Guruhlarda rahbarlik va liderlik
Mutaxassis I. Mahmudov o„zining “Boshqaruv psixologiyasi” nomli
kitobida “lider” so„zining izohiga oid quyidagi mulohazalarni keltirib o„tadi:
“...Umuman olganda, adabiyotda “lider” so„zini “yetakchi” atamasi bilan
almashtirish hollari ko„p uchraydi. O„ylashimizcha, “yetakchi” atamasi “lider”ga
xos bo„lgan psixologik tavsifni to„la ifodalay olmaydi. “Yetakchi” so„zi guruhga
munosabat sifatida, uning a‟zolariga ta‟sir o„tkazuvchi va maqsadga yetaklovchi
shaxsga nisbatan ishlatiladi. Yetakchilik guruh tarkibini, undagi munosabatlar
tizimini tahlil etish orqali aniqlanadigan shaxs holatidir. Lekin liderga xos bo„lgan
fazilatni ifodalovchi yana qator jihatlar borki, ularni munosabatlar tizimi
doirasidagina tahlil etolmaymiz. Bunday talqinda liderga xos bo„lgan asosiy
jihatlardan yana biri – shaxsning vaziyatga muvofiq ravishda harakat qilish
qobiliyatini hisobga olish zarurati tug„iladi. Biron-bir muammoli vaziyatda paydo
bo„lgan qiyinchilikni bartaraf etishdagi tashabbus, topqirlik va mohirlik liderga xos
fazilatlardir. Muammoni yechish bilan bog„liq qiyin vaziyatda lider boshqalarga
nisbatan o„zining ilg„orligi, peshqadamligi bilan ajralib turadi. Fikrimizcha, o„zbek
tilida aynan shu ikki ibora – “peshqadam” va “yetakchi” so„zlari majmuasi lider
mohiyatini to„la ifodalashi mumkin.
26
Каримова В.М., Ҳайитов О.Э., Умарова Н.Ш. Бошқарув соҳасидаги профессионал компетенция
асослари: Монография. / Проф. В.М. Каримова таҳрири остида. – Т.: “Fan va texnologiya”, 2008. – Б. 25–27.
46
Nazarimizda, “yetakchi” so„zi shaxsning guruhni yetaklashga, boshchilik
qilishga bo„lgan ishtiyoqi mavjudligidan kelib chiqadi. “Peshqadam” iborasi esa
ma‟lum fazilatlarga ega bo„lgan shaxs ketidan guruhning ergashishini, jamoaning
o„z ixtiyoriga ko„ra o„zi ishongan odam borayotgan yo„lni tanlashini anglatadi.
Aynan shu holat “lider” iborasiga nisbatan ham ishlatilishi zarur. Liderning bu
xususiyati, uning hissiy jozibadorligida, o„zgalarni o„ziga jalb etish fazilatida
namoyon bo„ladi”.
27
Guruhlardagi o„zaro munosabatlar yuqoridan pastga yoki aksincha bo„lib,
guruh a‟zolarining konkret mavqelari, boshliq bilan bo„ysunuvchilar o„rtasidagi
munosabatlarni o„z ichiga oladi. Bu borada “lider” va “boshliq” tushunchalari
o„rtasidagi farqlar haqida gapirish lozim hisoblanadi.
B. Parigin bu ikki tushunchani farqlab shunday yozadi:
(1) lider asosan guruhdagi shaxslararo munosabatlarni boshqarsa, rahbar –
shu guruhdagi rasmiy munosabatlarni boshqaradi;
(2) liderlik kichik guruhlargagina xos bo„lgan hodisa bo„lsa, rahbarlikning
haq-huquqlari katta guruhlar doirasida ham sodir bo„lishi, amalga oshirilishi
mumkin;
(3) agar liderlik stixiyali, betartib jarayon bo„lsa, rahbarlik maqsadga
qaratilgan jamiyatda ishlab chiqilgan normalar, tartiblar asosida saylovlar oqibatida
sodir bo„ladigan hodisadir;
(4) liderlik rahbarlikka nisbatan vaqtinchalik hodisa bo„lib, guruh a‟zolaring
kutishlari, ularning kayfiyatlari, faoliyat yo„nalishiga qarab, uzoqroq muddatda
yoki qisqa muddatda ro„y beradi;
(5) rahbarning liderdan farqi yana shundaki, u liderda yo„q bo„lgan jazolash
va rag„batlantirish tizimiga ega bo„lib, shu asosda xodimlariga o„z ta‟sirini
o„tkazish mumkin;
(6) lider guruhda u yoki bu qarorlar, ko„rsatmalar tashabbuslarni o„z
ixtiyoricha bevosita chiqarishi mumkin, rahbarda esa, bu yo„nalishda ko„plab
ko„rsatmalar, rejalar, normalar, buyruqlar mavjudki, rahbar ular doirasidan chiqib
27
Маҳмудов И.И. Бошқарув психологияси. Ўқув қўлланма / Масъул муҳаррир: А.Холбеков. – Т.:
ДЖҚА “Раҳбар” маркази; “YUNAKS-PRINT” МЧЖ, 2006. – Б. 51–52.
47
ketishi, o„zboshimchalik qilishi qiyin;
(7) liderning faoliyati faqat kichik guruhlar doirasida amalga oshirilsa,
rahbar shu guruhning kengroq ijtimoiy doiradagi, jamiyatdagi vakili bo„lganligi
uchun, uning vakolatlari ham keng, faoliyat imkoniyatlari ham ortiqdir.
Lider hech qachon yolg„iz bo„lmaydi, u doimo guruh a‟zolari davrasida
qaraladi, shu guruh a‟zolarini u yoki bu harakatlarga chorlaydi. Chunki lider shu
guruh a‟zolarining psixologiyasi, ularning kayfiyatlari, intilishlari, qiziqishlari va
hokazolarini hammadan yaxshi biladi, ularning ichida eng tashabbuskoridir. Agar
tashkilot doirasida qaraladigan bo„lsa, turli xil lider borligini aniqlash mumkin.
Masalan, guruh a‟zolari ichida eng bilimli, aql o„rgatuvchi, topqir intellektual lider,
xodimlar ichida hazilkash, dilgir, xushchaqchaq, ko„ngil so„rovchi, o„zgalarni
tushuna oladigan – emotsional lider, guruhni ish faoliyatga chorlay oladigan, dadil,
qat‟iyatli, irodali – irodaviy liderlar bo„lishi mumkin. Ular ayni vaziyatlarda
vaziyat talabiga ko„ra paydo bo„ladilar hamda xodimlar ongida o„z sifatlariga ko„ra
obro„-e‟tibor qozonadilar. Lider sifatlari ichida yaxshi va yomonlar ham bo„lishi
mumkin, lekin guruh liderga erishganda, uni ibrat sifatida tanqidsiz qabul qiladi va
shuning uchun ham barcha ishlariga ergashib, ko„rsatmalariga amal qiladi.
Xodimlar ichida xulqi tashkilot qabul qilgan normalarga to„g„ri kelmaydigan
liderlarning borligi, ular ma‟lum guruh ichida so„zsiz obro„ga ega ekanligi ham shu
bilan tushuntiriladi. Masalan, lider “ketdik” deb ko„rsatma bersa, unga
ergashganlarning ishni ham tashlab keta olishi shu bilan tushuntiriladi. Shuning
uchun ham, xoh quyi bo„g„in, xoh yuqori bo„g„in rahbari o„z qo„l ostidagi rasmiy
liderlar bilan ishlash bilan cheklanmaydi, balki norasmiy liderlarni ham aniqlay
bilishi, ular bilan hamkorlikda ishlashi zarur. To„g„ri, ba‟zi hollarida rasmiy va
norasmiy lider bir shaxs bo„lishi mumkin. Bu juda qulay, lekin liderlik vaziyatga
bog„liq bo„lgani uchun ham ularning o„zgarib turishini hisobga oladigan bo„lsak,
rahbarning boshqarish mahorati yoki sa‟ati uning norasmiy liderlar bilan samarali
ishlash usulidir.
Shunday qilib, har qanday lider obro„ga ega. Obro„lilik shaxsning shunday
xususiyatiki, u boshqa shaxslarga ham hissiy-emotsional, ham irodaviy ta‟sir
48
ko„rsata olish qobiliyatiga egadir. Norasmiy obro„lilik, ya‟ni shaxslararo
munosabatlar mahsuli sifatida orttirilgan obro„-e‟tibor samaralidir. Xodimlar
ko„ngliga yo„l topish, ularni turli vaziyatlarda tushuna olish, ishonch va shunga
o„xshash kabi omillar obro„ orttirish me‟zonlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |