Ilmiy tadqiqot – bu,
avvalo, o‘rganilayotgan narsa va hodislar to‘g‘risida xolis va haqqoniy axborotni
to‘plash, tahlil qilish va umumlashtirishdir.
Ikkinchidan, o‘rganilayotgan narsa va
hodisalarning boshqa narsa va hodisalar, tabiiy va ijtimoiy muhit bilan aloqalari,
o‘zaro ta’siri, bu ta’sir ostida ularning o‘zgarishi, evrilishi, tadriji, ya’ni o‘zaro
axborot almashuvi, birgalikdagi tadriji (koevolyusiyasi), yangi sifatlarga o‘tishi
to‘g‘risida axborot to‘playdi, xulosalar chiqaradi, rivojlanish xususiyatlari va
qonuniyatlarini aniqlaydi. Demak, ilmiy tadqiq etishga, umuman bilish jarayoniga
axborotlashish metodologiyasidan kelib chiqib yondashish mumkin va joizdir.
Axborot yondashuvi (informatsion yondashuv) zamonaviy ilmiy metodologiyaning
istiqbolli usullaridan biriga aylanib boryotir.
Narsa va hodisalarning o‘zaro ta’sirini mexanik, fizikaviy, kimyoviy, biologik,
ijtimoiy axborot almashuv shakllariga bo‘lish mumkin. O‘simlikka vegetatsiya
davrida quyosh energiyasi, tuproq va uning tarkibidagi mineral va organik moddalar,
namlik, havo (atmosfera) mo‘tadil va o‘simlik uchun optimal ta’sir ko‘rsat-sa, u
yaxshi rivojlanadi va, aksincha, harorat haddan oshib ketsa, namlik etishmasa, u
qurib qolishi mumkin. Chunki uning tashqi muhitdan, tabiatdan olgan axboroti
undagi yashash genlari faoliyatini to‘xtatib, o‘lim, halok bo‘lish genlarini harakatga
keltiradi. Kuz kelib, havo harorati va bosimi o‘zgarishi, quyosh radiatsiyasi
kamayishi, kunlar qisqarib daraxtlarning tanasidagi shiraning shox va tanadan ildiz
tomon harakat qilib, ildizda to‘planishiga olib keladi. Daraxt tabiatdan olgan
axborotiga binoan barglarini to‘kadi, tanasidagi namlikni minimallashtiradi. Aks
holda qattiq sovuq tushsa, daraxt tanasidagi namlik (suv) muzlab, to‘qimalarini uzib,
parchalab yuboradi, daraxt halok bo‘ladi.
Informatsion yondashuv ayniqsa murakkab tabiiy va ijtimoiy hodisalarni bus-
butunlik va tizim sifatida o‘rganishda yaxshi samara beradi. Bus-butunlik va uning
qismlari, tizim va uning tuzilmalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar va ta’sirlarni
o‘rganishda, qismlarning bus-butunlik doirasida, tuzilmalarning tizim (sistema)
doirasida bir-biriga ta’siri, birgalikda harakat qilishi, ma’lum funksiyalarni bajarishi,
umumiy funksiyaning u yoki vazifalarining qismlar, tuzilmalar o‘rtasida
“taqsimlanishi”, ya’ni o‘ziga xos ular o‘rtasida “mehnat taqsimoti”ni to‘laroq va
teranroq bilib olishda informatsion yondashuv katta ahamiyat kasb etadi. Yana
axborotlashuv evolyusiyasiga qaytamiz.
Qog‘ozning kashf etilishi va kitobot san’atining vujudga kelishi barcha
bilimlarni, jumladan ilmiy bilimlarni to‘plash va avloddan-avlodga uzatish borasida
inqilob yasadi. Dastlab kitoblar qo‘lyozma shaklida edi. Kitob bosishning kashf
etilishi, matbaachilikning vujudga kelishi yana bir inqilobga sabab bo‘ldi. Uch-to‘rt
nusxada qo‘lda ko‘chiriladigan, zarurat tug‘ilsa, yana ko‘chiriladigan, shu bois juda
cheklangan miqdorda va cheklangan darajada ma’lum - mashhur bo‘lgan ilmiy
bilimlar, endi matbaachilik tufayli ulkan adadlarda chop etilish va ulardan
dunyoning istagan mintaqasiga olib borib, foydalanish imkoni paydo bo‘ldi. Ilmiy
bilimlarning to‘planishi, mujassamlanishi, o‘zlashtirilishi natijasida ilm-fanning tez
rivojlanishi uning yangi tarmoqlari va yo‘nalishlarining vujudga kelishi tufayli
ijtimoiy taraqqiyotga axborotning ta’siri yildan-yil kuchaya boshladi. XIX asr yozuv
mashikasining, XX asrda teletayp va kompyuterlarning ixtiro qilinishi, maxsus
ilmiy, ilmiy-ommabop, adabiy, ijtimoiy-falsafiy, ma’naviy-ma’rifiy jurnallar
qatorida sof ilmiy, ilmiy-referativ jurnallarning, nashrlarning paydo bo‘lishi mazkur
jarayonni yanada jadallashtirdi.
Axborot sohasida “portlash” yuz berdi. An’anaviy usullarda to‘plangan, chop
etilgan kerakli mavzulardagi mavjud ilmiy informatsiyani izlab topishning, tahlil
etishning o‘zi qiyin muammoga aylandi. Zarur ilmiy ma’lumotni topishdan qayta
kashf etish ba’zan osonroq bo‘lib qoldi. Ilm-fanda takrorlanishlar, parallelizm, hal
qilingan muammolarni, kashf qilingan ixtirolarni qayta hal etish, qayta kashf qilish
hollari qo‘paydi. Ilmiy tarqoqlik, takrorlanishlar olimlarning, ilmiy markazlarning
bir-birining tadqiqotlari natijalaridan yetarlicha xabardor emasligi tufayli (maxfiy,
texnologiyalar va sh.k.lar bilan bog‘liq alohida tadqiqotlar – boshqa gap ) yuz
bermoqda.
Masalan, ayrim mavzularga, aytaylik, Amir Temur, Yu.Sezar, Napoleon kabi
buyuk tarixiy shaxslar, yozuvchilar, olimlar hayotiga, faoliyatiga, ijodiga, alohida
olingan asarlariga bag‘ishlangan turli tillardagi tadqiqotlar, kitoblar soni keyingi ikki
asrda har biri bo‘yicha 3-5 ming va undan ortiq raqamni tashkil etadi. Yangi
tadqiqotchi ularning hammasini, birinchidan, topolmaydi, bir joyga yig‘olmaydi,
ikkinchidan, tahlil qilish u yoqda tursin, hatto to‘liq o‘qib chiqishga ulgurmaydi.
Shu sababdan barcha ilmiy bilimlarni (boshqa turdagilarni – tarixiy hujjatlarni,
badiiy adabiyotni ham) axborotlashtirish, kompakt disklarga ko‘chirish, internet
tarmog‘iga joylashtirish, elektron kutubxonalar tashkil etish, alifbo tartibida va
tematik jihatdan tizimlashtirish dolzarb muammolardan biridir. Ushbu yo‘nalishda
butun dunyoda izlanishlar va amaliy ishlar jadal olib borilmoqda.
Ilmiy bilimlarni (boshqa turdagi bilimlarni ham) axborotlashtirish ularning
faqat elektron variantlarga o‘tkazilishinigina anglatmaydi. Shuningdek, ularni
mavzularga, muammolarga bo‘lib tizimlashtirishni va zarur ilmiy axborotni izlab
topishning qulay saytlarini, portallarni, kodlarini, nusxa ko‘chirish, o‘qish,
foydalanish usullarini yaratishni ham bildiradi. Hech bir olim, tadqiqotchi o‘ziga
kerakli ilmiy axborotni aks ettiruvchi barcha tillarni bilmaydi. Bu esa ularni
jahonning keng tarqalgan asosiy tillariga o‘girish, yoki texnik vositalar yordamida
tarjima qilish zaruratini tug‘diradi. Ilmiy axborotni tarjima qilish, fan sohalari
bo‘yicha referativ jurnallar (yangi tadqiqot natijalarini kengaytirilgan annotatsiyasi,
bayoni) chop etish va elektron variantda ham aks ettirish axborotlashtirishning yana
bir shaklidir. Axborotlashtirish elektron tarjimalar, ikki va ko‘pjildli lug‘atlar
yaratish bilan muvoziy olib borilmoqda. Bundan tashqari, axborotlashtirish elektron
kitoblarni, maqolalar va ma’lumotlarni vizual olish qatorida “ovozli” olish, ya’ni
eshitishga mo‘ljallanishi kerak. Chunki displeydagi, ekrandagi yozuvni o‘qish kishi
ko‘zini tez toliqtiradi.
