Savol va topshiriqlar:
1. Butun adabiy ta’lim va mazkur o‘quv qo‘llanma mazmunan
asoslangan: «
O‘quvchi ma’naviy kamolotining asosi bo‘lgan tafak-
kur va faoliyatdagi mustaqillik
» degan tushunchaning mohiyatiga
kiring. Shu vaqtgacha o‘rganganlaringizga asoslanib bu g‘oyani
tahlilga torting. Qarashlaringizni asoslang.
2. Matnda shunday fikr bor: «
Uy vazifalari bajarilishidagi eng
muhim shart unda dars va darslikdagi haqiqatlarning takrorlan-
maslik kerakligidir
». Siz buni qanday tushunasiz? Butun maktab
hayotingizda ham, o‘rta maxsus ta’limi davrida ham, hatto oliy
ta’limdagi faoliyatingizda ham uy vazifalarini bajarishingiz shun-
day qarashga asoslanganmi, yo‘qmi? Fikringizni dalillang. Qola
-
versa, nima deb o‘ylaysiz, bunday uy vazifalarini qanday tashkil
etish mumkin? Shu haqda ham o‘ylab ko‘ring.
3. Mavzu mazmunidan uy vazifasining zimmasiga ortiladigan
mas’uliyat bilan bog‘liq fikrlarni alohida ko‘chirib yozing. Ular-
ning mohiyatiga kiring, tahlilga torting, munosabat bildiring.
4. O‘quvchilarning uy vazifalarini qanday tashkil etish bora
-
sidagi jamiki fikrlarni alohida ko‘chirib yozing. Ularni o‘rganing
va tahlilga torting. Munosabatingizni o‘rtoqlashing.
5. Uy vazifasini so‘rash bilan bog‘liq quyidagi fikrga diqqat
qiling: «
Har safar, uy vazifasini so‘rashda o‘quvchilarning oldiga
taqqoslash va umumlashtirishga undash uchun qo‘yilgan savollar
ularning aqlini zo‘riqtiradi
». Sizningcha, o‘quvchini «
taqqoslash va
291
umumlashtirishga undash»
ga yo‘naltiradigan savol va topshiriqlar
qanday bo‘ladi? Qarashlaringizni biror badiiy asar misolida dalil
-
lang.
6. Uy vazifasini so‘rash bilan bog‘liq jamiki fikrlarni ajrating.
Ularni izohlang. Munosabat bildiring.
7. «
O‘qituvchi qanchalik bilimdon, saviyasi ne qadar baland
bo‘lsa, tarbiyalagan o‘quvchilarini ham o‘zining darajasida yuqo-
rilatib boraveradi
» tarzidagi hukm-xulosaga diqqat qiling. Mam-
lakatning, millatning ertasi sizning shaxsingiz, mahoratingiz bilan
ne qadar bog‘liq ekani haqida o‘ylab ko‘ring. Qanoatlaringizni
ovoz chiqarib e’tirof qiling, agar bunga jur’atingiz yetmasa, ada-
biyot daf
taringizga yozib qo‘ying. Amaliy faoliyatingizda kerak
bo‘ladi.
8. O‘quvchilarga uy vazifalari berish borasida o‘qituvchilarga
xos bo‘lgan umumiy illatlarni ajrating. Ularni bartaraf qilish
yo‘llarini tavsiya eting. Mazkur fojea-muammoni birgalikda muho-
kamaga torting.
9. O‘quvchida siz o‘qituvchi sifatida shakllantirishingiz lozim
bo‘lgan «shaxslik sifatlar» haqida o‘ylab ko‘ring. Ularni, nomma-
nom sanang va qayd eting. Sanalgan fazilatlarning o‘z «men»ingizda
qanchalik mavjudligi haqida o‘qituvchilik mas’uliyati bilan fikr
yuriting.
10. O‘quvchilarga uyda o‘qish uchun beriladigan vazifalarning
alohida xususiyatlarini ajrating va muhokamaga torting. Muhim va
nomuhimlarini belgilang. Munosabat bildiring.
11. Adabiy ta’limning boshlang‘ich bosqichida o‘qilgan asar
-
lar yuzasidan berilaigan uy vazifalarining qaysi biridan yuqori sinf-
larda ham foydalanish mumkin deb o‘ylaysiz? Fikringizni nimlar
bilan asoslaysiz?
12. Suratlar bilan ishlash borasidagi uy vazifalariga qo‘yiladigan
talablarga diqqat qiling. O‘quvchilarga bunday topshiriqlar be
-
rish uchun o‘zingiz suratlarni o‘qish borasida ma’lum bilimga ega
bo‘lishingiz kerakligini ta’kidlash shartmasdir!? O‘qituvchingizga
metodika darslarida suratlar bilan ishlash mashg‘ulotlarini taklif
qiling. Birgalikda o‘zingizda tasviriy san’at namunalarini o‘qish
ko‘nikmasini shakllantirib boring.
13. Istalgan mavzuda uy inshosi yozing. O‘rtoqlaringizning in-
shosini bir o‘qituv
chi sifatida tekshiring. Xulosalaringizni, xato va
kamchiliklarni muhokama qiling.
292
293
Do'stlaringiz bilan baham: |