10.2.O`tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy tomonlari
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari o`tish iqtisodiyoti mamlakatlari
qatoriga kiradi. Chunki bular ham 80 – yillardan boshlab ma’muriy-komanda
iqtisodiyotidan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o`tayotgan davlatlardir. Bular
166
o`tish muammolarini tizimli islohot yo`li bilan xal qilmoqdalar. Lekin tizimli
islohotning turli modellarini qo`llab, bu ichki va tashqi iqtisodiy sohalarda mos
kelmoqda.
Bozor iqtisodiyotiga o`tish zaruriyat bo`lib, bu har tomonlama bozor
munosabatlarining ustunligi bilan taqozo etilib, sotsialistik iqtisodiyot tarixiy davr
bo`lib qolayotgan edi. Chunki mehnat unumdorligi, aholi turmush sifati va
umuman ijtimoiy-iqtisodiy tizim samaradorligi bo`yicha sotsialistik iqtisod
noloyiqligini amalda ko`rsatgan edi.
Bunday o`tish muammolari tarixan birinchi marta yuz berib, hech qanday
tajriba va ichki, tashqi ziddiyatlar tufayli ko`p xatolarga yo`l qo`yilayotgan edi.
Bundan tashqari mamlakat boshlang`ich holati turli va sharoitlar bir xil emasligi
ham o`z ta’sirini ko`rsatgan edi.
Tizimli islohot deyilishining sababi bir xil ijtimoiy tizimdan umuman boshqa
bir-biriga qarama-qarshi tizimga o`tishdan iborat bo`lib, bu o`z ahamiyatiga ko`ra
inqilobiy o`zgarish edi va qisqa muddat, ya’ni bir necha yillar ichida tizimiy
o`zgarishlar yuz beradi. Bozor iqtisodiga o`tish va uni vujudga keltirish turlicha
bo`lishi mumkin. Bu siyosiy tartibga juda kuchli ravishda bog`liqdir. Shu bilan
birga siyosiy kuchlar turliligi ham ahamiyatlidir. Tizimli islohot modelini
belgilashda siyosiy tartibni o`zgartirish yoki uni saqlagan xolda islohotni amalga
oshirish talab etiladi. Xitoy va Vetnamda siyosiy tartib saqlangan xolda asta-sekin
bozor munosabatlariga o`tish amalga oshirilmoqda. Boshqa sotsialistik iqtisodli
mamlakatlarda bu jarayon siyosiy tuzumning o`zgarishi bilan boshlanadi.
Shunday qilib, tizimli islohotning ikki xil modeli mavjud bo`lishi mumkin.
Biri radikal, ikkinchisi ketma-ket islohotdir. Radikal usulda keskinlik, keng va tez
ravishda o`zgarishlarni amalga oshirib, “xushdan ketish terapiyasi” nomini olgan
mazmunda ish ko`rish asos hisoblanadi. Bu yo`l bilan bozor iqtisodiga o`tish va
uni qurish juda tez amalga oshuvi kerak.
Asta-sekin asosdagi tizimli islohotda nisbatan uzoq cho`ziladigan va keskin
bo`lmagan o`zgarishlar tufayli amalga oshiriladigan yo`lni tanlashdan iboratdir.
Sharqiy Yevropa mamlakatlarida mavjud rejali taqsimot xo`jaligi mexanizmini
birdaniga yo`q qilishdan boshlandi. Xali bozor institutlarining yuzaga keltirishdagi
faol harakat boshlanmasdan yo`q qilish albatta katta yzqotish va qiyinchiliklarni
yuzaga kelishiga olib keladi. Bu bir sektorli iqtisod bo`lib, bozor munosabatlaridan
iborat edi. Chunki eski rejalashtirish, markaziy-ma’muriy asosdagi taqsimot
deyarli o`z faoliyatini to`xtatgan edi. Asta-sekinlikda esa ikik sektorli iqtisodiyat,
ya’ni eskisi ham, yangisi ham to nozarur bo`lguncha ishlashi kerak edi. Yangisi
bozor mexanizmlari voyaga yetmaguncha, eskisida esa ma’muriy taqsimotdan
foydalanib turishi kerak edi. Rejali mexanizm o`z o`rnini bozorcha taqsimotga
asta-sekinlik bilan kiritish yo`lini tutsa dualizm mavjud bo`lib, radikallik tarzida
bozor qurilishi amalga oshuvi mumkin.
Agarda siyosiy hokimiyat birdan o`zgarib, eski tizim yo`q qilinadigan
bo`lsa, eski iqtisodiy mexanizmlar harkatdan to`xtaydi. Yangisi esa uning o`rnini
egallashga ulgurmaydi. Chunki bozor mexanizmlari shakllanib ulgurmay to`la
167
harakatda bo`la olmaydi. Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida xali sobiq
SSSRga o`xshagan shunday vaziyat yuz beradi.
Dualizm iqtisodini qo`llash albatta amaliy jixatdan oson emas. Chunki bular
avvalo boshqa-boshqa tizim va eskisi ruhan zaif, chunki yo`q bo`lishga maxkum,
yangisi esa tajribasiz va zaif. Eng muhimi bu sohada tajriba bo`lmay, aniq shakl,
kelishuv usullarini belgilash va ularni qo`llash oson emas.
Lekin baribir bu jarayon Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida
sobiq SSSR respublikalari asosida yuzaga kelgan mamlakatlarga nisbatan
boshqacharoq va yengilroq ko`chadi. Buning sababi ham bu mamlakatlarda
xususiylik mavjudligi va uning yo`q bo`lib ketmaganligi hamda rejali-ma’muriy
usuldagi xo`jalik tizimining nisbatan qisqa davr ichida mavjud bo`lishidir.
Aytaylik,
qishloq
xo`jaligida
jamoatlashtirishning
to`la
bo`lmaganligi,
hunarmandchilik, kosibchilik qisman xususiy tarzda mavjudligi, rejalashtirishning
ham juda to`la xajmli emasligi, xususiy savdoning mavjudligi kabilar. Bundan
tashqari G`arbiy Yevropaning yonida bo`lib, uning ta’siri mavjudligi ham bozor
ustunligini ko`rsatishiga olib kelgan. Mamlakatlarning kichikligi ham bu sohada
ma’lum darajada o`z o`rniga ega bo`lib, o`zaro kelishmovchilikning yo`qligi
(Yugoslaviyadan tashqari), G`arb bilan kam xajmda bo`lsa ham iqtisodiy aloqalar
olib borilganligini ham e’tiborga olish mumkin.
Bozor iqtisodiyotini shakllantirish bilan bog`langan islohotlarni asosan to`rt
guruhga bo`lish mumkin:
1.Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash – soliq va kredit siyosatlari to`g`ri
yo`lga qo`yish.
2.Iqtisodiyotni erkinlashtirish – ichki baholarni isloh etish, tashqi savdoni
erkinlashtirish, resurslar taqsimoti, ish haqi, mehnat bozori, moliyalarni
erkinlashtirish, bank tizimini isloh etish va h.k.
3.Tadbirkorlik faoliyatini erkinlashtirish – privatizatsiya, nodavlat
mulklarini rivojlantirish, monopoliyaga barham berish va tuzumiy-shakliy
o`zgarishlarni amalga oshirish.
4.Davlat rolini o`zgartirish – qonunlar, institutlar, davlat moliyasi va
soliqlashtirishlarni isloh etish.
Qisqa muddatli davr ichida bu vazifalar ziddiyatni yuzaga keltirishi mumkin.
Aytaylik,
inflyatsiyaning
o`zi
investitsiyani
susaytiradi,
chunki
u
rag`batlantirmaydi. Bu esa tuzumiy o`zgarishlar sharoitini yomonlashtiradi.
Inflyatsiyaga qarshi siyosat ham iqtisodiyotga katta salbiy ta’sir etishi mumkin.
Chunki qat’iy, cheklantiruvchi siyosat, aynan muomaladagi pul miqdorini
kamaytirish, kredit foizlarini ko`tarish kabilar iqtisodiyotni jonlantirmaydi, balki
harakatini susaytiradi.