Fanni axborotlashtirish ilmiy bilimlarni axborotlashtirishga nisbatan kengroq
tushuncha. U yuqorida aytilganlardan tashqari, fanning o‘zini, tadqiqot vositalarini,
ilmiy qurilmalar, laborotoriyalar, markazlarni axborot texnologiyalariga asoslangan
kompyuter dasturlari (umuman raqamli, dasturiy axborot) bilan ta’minlashni
nazarda
tutadi.
sentrofugalardagi,
sinxrofazotronlardagi,
kollayderlardagi,
elementar zarrachalarni tezlashtiruvchi boshqa qurilmalardagi jarayonlarni ko‘z
bilan ko‘rib kuzatish, hisoblab borish, tadqiq qilish jismonan imkonsiz va havfli.
Buning uchun elektron hisoblash uskunalari, jarayonlarni kuzatib, qayd qilib
boradigan, eslab qoladigan, xavfsiz ekranlarga onlayn rejimida va aks ettiradigan
keyineslab qoladigan, keyin ularni sekinlashtirib ekranlarda ko‘rsata oladigan
“aqlli” mashinalar – kompyuterlar kerak. Zamonaviy fizikaviy, kimyoviy,
biotexnologik eksperimentlarni, aniq hisob-kitoblarga, matematik modellashtirishga
asoslangan nazariy tadqiqotlarni axborot texnologiyalari va kompyuter dasturisiz
bugun amalga oshirish mumkin emas.
Axborotlashtirish
hattoki
yangi
texnika
jihozlari,
asbob-uskunalar,
mashinalardan tortib to maishiy ro‘zg‘or buyumlarining konstruksiyalarini
yasashgacha, ularni sinovdan o‘tkazishgacha kirib keldi. Tegishli dasturlar bilan
ta’minlangan 3D printerlari bunday buyumlar namunalarini yasab bermoqda.
Biotexnologiyalarni, g‘arovli hujayralardan tananing kerakli organini o‘stirib,
ishdan chiqqanlarini yangilashni, genetik modifikatsiyalashgan oranizmlarni va
sh.k. kashfiyotlarni fanning tegishli sohalarini axborotlashtirmasdan, unga axborot
texnologiyalarini joriy qilmasdan, umuman rivojlantirib bo‘lmaydi.
Axborotlashtirish bilish jarayonini osonlashtirish qatorida o‘rganilayotgan
narsa va hodisalar haqidagi bilimlarni kengaytiradi va teranlashtiradi. Dastlab inson
o‘rganilayotgan ob’ektning shakli, tuzilishi o‘lchovlari va boshqa miqdoriy
ko‘rsatkichlarni aniqlaydi. Ularni narsa va hodisalarning voqe bo‘lishi, tashqi
axborot deyish mumkin. Keyin uning xossalari, turli sharoitda bu xossaning
o‘zgarishi, rivojlanishi kabi ichki sifat ko‘rsatkichlarini aniqlaydi, ichki axborotlarni
umumlashtiradi. Bilish jarayonida tashqi muhit va unga moslashish tufayli narsa va
hodisalarda hosil bo‘layotgan yangi axborot, yoki ilgari “o‘qitilmagan”,
aniqlanmagan axborot to‘planib boraveradi. Natijada bilimlarning kengayishi va
chuqurlashuvi yuz beradi. Bu jarayon davom etaveradi, to‘xtab qolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |