24.3. Muhandislik-geologik qidiruv ishlarining turlari va usullari.
Muhandislik - geologik qidiruv ishlari:
1. Tayyorgarlik;
2. Dala;
3. Laboratoriya;
4. Kameral bosqichlarga bo’linadi.
Tayyorgarlik ishlari TIL bosqichi davrida bajariladi. Ular vazifasiga
qurilish loyihalanayotgan rayonning tabiiy sharoiti to’g’risida material yig’ish, bu
ma’lumotlar asosida TIL bosqichi uchun axborotli hisobot tuzish va loyihalashni
keyingi bosqichini asoslash uchun muhandislik - geologik qidiruv ishlarini
dasturini tuzishdan iborat. Rayonning tabiiy sharoiti to’g’risidagi ma’lumotning
birinchi manbalari, chop etilgan maqola va monografiyalar, turli ishlab chiqarish
tashkilotlari va ilmiy - tekshirish institutlarining arxivlaridagi va fondlaridagi
hisobotlari hisoblanadi. Bu materiallarni o’rganish chog’ida tanlangan maydon-
ning muhandislik - geologik xususiyatini xarakterlovchi materiallar to’planadi
(yozuv ishlar, xarita, grafiklar, qirqimlar).
Ushbu rayonda qurilgan va ekspluatatsiya qilinayotgan inshootlarni
to’g’risidagi ma’lumotlar ham muhim ahamiyatga ega bo’lishi mumkin.
To’plangan materiallar asosida
TIL
uchun hisobot tuziladi va muhandislik -
geologik qidiruv ishlari dasturi ishlab chiqiladi.
24.4. Dala ishlari.
Dala ishlari
deb rayonda yoki loyiha qilinayotgan qurilish maydonida
bevosita olib borilayotgan hamma ish turlari kiradi. Ular kompleks muhandislik -
geologik s’yomka qidiruv (razvedka), geofizikaviy va statsionar ishlardan
iborat. Kompleks muhandislik - geologik s’yomka (tasvirlash), geologik tuzilishni,
fizikaviy - geografik va gidrogeologik sharoitlarni, geodinamik jarayonlarni va
187
jinslarning fizikaviy - mexanikaviy xususiyatlarini kompleks tadqiqot qilishni
qamrab oladi.
Dala materiallarini, laboratoriya tekshirishlar natijalarini umumlashtirish
kameral davri jarayonida o’tkaziladi va muhandislik- geologik hisobot xaritalari,
geologik qirqimlar tuziladi. Muhandislik-geologik s’yomkaga shu joyning
geologik xaritasi asos qilib olinadi. Muhandislik - geologik s’yomkaning
masshtabi maydonning katta-kichikligiga, inshootning konstruktsiyasi va
joylarning muhandislik - geologik sharoitiga bog’liq. Shu sababli s’yomkaning
masshtabi, asosan 3 xil bo’ladi:
1. Mayda masshtabli s’yomka (1:500000-1:1000000);
2.O’rta masshtabli s’yomka (1:200000-1:50000);
3. Yirik masshtabli s’yomka ( 1:50000-1:5000).
Muhandislik-geologik s’yomka ishlarining natijalari muhandislik- geologik
xaritalarda o’z ifodasini topadi. Muhandislik - geologik tadqiqotlar oxirida
muhandislik - geologik xaritalari tuziladi. Qurilish rayonlarining muhandislik -
geologik sharoiti quyidagilarga bog’liq bo’ladi: geologik tuzilish, geomorfologik
tuzilish, gidrogeologik sharoit va fizikaviy - geologik jarayonlar, qurilish material-
lari, seysmik sharoit.
Muhandislik – geologik xaritalar o’z joyiga qarab, quyidagi turlarga
bo’linadi:
Umumiy masshtabdagi (1:500000 va undan mayda);
Obzorniy (sharhli) masshtabdagi (1:500000 - 1:200000);
Sxematik masshtabdagi (1:10000 - 1:25000);
Mukammal masshtabdagi (1:2000 - 1:5000) muhandislik - geologik
xaritalar. Bu masshtabdagi muhandislik - geologik xaritalardan loyihalash
ishlarida, har xil maqsadlarda foydalaniladi.
188
Do'stlaringiz bilan baham: |