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida bozorni shakllantirish bilan
bog`liq jarayonlar birinchi navbatda erkinlashtirish bilan bog`langan edi.
Iqtisodiyotda davlat monopoliyasiga barham berish 80 – yillardayoq boshlanib, 90
– yillarda Yakunlangan edi. Vengriya, Polsha, sobiq Yugoslaviyada 90 – yillar
boshidayoq tovarlar, xizmatlarning ko`pchiligiga baholar chegaralanishi bekor
qilingan edi. Barcha bu mamlakatlarda yangi xususiy tadbirkorlik korxonalari
168
uchun to`la yo`l ochilib, chegaralar olib tashlanadi. Direktiv rejalashtirish yo`q
qilinib, iqtisodiy vakillarning chet mamlakatlar bozorlariga chiqishlari uchun
ruxsat beriladi. Bu tashqi savdoni rivojlantirish uchun chet sheriklar bilan xo`jalik
aloqalari o`rnatish imkonini beradi.
Fond birjasi, tijorat banklari, nomonopolistik tartiblashtirish, bankrotlik
qonunlari kabi bozorga xos yangi institutlar paydo bo`la boshlaydi.
Erkinlashtirishning kengayib borishi bilan YAIMda davlat hissasi pasayib boradi.
Lekin bunda ehtiyotkorlik sababli o`sish to`xtaydi. Chunki davlat ijtimoiy
vazifalarni saqlash maqsadida daromadni taqsimlashda o`z ishtirokini saqlashga
harakat qiladi.
Bozor munosabatlariga o`tish va baholar nazoratini yo`q qilib, uning erkin
harakatiga yo`l ochish inflyatsiyaning kuchayishiga olib kelib, xatto Polsha,
Bolgariya va Xorvatiyada giperinflyatsiyagacha yetib boradi. Lekin Markaziy-
Sharqiy Yevropa mamlakatlarini juda tez va bir-ikki yil ichida bundan qutilib
nisbatan toqat qilsa bo`ladigan darajaga tushurishga ulguriladi. Lekin Bolgariya va
Ruminiyada kuchli inflyatsiya ancha uzoq cho`ziladi.
Iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash bunday sharoitda eng muhim vazifa edi.
Bunga qaratilgan choralar byudjetni qat’iy chegaralash, xatto ma’lum vaqtgacha
aholi daromadini qotirib qo`yish va bunda valyuta kursidan faol foydalanish yo`li
bilan narx-navoga ta’sir o`tkazish kabilar qo`llaniladi. Tashqi iqtisodiy aloqalarni
erkinlashtirish esa jahon narxi darajasiga chiqish, ichki bozorda raqobat darajasini
ta’minlash va mahalliy monopol korxonalarning narx-navoga bo`lgan ishtahasini
so`ndirishga yordam qilish kerak edi.
Inflyatsiyaga qarshi dasturlarni qo`llab uni nazorat qilinadigan darajada
saqlab turish mumkin edi. Lekin amalda uni 20-40 foizga yetkazgan xolda undan
pastga tushurishga erisha olmadilar. Rejali – markaziy tizimdan qolgan tuzumiy
nomutanosiblik mavjudligi va haqiqiy raqobat muhiti yaratilmaganligi bunga
asosiy sabab bo`lgan.
Moliyaviy
barqarorlik
Markaziy
Yevropa
mamlakatlarida
ancha
muvaffaqiyatli bo`lgan. Chunki pul-kredit sohasida oqilona chegaralovning
qo`llanilishi samarali bozor infratuzilmalarining yaratilishi va ishlab chiqarishni,
ayniqsa mayda biznesni yuzaga keltirish bilan bog`liqligi qo`l kelgan. Markaziy-
Sharqiy Yevropa mamlakatlarining kredit-pul siyosati hukumat va tijorat
banklariga kredit berish, muomaladagi pul miqdorini qisqartirish, pul aylanishini
tezlashtirish kabilarga qaratilib, inflyatsiyaning oldini olish imkoni tug`iladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |