O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya nazariyasi va amilyoti kafedrasi


VIII BOB. Shaxsni o‟rganish metodlari, prinsiplari, shaxs



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/167
Sana19.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#930261
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   167
Bog'liq
25111 (1)

VIII BOB. Shaxsni o‟rganish metodlari, prinsiplari, shaxs
psixologiyasi muammosining metodologiyasi 
1.
 
Shaxs psixologiyasi metodologiyasi va metodlari 
IX BOB.
Shaxs rivojlanishini davrlashtirish
1. Shaxs rivojlanishining yo‗nalishlari va nazariyasi 


4
2. Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo‗lish 
3. Shaxs taraqqiyotining individual – psixologik xususiyatlari
X BOB.
Shaxs rivojlanish mexanizmlari 
1. Shaxs rivojlanishi va shakllanishini harakatga keltiruvchi kuchlar
XI BOB.
Shaxs psixologiyasiga kirish 
1.Shaxsni tadqiq etilish tarixi 
2.Shaxs psixologik tadqiqotlar predmeti sifatida 
3.Shaxsni emperik o‗rganish metodologiyasi 
XII BOB.
Sotsial psixologik g‟oyalar shakllanishi tarixi. 
1. Muomala tuzilmasi. Metodologiya tushunchasi 
2. Guruhiy jarayonlar shaxslararo munosabatlar
XIII БОБ. Shaxs psixologiyasi metodologiyasi va metodlari 
1.Psixologiyada shaxs fenomeni.
2.Shaxsni izohlashdagi o‗ziga xosliklar.
3.Shaxs metodologiyasining nazariy yondashuvlari va uni o‗rganish 
metodlari 
XIV БОБ. Sotsial va shaxslararo munosabatlar 
1.Shaxsning o‗zini o‗zi anglashi. Men-konsepsiyasi. Shaxsning ijtimoiy 
tasavvurlari
 
1.1.O‗z-o‗zini anglash: jarayoni va natijasi
1.2.Men-konsepsiyasi va jinsiy o‗xshashlikning shakillanishi
1.3.Gender o‗xshashligi
1.4.Ijtimoiy tasavurlari: muammolar va istiqbollar


