘quvchilar chama son hosil qiluvchi 
-tacha
qo‘shimchasi o‘rniga 
-ta 
qo‘shimchasi yoki 
yaqin 
so‘zini qo‘llashlari 
ham mumkin. Masalan, 
yigirmatacha 
so‘zi o‘rnida 
yigirmaga yaqin, 
elliktacha 
so‘zi o‘rnida 
ellikka yaqin 
kabi. 
O‘quvchilar lug‘atini sonlar bilan boyitishda berilgan qoliplar 
asosida so‘zlar hosil qilish ham o‘ta foydalidir. Masalan, «bir+ot+lar» 
(
bir zamonlar, bir vaqtlar)
, «dona son+ta» (
o‘nta, yuzta
), «dona 
son+larcha» (
o‘nlarcha, millionlarcha
) kabi. 
Sonlarning ma’no guruhlari o‘rganilar ekan, ko‘proq so‘z ma’nosi 
ustida ishlashga alohida e’tiborni qaratish lozim. Masalan, bir 


207
so‘zning ma’nolari ustida ish olib borilar ekan

Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish