Bug’doyni Yetishtirilgani
22
Kuzgi bug‘doyning kechki navlarini erta muddatlarda ekish, ertaki navlarini
o‘rta muddatlarda ekish, o‘ta ertapishar, ertapishar kuzgi navlarini kechki
muddatlarda, shuningdek begona o‘t bosish ehtimoli ko‘p bo‘lgan maydonlarga
ekishni belgilash tavsiya etiladi. Ochiq maydonlarda: g‘alla ekishda birinchi
navbatda ekish ishlarini maxsus g‘alla ekish seyalkalarida ekishga eʼtibor qaratish
kerak. Bunda urug‘ bir xil chuqurlikka tushadi va tekis unib chiqadi. G‘o‘za qator
oralariga ekish: ekish ishlari maxsus moslamalar yordamida amalga oshirilishi va bu
moslamalarning ishga yaroqliligi hamda urug‘ni bir tekisda tashlashiga eʼtibor
qaratiladi. Ekish paytida kesakli maydonlarda urug‘ sepish tavsiya etilmaydi.
Birinchidan, urug‘ belgilangan chuqurlikka tushmaydi. Ikkinchidan, 20-30
foiz urug‘ g‘o‘zapoya tagidagi yumshatilmay qolgan himoya zonasi ustida qolib
ketadi. Uchinchidan, kesakli ekilgan maydonlarda 30-40 foiz urug‘lar tuproq bilan
aralashmay kesak ustida qolib ketadi. Bunday salbiy holatlarning oldi olinmasa,
nihol belgilangan meʼyordagidan 30-40 foizga kam bo‘ladi. Qishda bu maydonlarni
sovuq urishi xavfi kuchayadi.
Urug‘ muddatidan o‘ta erta ekilganda kuzdagi issiq havo harorati va
tuproqdagi yetarli namlikdan foydalanib, bug‘doy o‘sib qalinlashib ketishi natijasida
bug‘doy dimiqishi va uni qishda sovuq olishi mumkin. Qolaversa, bunday
maydonlardagi bug‘doy zang kasalligi bilan ham zararlanadi
.
23
2.2. Istiqbolli tarmoqlarni aniqlash va ularni rivojlanatirish
Qishloq xo‘jaligi sohasida taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy
integratsiyasini taʼminlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish sohasida:
– qishloq xo‘jaligi sohasi va uning tarmoqlari uchun malakali kadrlar tayyorlash
borasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi, taʼlim muassasalarida taʼlim yo‘nalishlari
va mutaxassisliklarini maqbullashtirish, kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojni hisobga
olgan holda qabul kvotalari yuzasidan takliflar tayyorlash, taʼlim yo‘nalishlari
bo‘yicha o‘quv dasturlari va rejalarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash, talabalarning
o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlarini innovatsion texnologiyalar asosida faoliyat
yuritayotgan xo‘jalik subyektlarida samarali tashkil etish, taʼlim muassasalari
bitiruvchilarini ishga joylashtirish tadbirlarini amalga oshiradi;
– xorijiy mamlakatlarning innovatsion texnologiyalari va ilg‘or tajribalarini
o‘rganish maqsadida oliy va professional taʼlim muassasalarining ilmiy va ilmiy-
pedagogik xodimlarini xalqaro yarmarkalar, konferensiyalar, ilmiy-amaliy
anjumanlarda ishtirokini taʼminlaydi;
– vazirlik tizimidagi oliy taʼlim muassasalarida iqtidorli yoshlarni tanlab, ularning
fan tarmog‘i bo‘yicha falsafa doktori (Ph) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasi olish
uchun tadqiqotlarning natijadorligini oshirish, ularni amaliyotga tadbiq va joriy
qilish borasidagi tadbirlarni muvofiqlashtiradi;
– Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar
Milliy markazda hamda zamonaviy agrotexnologiyalar asosida faoliyat yurituvchi
xo‘jalik subyektlarida talaba va o‘quvchilarning o‘quv va ishlab chiqarish
amaliyotini tashkil etadi;
– Milliy markaz va uning hududiy markazlari bazasida qishloq xo‘jaligi
mutaxassislarini shartnoma asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirish
kurslarini tashkil etadi.
Fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi klasterlari va kooperatsiyalari hamda
ilg‘or xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan manfaatli ilmiy-ishlab chiqarish
hamkorligini yo‘lga qo‘yish, yangi ilmiy ishlanmalar, innovatsiyalar hamda raqamli
texnologiyalar joriy etilishida ko‘maklashish sohasida:
24
– qishloq xo‘jaligi sohasi hamda uning tarmoqlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib
borayotgan va kadrlar tayyorlayotgan barcha turdagi davlat ilmiy-tadqiqot va oliy
taʼlim muassasalarining o‘zaro hamkorligini taʼminlash;
– sohadagi ilmiy-tadqiqot muassasalari va klaster, kooperatsiyalar, fermer hamda
dehqon xo‘jaliklarining uzviy hamkorligini yo‘lga qo‘yish;
– Qishloq xo‘jaligida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish bo‘yicha Milliy dastur
asosida fundamental va amaliy tadqiqotlar, innovatsion va startap loyihalarni amalga
oshirish tizimini moliyalashtirish, ilmiy tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishga joriy
etish va bevosita buyurtmalarga ko‘ra tijoratlashtirish ko‘lamini kengaytirish, Milliy
markaz mutaxassislari hamda maslahatchilari malakasini oshirish;
– suv tanqisligi mavjud bo‘lgan hududlarda yer va suv resurslarini barqaror
boshqarish bo‘yicha xalqaro sammit o‘tkazish, hukumatlararo bitim tuzish hamda
xalqaro ilmiy hamkorlik bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining malakali mutaxassislarga bo‘lgan joriy va
istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlarni qayta tayyorlash va ularning
malakasi oshirilishini muvofiqlashtirish sohasasida:
– qishloq xo‘jaligi sohasidagi oliy va professional taʼlim muassasalari professor-
o‘qituvchilarining malakasini oshirish uchun oliy taʼlim muassasalarida qayta
tayyorlashni tizimli tashkil etish;
– sohadagi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida klaster, kooperatsiyalar,
fermer hamda dehqon xo‘jaliklari xodimlarini malakasini oshirilib borishni tashkil
etish va uni tizimli muvofiqlashtirish.
Qishloq xo‘jaligida xususiy sektorni keng jalb etgan holda bilim, malaka va
ko‘nikmalarning samarali almashinuvi hamda uzatilishini taʼminlaydigan milliy
axborot va maslahat xizmatlari tarmog‘ini rivojlantirish yuzasidan takliflar
tayyorlash sohasida.
25
Do'stlaringiz bilan baham: |