mustaqil bilish faoliyati kompetentliligi
(kognitiv tar-
moq).Unda mutaxassisning turli yo‘llar bilan, jumladan, ta’lim
muassasalaridan tashqari manbalardan bilim olish malakasini
egallashi;
–
ijtimoiy-fuqarolik kompetentliligi
(ijtimoiy tarmoq). Shaxs-
ning fuqarolik, saylovchilik, iste’molchilik va boshqa bir qator
vazifalarni bajarishga qaratilgan faoliyati;
–
ijtimoiy-mehnat kompetentliligi
(mehnat tarmog‘i). Odam-
ning o‘z kasbiga doir mehnat bozori ma’lumotlaridan xabardor
bo‘lishi, undagi vaziyatni tahlil qila olishi, o‘zining professio nal
imkoniyatlarini to‘g‘ri baholay bilishi, o‘zaro munosabatlardagi
axloqiy qoidalarni hisobga olishi va amal qilishi;
–
maishiy kompetentlilik
(oila tarmog‘i). Shaxsning o‘zi va
oila a’zolarining salomatligi, oiladagi turmush tarzi, burchlari va
vazifalari hamda boshqa oilaviy masalalarni bilishi;
–
madaniy va dam olish kompetentliligi
(madaniy tarmoq).
Odamning bo‘sh vaqtdan to‘g‘ri foydalanish, o‘z shaxsini madaniy-
ma’naviy jihatdan rivojlantirishga doir faoliyati nazarda tutiladi.
Bugungi o‘qitish tizimi o‘z ishini har bir o‘quvc
hining maktab
davridayoq yuqorida sanab o‘tilgan kompetentlilik xususiyatlariga
36
37
ega bo‘lishini ko‘zda tutgan holda faoliyat ko‘rsatishini tashkil eti-
shi maqsadga muvofiqdir.
Shaxs tomonidan kompetentlilikning muayyan darajasiga eri-
shish davomida shakllanadigan bilim va amaliy tajribalar orasida
mustaqil va tanqidiy tafakkurga egalik, mustaqil ishlay bilish, o‘z
faoliyatini uyushtira olish, o‘z-o‘zini nazorat qila bilish, odamlar
bilan ishlay olish, erishiladigan natijalarni oldindan ko‘ra bilish, qa-
bul qilgan qarorining oqibatlarini chamalay olish, narsa-hodisalar
o‘rtasidagi sabab-oqibat munosabatlarini ilg‘ay bilish, muammoni
topish, uning yechimini shakllantirish va hal etish singari jihatlar
alohida ahamiyat kasb etadi.
Bevosita adabiyot o‘qituvchisining kompetentliligi dasturda
o‘rganish uchun taqdim etilgan badiiy asarlardagi o‘quvchilar
ruhiyatining sog‘lomlashuviga ijobiy ta’sir ko‘rsata oladigan, ular-
ni ma’naviy kamolot sari yetaklaydigan, tuyg‘ularini noziklashti-
radigan jihatlarni ilg‘ay bilishi, ulardan dars jarayonida har bir
o‘quvchiga mos ravishda foydalana olishini nazarda tutadi.
O‘qituvchi kasbiy kompetentliligini Abdunabi Boyqo‘ziyev
qalamiga mansub «Neki yozdim» she’ri tahlili misolida quyidagi-
cha ko‘rish mumkin
20
:
Neki yozdim,
Ko‘nglimni yozdim,
Ko‘ngillarni ko‘nglimga yozdim.
Kel, ko‘nglingni o‘qi ko‘nglimdan,
Neki bo‘lsa ko‘ngildan yozdim.
Muhlisining ko‘nglini o‘qiy bilgan va undagi hislarni tuy-
gan shoir ko‘nglidan to‘kilgan bu satrlar zamiridan har qanday
she’rxon, jumladan, o‘qituvchi va o‘quvchi ham o‘zining ruhi
-
yatiga xush yoqadigan nimalarnidir ilg‘aydi. She’rxonda shoir bi-
lan o‘zi orasidagi o‘xshashlikdan yoqimli kayfiyat paydo bo‘ladi.
Chunki satrlarda ifodalangan rostlar ko‘ngildan chiqqani uchun
bevosita ko‘ngilga yetib boradi.
Kompetentli adabiyot o‘qituvchisi she’r mutolaasi asnosida
ko‘nglidan kechgan hislarni so‘z yoki savol-topshiriqqa aylan
-
tira biladi, shu ji
hatlarga o‘quvchilar e’tiborini qaratib, ularni
ko‘ngillaridan kechgan hislarga nom topishga yo‘naltira oladi.
20
Abdunabi Boyqo‘ziyev. Cho‘li irog‘im. – Toshkent: «O‘zbekiston», 2014. 48-
bet.
37
Masalan: «1. Shoirning «
Neki yozdim, Ko‘nglimni yozdim»
dega-
nini siz qanday tushundingiz? 2. Sizningcha, «
Ko‘ngilni yozish
»
nima degani?
3. «Ko‘ngillarni ko‘ngilga yozish»
ni qanday tu-
shundingiz? 4. O‘quvchi shoirning ko‘nglidan, o‘z ko‘nglini o‘qiy
oldimi? 5. Bu nimalarda ko‘rinadi? 6. Bu olti misrali she’rda asosiy
obraz qaysi? 7. Nega shoir olti qatorli she’rda «ko‘ngil» so‘zini
olti marta qo‘llagan?» va hk. Ko‘rinadiki, shaklan kichkinagina
bo‘lgan bu she’rning mohiyatiga kirish o‘qituvchi va o‘quvchidan
bir qadar ham aqlan, ham ruhan zo‘riqishni taqozo etadi. Badiiy
matnlar ustida shunday ishlash qobiliyatiga ega bo‘lgan o‘qituvchi
o‘quvchilarining ma’naviy kamoloti yo‘lida to‘g‘ri ish olib borayot-
gan bo‘ladi.
Shu shoirning «Hech yo‘q» deb atalgan yana bir she’rini olib
ko‘raylik:
Qandayin tushingga kirdim, bilmadim,
Nahot baxt gulining bo‘lsa armoni.
Demak, tushlaringga bejiz kirmadim,
Demak, senga hanuz zorman, armonim.
Sog‘inch so‘qmoqlari… Tikonlar undi,
Bo‘zsuv bo‘ylarida bo‘zlashlar – xayol.
Umrning bu yog‘i bir ohli undir,
Endi unsiz-unsiz izlashlar – xayol.
Qani, u damlarga qaytolsak, qani,
Xato qildim, xato qildim, diloyim.
Bag‘ringni bir umr band etdi g‘anim,
Hech yo‘q tushlaringga kirib turoyin…
Hech yo‘q tushlaringda… ko‘rib turoyin.
She’rni ifodali o‘qib berganidan keyin o‘qituvchi o‘quv-
chilarning e’tiborini tortishni istagan o‘rinlarini savol yoki top
-
shiriqqa aylantirib, ularga murojaat qiladi: «1. Ma’shuqa ko‘rgan
tushning ta’biri, sizningcha qanday?» Birinchi bandning keyingi
ikki misrasida ilgari surilgan holat, odatda, boshqacharoq talqin
qilinadi. Ya’ni, ma’shuqa oshiqni tush ko‘ryaptimi, demak u haq-
da o‘ylagan yoki shuurining bir chekkasida u bilan bog‘liq nima
-
largadir e’tibor qaratgan. Aslida, tushning ilmiy ta’rifi ham shu.
«2. Unda nega she’r qahramonida buning aksi ko‘rinadi: «
De-
38
39
mak, senga hanuz zorman, armonim» –
bu satrlar kimga tegishli:
oshiqqami yoki ma’shuqagami?» Oshiq o‘zining ma’shuqa tushiga
kirishini o‘zgacha talqin qilyapti. Uning bu tushga bergan ta’biri
hamma boshqa oshiqlar ko‘nglidan o‘tishi mumkin bo‘lgan holat-
ning aksi. Ya’ni, armonga aylanib bo‘lgan ma’shuqaning tushiga
kirish, og‘riqlari unutilmagan qadim muhabbatga intilish faqat
oshiqning o‘zigagina daxldor. Bu holatga ma’shuqaning hech
qanday aloqasi yo‘q. She’rda ma’shuqa tuyg‘ulari haqida biror-
ta ham so‘z ishlatilmagan. «3. Mazkur she’r qahramoni bo‘lgan
oshiqning boshqa oshiqlardan farqli jihatlari haqida o‘ylab ko‘ring.
Buni, sizningcha, nimalarda ko‘rish mumkin?» Ma’lumki, oshiqlar
ma’shuqasini tushida ko‘rishni orzu qiladi va bu tabiiy hol. She’r
qahramoni esa boshqa oshiqlarga o‘xshamagani holda hech qan
-
day armoni yo‘q. Chunki u «
baxt guli
» – ma’shuqasi bilan uning
tushlarida ko‘rishib turadi. Ma’shuqasi o‘z hayotiy tashvishlari bi-
lan ovora. U oshiqning tuyg‘ularidan bexabar. Shuning uchun ham
oshiq uni «
baxt guli
», «
baxt timsoli
» deb biladi. «4. She’rning ikkin-
chi bandidagi: «
Sog‘inch so‘qmoqlari… Tikonlar undi
»ni qanday
sharhlash mumkin, sizningcha?». «5
. Umrning bu yog‘i bir ohli
undir, endi unsiz-unsiz izlashlar – xayol»
dan nimalarni angladin-
giz? Sizningcha, bu iztiroblar kimga tegishli?»
.
«6.Uchinchi band
-
ning so‘nggi satri: «
Hech yo‘q tushlaringga … kirib turoyin
» bilan
alohida satrga yozilgan oxirgi misra: «
Hech yo‘q tushlaringda …
ko‘rib turoyin
»ga e’tiboringizni qarating. Har ikki satrning mohi-
yatiga kiring. O‘xshash va farqli tomonlarini aniqlang».
Bu satrlar o‘quvchining ko‘ngliga mayin hislar solib, ruhi
-
yatida inja tuyg‘ular uyg‘otadi. She’rxon ko‘nglida oshiqqa nis-
batan hamdardlik paydo bo‘ladi. Agar muallif «tushlarimda ko‘rib
turayin» deganda bunday natijaga erisholmagan bo‘lardi. She’r shu
ikki satrda amalga oshirilgan fonetik o‘zgarishlar sabab she’rxonni
o‘ziga bog‘lab oladi.
Qarashlarni yakunlab shuni aytish mumkinki, o‘quvchilarini
shu tariqa ishlashga, badiiy so‘zning mohiyati ga kirishga, so‘zni
his qilib, undan ta’sirlanishga va tuyganlarini so‘z bilan ifodalab
berishga o‘rgata olgan o‘qituvchining o‘zi ham, u tarbiyalayotgan
o‘quvchilari ham kompetentli shaxslar sanaladi.
39
Do'stlaringiz bilan baham: |