Ijtimoiy
pedagogika
nuqtai
nazaridan
insonparvarlashuv
tamoyili
pedagogning o‘z tarbiyalanuvchisiga,
uning rivojlanish jarayonida, mas’uliyatli va
mustaqil sub’ektga nisbatan munosabatda bo‘lishini ko‘zda tutadi. Tarbiyaning
insonparvarlashuv tamoyilini amalga oshirish bolalar. O‘smirlar, yoshlarning
shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bu tamoyilning amalga oshirilishi natijasida:
- tarbiya ijtimoiylashuv obekti bo‘lmish inson qay darajada g‘ayri ijtimoiy
qadriyatlarni emas, balki ijobiy me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirishini aniqlaydi:
- tarbiya inson o‘zini ijtimoiylashuv
subekti sifatida his qilishi, o‘z
subektinligining namoyon qilishi va taraqqiy tishi uchun sharoit yaratadi;
- tarbiya inson uchun jamiyatga moslashuv darajasini ishlab chiqishga
imkoniyat yaratadi;
- tarbiya insonni turli yosh bosqichlarida turli xavflar bilan to‘qnash kelishiga
yo‘l qo‘ymasligi yoki insonning ijtimoiylashuv qurboniga aylanishi ehtimolini
kamaytirishi mumkin.
Tarbiyaning insonparvarlashuv tamoyilini amalga oshirish tarbiyalanuvchida
refleksiya va o‘z-o‘zini tartibga
solishni rivojlantirishga, uning tashqi olam bilan
munosabatlarini shakllanishiga, g‘urur hissining oshishiga,
jamiyatda demokratik
gumanistik munosabatlar tashuvchisi insonning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Yanada kengroq ma’noda, insonparvarlashuv tamoyilining amalga oshishi
insonlar orasidagi aloqalarning yaxshilanishiga hamda ijtimoiy taraqqiyot uchun
kurashda insonlarning birlashishiga yordam beradi.
Tarbiyaning tabiat bilan uyg‘unligi tamoyili. Tarbiyaning tabiat bilan
uygunligi haqidagi g‘oya antik davrlarda paydo bo‘lgan
va bizgacha Demokrit,
Aflotun, Arastu asarlari orqali yetib kelgan.
Tarbiyaning tabiat bilan uygunligi haqidagi tamoyilni XVII asrda Yan Amos
Komenskiy ta’riflagan va u XVII — XIX asrlarda pedagogikada keng rivojlangan.
XX asrda tabiat va inson haqidagi fanlarning rivojlanishi tarbiyaning tabiat
bilan uyg‘unligi tamoyilini ancha boyitdi. Bunda rus olimi V. I. Vernadskiy tomonidan
noosfera haqidagi ta’limotning yaratilishi ham muhim rol o‘ynadi.
Noosfera – rivojlanishning shunday bosqichini aks etadigan tushunchaki, u
bosqichda insonning ongli faoliyati Global muammolarning paydo bo‘lishi va hal
etilishiga ta’sir qili.
Tarbiyaning tabiat bilan uyg‘unligi tamoyili tabiiy
vі ijtimoiy jarayonlarning
o‘zaro aloqasini ilmiy tushunishni, inson va tabiat taraqqiyoti rivojlanishning umumiy
qonunlariga mos kelishini, insonning yoshi va jinsini hisobga olgan holda
tarbiyalashni, shuningdek, uni o‘z rivojlanishiga o‘zini javobgar
etib tarbiyalashni va
noosferaning kelajakdagi Taraqqiyotini shakllantirish uchun mas’ul ekanligini nazarda
tutadi. Yuqoridagilarga asoslangan holda, tarbiyaning tabiat bilan uyg‘unligi
tamoyiliga ko‘ra, inson:
– o‘zini borliqning bir bo‘lagi, deb his qilishini;
- ro‘y berayotgan planetar jarayonlarni va undagi mavjud Global
muammolarni tushunishini;
-o‘zida Noosfera uchun mas’uliyatni his qilishini;
— o‘zini Noosferani yaratgan sub’ekt sifatida bilishi hamda Tabiat,
Planeta
va biosferaga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirilishi kerakligini ko‘zda tutadi,
Do'stlaringiz bilan baham: