nazardan yondashganlar. Hatto Engels “Maymunning odamga aylanishida
mehnatning roli”degan maqola yozgan. Marks va Engels insonda har qanday
ilohiylikni mutlaqo inkor etganlar. Insoniy xislatlar, ong, tafakkur va h.k.
hammasini ijtimoiy hodisa, jamiyat mahsuli deb deb hisoblaganlar.
Insonning
o‘zi ham jamiyat mahsulidir. Inson tabiatini yaxshilash uchun adolatli, hamma
a’zolari teng huquqli jamiyat qurish, mavjud adolatsiz kapitalistik jamiyatni
revolyusion yo‘l bilan yaxshilash kerak, deb hisoblaganlar.
Aslida Marks va Engelsgacha ham yevropalik mutafakkirlar orasida inson
kelajagiga, jamiyat hayoti adolatli va farovonli bo‘lishiga umid va ishonch katta
edi. Odamlarga to‘g‘ri yo‘l, yuksak ideallar, haqqoniy ijtimoiy mo‘ljallar
ko‘rsatilsa bas, ular jamiyatni oqilona qayta quradilar qabilidagi qarashlar keng
tarqalgan. Yuksak ideallarni esa odamlarga siyosiy – publitsistik, ilmiy va badiiy
asarlarda tasvirlab berish, odamlar ongiga singdirish zarur.
Shunda jamiyat va
inson birdek takomillashadi. Bu davrlarda Yevropada inson aqliga, ratsionalizm
tamoyiliga ishonch juda yuqori edi. Insoniyat o‘z kamchiliklaridan, jamiyat
illatlaridan aql-zakovati, odilona va oqilona olib boriladigan siyosat tufayli xalos
bo‘la oladi, hammaga teng imkoniyat yaratib, qonun ustivorligi, to‘qlik va
farovonlik ta’minlagan jamiyat qura oladi, degan g‘oya ma’rifatparvarlar qalbida
hukmron edi.
Nafaqat sotsialist-utopistlar, shuningdek kapitalizmning ilk
nazariyachilariga ham bunday qarashlar xos edi. Ular bunday adolatli, barchaga
teng imkoniyat yaratadigan jamiyat – bu shakllanayotgan kapitalistik jamiyat deb
tushunardilar. Hayot esa boshqacharoq yo‘nalishda rivojlandi. XVIII – XIX asr
mutaffakirlari umidi oqlanmadi. Buyuk fransuz inqilobi shiori “Ozodlik. Tenglik.
Birodarlik” xitobligicha qolib ketdi. Aksincha, mulkiy-ijtimoiy tabaqalashuv va
ekspluatatsiya kuchaydi. Aholining katta qismi – dehqonlar yeridan,
hunarmandlar ustaxonasidan ajralib, qashshoqlasha boshladi.
Mulkidan
begonalashgan qashshoq proletariy jamiyatdan va o‘z insoniy tabiatidan
begonalashish xavfida qoldi.
Yana inson mohiyati masalasiga qaytamiz. Aql va ijtimoiylik insonni
hayvonot olamidan farqlovchi eng muhim belgilardir, ammo insonning to‘liq
mohiyati emas. Keyinchalik mutafakkirlar insonning yana bir muhim belgisi
to‘g‘risida so‘z yuritdilar:
inson yaratuvchi hayvon, u ishlab chiqaradi. Bu
g‘oyani K. Marks rivojlantirdi. Inson ishlab chiqaruvchi, mehnat qiluvchi,
tabiatni va o‘z-o‘zini o‘zgartiruvchi, qayta yaratuvchi mavjudot. U o‘z oldiga
avvaldan maqsad qo‘ya oladi, ishlab chiqaradigan narsasini u instinktlar
yordamida emas, avval miyasida paydo bo‘lgan reja orqali ro‘yobga chiqaradi.
Ayni paytda odam bolasi inson bo‘lib shakllanishi
va ishlab chiqarish bilan
shug‘ullanishi uchun jamiyatda yashashi zarur. Insonning o‘zi, ongi, tafakkuri
(aql), ishlab chiqarish – hammasi jamiyat mahsulidir.
K. Marksning «Feyerbax to‘g‘risida tezislar»ida: «Insonning mohiyati
ayrim individga xos bo‘lgan abstrakt emasdir. Haqiqat holida u barcha ijtimoiy
munosabatlarning majmuidir
5
», — degan xulosasini va ijtimoiy munosabatlar
deganida
u iqtisodiy, axloqiy, huquqiy, diniy, estetik va turmush uchun zarur
barcha aloqalarni, munosabatlarni nazarda tutganligini hisobga olsak, Marks o‘z
davri uchun materialistik nuqtai nazardan insonga ijtimoiy mavjudot sifatida
nisbatan to‘liq ta’rif berganini ko‘ramiz.
Lekin hayot Marks tamoyillari materialistik cheklanganini, inson
mohiyatini oxirigacha qamrab olmaganini ko‘rsatdi. Avvalo inson to‘g‘risida K.
Marks konsepsiyasida insonning
individual jihatlariga, ekzistensial holatiga
yetarli e’tibor qaratilmagan. Ustunlik jamoaviy, ijtimoiy jihatlarga berilgan.
Keyin insonning asosan ongi hisobga olingan. Ong ostiga oid hodisalarga inson
tabiatiga yot, undagi biologik instinktlar deb qaralgan. Dastlab 3.Freyd va uning
izdoshlari inson tabiatiga irratsional, ong ostiga oid hodisalar chuqur ta’sir
ko‘rsatishini (hayot va o‘lim instinktlari – 3.Freyd; jamoaviy ongsizlik –
arxetiplar K.Yung) isbotladilar. Freyd qarashlari va xulosalari ancha keskinligi,
biryoqlamaligi bilan ajralib turadi. U ko‘pincha insonning biologik tabiatiga,
shahvoniy mayllariga ustunlik beradi. Freyd aslida psixiatr-vrach bo‘lgan. O‘z
mijozlarining asabiy kasalliklarini o‘rganish va davolash
jarayonida aksariyat
5
Do'stlaringiz bilan baham: