Xulosa qilib aytish mumkinki, shaharsozlik va arxitekturaviy an ’a-
nalami hisobga olib, nodir arxitekturaviy yodgorliklami ta ’mir qilish
muammosi — murakkab va g'oyat dolzarb vazifa.
Mustaqillikka erishgach, respublikamizda
madaniy meros yodgor-
liklarini muhofaza qilish, ta ’mirlasli va ulardan foydalanish masala-
lariga hamda ulaming iqtisodiy jihatdan daromadli sohalardan biri sifatida
vatan va xalqaro sayyohlikni rivojlantirishdagi roliga jiddiy e ’tibor
ko‘rsatilmoqda. Qator muhim hukumat hujjatlari qabul qilindi.
Qisqa vaqt ichida butun respublikamiz bo‘ylab katta bunyodkorlik
ishlari amalga oshirildi. Ayniqsa, 0 ‘zbekistonning ko‘plab tarixiy
shaharlari yubiley tantanalari o'tkazilishi munosabati bilan yuzlab
arxitekturaviy yodgorliklar yangidan hayotga qaytarildi.
Biroq shuni ham aytib o'tisli joizki, ta ’mirdan
chiqqan va qayta
qurilgan yodgorliklarda quyidagi hollar ko'zga tashlanadi:
— ta’m ir va qayta tiklash loyihalarining sinchiklab ishlab chiqilgan
asosi yo‘q;
— xususan, muhandislik va kommunikasion tarmoqlar o'tkazish
chog‘ida qurish-sozlov ishlari sifati past;
— t a ’m irda sement, bcton, tem ir-beton va boshqa zamonaviy
ashyolar o ‘rnida ishlalilmagan;
— yodgorliklardan yangi vazifalarda foydalanish sifati past va bosh
qalar.
Arxitektura majmualari memorial yodgorliklar arxitekturasi.
Alisher
Navoiy,
Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bahovuddin Naqshband,
Im om al-Buxoriy, Ahmad al-Farg‘oniy, at-Termiziy, al-Moturudiy,
al-M aig‘inoniy va boshqa ko‘plab buyuk ajdodlarinimizning ijodi buyuk
merosi mustaqilligimiz tufayli xalqimizga qaytarildi. 0 ‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov g‘oyasi
va tashabbuslari bilan
bajarilgan loyihalar bo'yicha yodgorliklar, bog‘lar, xiyobonlar va
arxitekturaviy majmualar bunyod etilmoqda.
AHsher Navoiyning haykali o ‘matilgan (1941—1994-yy.) Milliy bog‘
bunyod etilishi bilan Toshkent shahrining markaziy maydonlaridan
biri qayta tiklanib, har yili «Navro‘z» va «Mustaqillik»
bayramlari
nishonlanadi.
Majmua Toshkent shahar markazida jam oat dam olish zonasining
asosiy belgilarini o ‘zida namoyon etadi va «Istiqlol» san’at saroyi,
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis parlam ent binosi, «Navro‘z»
majmui, Said Abdulqosim mad rasa arxitekturaviy yodgorligi kabi yirik
jam oat inshootlarini o ‘z ichiga olgan.
139
Yubiley munosabati bilan bunyod etilgan Alisher Navoiy yodgorlik
majmui bog‘ning asosiy qismi hisoblanadi.
Keng xiyobon va zinalardan an ’anaviy qubbali nafis shiypon qad
ko‘tarib turgan tepalik ustiga chiqiladi. T o‘rt
juft adl ustun taram-
taram feruza gumbazni ko‘tarib turibdi. Qubbaning tayanch halqasi
muqarnas uslubida muzayyan etilgan. Qubbaning ichki sirtiga yupqa
ganch o'ymakorligi naqshlari qoplangan va gir aylantirib, shoiming
tinchlik ham da ezgulik haqidagi baytlari bitilgan.
Toshkent, Samarqand va Sohibqironning vatani Shahrisabzda Amir
Temurning 660 yilligi munosabati bilan yodgorliklar o'rnatildi. Boboka-
lonimiz davrida davlatchilik va san’atning barcha turlari — eng aw alo
arxitektura misli yo‘q darajada rivojlandi.
Toshkentga 1995-yilda o'rnatilgan
buyuk ajdodimiz Amir Temur
haykali (haykaltarosh I. Jabborov, arxitektorlar F. Ashrafiy, B.
Usmonov) otliq suvoriy ko'rinishda ishlangan — bu atrof-muhitga
nisbatan ko‘lamli san’at asaridir. Yodgorlik muhtasham bo‘hb, buyuk
davlat arbobining qiyofasi kompozision yechimining ulug‘vorligi va
qat’iyligi bilan ajralib turadi. Shohsupada Amir Temurning «Kuch —
adolatdadir» degan so‘zlari yozib qo‘yilgan.
Samarqandda Amir Temur haykali va maydoni 1996-1997-yillarda
shaharning markaziy qismida bunyod etjlgan (haykaltarosh I. Jabborov,
Do'stlaringiz bilan baham: