1. Xalqaro savdoning zaruriyati va uning asosiy ko`rinishlari
Xalqaro savdoning rivojlanishi uzoq tarixga ega bo`lib,
turli davrlarning
rivojlanish xususiyatiga monand ravishda o`ziga xos rivojlanish tendentsiyasiga
ega bo`lgan.
“Dastlab tashqi savdo ko`rinishlari mamlakatlar o`rtasida emas, balki kishilar,
qabilalar o`rtasida amalga oshirilgan bo`lib, ular tomonidan ishlab chiqarilgan
mahsulotlar o`zaro ayirboshlangan
va bu asosan kishilar, oilalar, qabilalar uchun
zaruriyatga ega bo`lgan”.
Ilk davlatlarning paydo bo`lishi tom ma`nodagi xalqaro savdoning
shakllanish va rivojlanish davrini boshlab bergan. Xalqaro savdoning rivoji asosan
mamlakatlar o`rtasida resurslarning notekis joylashuviga bog’liq bo`lib, unga ko`ra
xalqaro savdo tegishli resurslar oldi-sotdisi jarayoni asosida amalga oshirilgan.
Milliy ishlab chiqaruvchi
kuchlarning rivojlanib borishi,
ishlab chiqarish
imkoniyatlarining kengayishi, fan-texnika taraqqiyotining ishlab chiqarish
sohalariga jadal kirib borishi va xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashishi
jarayoni xalqaro savdoning rivojiga sifat jihatdan katta ta`sir ko`rsatdi.
XX asrning 90-yillaridan, ayniqsa, XXI asrdan boshlab xalqaro savdoning
yuqori texnologiyalarga asoslangan davri boshlandi. Bugungi kunda xalqaro savdo
kon`yunkturasi quyidagilar bilan tavsiflanadi:
xalqaro savdoda tayyor mahsulotlar ulushining ortib borishi (70 foiz)
va xom
ashyo resurslari hissasining kamayib borishi;
savdo hajmlari aksariyat qismining (70-75 foiz) sanoat jihatdan yuqori darajada
rivojlangan mamlakatlar hissasiga to`g’ri kelishi;
eksport tarkibining kuchli diversifikatsiyasi va tayyor mahsulot eksport
qiluvchi mamlakatlar tarkibining kengayib borishi hamda Osiyo mamlakatlari
bilan bo`ladidigan xalqaro savdo hajmlarining yuqori o`sish sur`atlari;
taklif va talab tizimiga fan-texnika taraqqiyotining kuchli ta`siri
natijasida
eksport tovar tarkibida yuqori texnologiyali mahsulotlar ulushining tezkor
sur`atlar bilan ortib borishi;
xizmatlar savdosi hajmi va turlarining tezkor o`sishi;
xalqaro savdoda mintaqaviy tashkilotlar, uyushmalarga a`zo davlatlar o`rtasida
amalga oshiriladigan tashqi savdo hajmlarining ortib borishi.
Uslubiy jihatdan xalqaro savdoni baholash asosan quyidagi yo`nalishlarda
amalga oshiriladi:
tovar ayirboshlash hajmi,
o`sish sur`atlari (foiz),
tovar tarkibi
geografik yo`nalishi va boshqa yo`nalishlar.
Hozirgi zamon iqtisodiyotining ochiqlik darajasi ya`ni
mamlakatlarning
ixtisoslashuvi va ular o`rtasida kooperatsiya chuqurlashib bormoqda. Mamlakatlar
o`z iqtisodiyotini rivojlantirish,iqtisodiy muammolarni hal qilish borasida tadbirlar
ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda bu holatlarni etiborga olishi shart.
Jahon savdosi tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shaklidir. Uning kengayishi
va chuqurlashuvi natijasida kapitalni chetga chiqarish imkoniyatlari yuzaga keldi
va unga bog’liq ravishda xalqaro moliya-valyuta, kredit munosabatlari rivojlandi.
Tashqi savdoning
vujudga kelishi ikki muhim