5
K I R I SH 
 
Insonshunoslik fanlarini markazida shaxs muammosi turishi, shaxs 
o‗zining ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davomida va ontogenezida tabiat bilan 
jamiyat o‗rtasida murosaviy munosabat o‗rnatishi tufayli sivilizatsiyani 
yaratish, uni asrash, takomillashtirish imkoniyatiga ega bo‗ldikkim, buning 
oqibatida jonli mavjudodlar, jonsiz narsalar unga tobelikka mangu hukm 
etildi. Fan va texnikani rivojlantirish yuksak yutuqlarga olib kelganligi bilan 
birga tabiati xavf-xatar ortishiga, umumiy balans buzilishiga negiz yaratadi.
XXI asrdagi odamlar ularning zamondoshlari, o‗tmishdoshlari 
tomonidan yo‗l qo‗yilgan nuqsonlarni bartaraf etish uchun hamkorlikda 
faoliyatni uyushtirsalar, umubashariy g‗oyalar, prinsiplar ham umumiy ham 
hususiy ahamiyat kasb qilishini diqqat markazida tutsalar yer kurrasi 
barchani umumiy makoniga, maskaniga aylanadi. Hozirgi zamon shaxsiy 
psixologiyasi sohasi yuqoridagi ulug‗vor tuyg‗ularni ijtimoiy xayotda qaror 
toptirish imkoniyatlari to‗g‗risida bo‗lg‗usi mutaxassis psixologlarga 
muoammoli bilimlar berish bilan cheklanib qolmasdan, balki ularni mustaqil 
fikrlashga, treninglar yordami bilan o‗zini-o‗zi takomillashtirishga o‗rgatish 
funksiyasini ham bajaradi. 
Bugun mustaqil yurtimiz fuqarolari psixologiyasida ro‗y berayotgan 
o‗zgarishlar, ulardagi hayotda, uning qadriyatilariga, kasb-kori, oilasi va 
yaqinlariga bo‗lgan munosabatlarida tobora milliy istiqlol mafkurasining 
asosiy mazmun va mohiyatlari mujassamlashmoqda. Shu ma‘noda 
psixologiya fanining muhim tarmog‗i bo‗lmish 
shaxs psixologiyasi
oldida 
turgan vazifalar ko‗lami va salmog‗i kattadir. 
Biz jamiyatimiz hayotida ro‗y berayotgan barcha o‗zgarishlarning 
ijtimoiy psixologik mohiyatini shaxs psixologiyasining bugungi xolati va 
istiqboli nuqtai nazaridan tahlil qilish orqali bu fanning jamiyatdagi o‗rni va 
imkoniyatlariga baho berishni niyat qildik.
O‗quv qo‗llanmada ko‗tarilayotgan masalalar ijtimoiy hayot sirlarining 
muxtasar bayoni bo‗lsa-da, ma‘lum ma‘noda shaxs psixologiyasining ilmiy 
amaliyot va ilmiy tadqiqot quroli sifatidagi imkoniyatlari to‗g‗risida tasavvur 
beradi. 
Shaxs psixologiyasining vazifalaridan kelib chiqib, o‗quvchilar 
hukmiga havola etilayotgan ushbu kitobning asosiy maqsadi insonning 
jamiyat bilan bo‗ladigan ko‗plab murakkab munosabatlari tizimining ijtimoiy 
psixologik mexanizmlarini yoritib berishdir. Ushbu o‗quv qo‗llanma 
yoshlarga aynan psixologik bilimlar asoslarini bersa-da, umid qilamizki, 
ularni o‗z atrofida ro‗y berayotgan islohotlarga holis baho berish, o‗zi va 
o‗zgalar ruhiyati sir-asrorlarini befarq bo‗lmaslik, o‗z layoqatlarini 
o‗stirishning elementar vositalaridan bohabar bo‗lishga yordam beradi. 


6
Kitob shaxs psixologiyasi asoslari bo‗yicha muxtasar bilimlarni beradi, 
bunda albatta shaxs psixologiyasidagi tadbiqiy, amaliy sohalarga, shaxs 
psixologiyasi predmeti, maqsadi va vazifalari, shaxs psixologiyasi 
tushunchasi, shaxs psixologiyasi tarixi, shaxs psixoanalitik nazariyasi, shaxs 
bixevioristik va gumanistik nazariyasi, shaxs kognitiv va dispozision 
yo‘nalishi nazariyasi, ijtimoiylashuv nazariyasi, shaxsni o‘rganish metodlari, 
prinsiplari, shaxs psixologiyasi muammosining metodologiyas, shaxs 
rivojlanishini davrlashtirish, shaxs rivojlanish mexanizmlarini o‘rganish. 
Shaxs psixologiyasi metodini tushunish umumiy psixologiya va sosiologiya 
predmetini tushunishga bog‘liqligini o‘rganish, shaxsning ijtimoiy 
munosabatlardagi turli toifalariga e‘tiborni qaratadi. Har bir bob avvalida 
bobda ko‗riladigan masalalar, bobning qisqacha mazmuni, bob yakunida esa 
qisqacha xulosa, nazorat savollari hamda mustaqil ishlar uchun mavzular 
berilgandir. 
Muallif har bir o‗quvchi kitobni mutoala qilish jarayonida unda 
ko‗tarilgan muammolarga befarq qolmaydi, jahonda va mustaqil yurtimizda 
ro‗y berayotgan olamshumul voqealar mohiyatini anglashda va ularga 
nisbatan faol hayotiy mavqening shakllanishida ko‗makdosh bo‗ladi, deb 
umid qiladi.
Muallif: U.A.Butayeva 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish