Bog'liq 15-Ma'ruza Menejmentda vaziyatli yondashuv
Menejmentda vaziyatli yondashuv Boshqaruv vazifalarini bajarishda korxona va tarmoqlar o’rtasida vaziyat o’zgarishlari deb ataladigan farqlarga e’tibor berish lozim. Ular ikki xil bo’ladi: tashqi va ichki. Ichki o’zgarishlar aniq korxona, tarmoqni tavsiflaydi. Ichki muhitga korxona maqsadlari, resurslari, kattaligi, vertikal va gorizontal mehnat taqsimoti va x.k. kiradi. Korxonalar o’rtasidagi ichki farqlari binolar o’rtasidagi farqqa o’xshaydi. Masalan, binolar arxitekturasi, materiali, kattaligi bilan farq qilib, bu farq natijasida ularning biri klub, boshqasi ishchilar yashaydigan uy bo’lishi mumkin. Xuddi shunday tarzda korxonalarning ichki farqlari ularning vazifalarini belgilaydi. Bu o’zgarishlarni ma’lum darajada nazorat qilish mumkin va ular boshqaruv qarorlari natijasida vujudga keladi. Rahbariyat tomonidan ichki o’zgarishlar borasida qabul qilinadigan qarorlar qanchalik samarali va unumdor faoliyat yuritishni belgilaydi.
Korxona faoliyati samaradorligiga ko’plab ham ichki ham tashqi omillar ta’sir etishi sababli uni boshqarishning eng yaxshi usuli aniq vaziyatni hisobga olgan holda belgilanadi. Shu vaziyatga eng mos bo’lgan usul eng samarali usul bo’ladi. Shu sababli muvaffaqiyatli boshqaruv integratsiya qilingan yondashuvni talab etadi.
Vaziyatli yondashuv bilan uzviy bog’liq tizimli yondashuvda turli xususiy yondashuvlar, boshqaruv vazifalari uzviy bog’liq bo’lib, korxona qator o’zaro bog’liq kichik tizimdan iborat tizim sifatida o`rganiladi; tizim nazariyasi rahbarlarga tizimning alohida qismlari o’rtasidagi tizim va uni o‘rab turgan muhit o’rtasidagi bog’liqlikni tushunishga imkon beradi. Vaziyatli yondashuv tizim nazaryasini amalda qo’llashni korxonaga ta’sir etuvchi asosiy ichki va tashqi o’zgarishlarni aniqlash yo’li bilan kengaytiriladi, qo’yilgan maqsadga erishish uchun boshqaruvning aniq usullarini aniq vaziyat bilan bog‘lab amalga oshirish imkonini beradi. Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini foydali mehnat asosida tashkil etishda menejment juda katta imkoniyatlarga egadir. Insonlarni moddiy rag‘batlantirish orqali muvaffaqiyatlarga erishtirish mumkin degan an'anaviy to‘g‘ri tushunchalami tan olgan holda, menejment xarajat talab qilmaydigan, quyida batafsil o‘rga1.2. Jismoniy tarbiya va sport menejmentining vazifalari 23 niladigan ijtimoiy-psixologik, vakolat va mas’ulyatni uzatish, huquqiy usullar va ko‘pgina motivatsion modellarni tavsiya eta oladi. Jismoniy tarbiya va sport sohalarida katta yutuqlarga faqatgina moddiy rag‘batlantirish orqali erishish mumkin bo‘ladi degan tushunchalami inkor etmagan holda, menejmentning yangi, zamonaviy usullaridan foydalanish dolzarb masala hisoblanadi. Haqiqatdan ham, insonlami, shu jumladan, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilami intensiv harakatga, foydali mehnatga jalb etishda, yuksak natijalarga undashda faqatgina moddiy rag‘batlantirish asosiy omil bo‘la oladi degan tushunchaning to‘g‘ri bo‘lishiga qaramay, undan boshqa nomoddiy-ma’naviy omillar juda ko‘pligini allaqachon mutaxassis va olimlar tomonidan tan olingan. Biron-bir faoliyatni boshlashda inson ongida zamonaviy dunyoqarash asoslari shakllangan bo‘lishi, ya’ni uni intensiv mehnatga jalb etishda motivatsiya asosiy omil bo'lib hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, insonning o ‘z ichidan intilishga uyg‘otish, unda kelajakka umid tuyg‘ularini shakllantirish va ishonch hosil qildirish kabi omillardan keng foydalanish asosiy yo‘nalishlardan ekanligini inobatga olgan holda, menejmentning jismoniy tarbiya va sport rivojiga katta hissa qo‘sha olishi hech kimda shubha tug‘dirmasa kerak. Fanni o ‘qitishdan maqsad talabalarda jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida uchraydigan boshqarish muammolariga nisbatan qiziqish, amaliy tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoq uyg'otishdan iborat. Chunki hozir boshqarish asoslarini o‘rganayotgan talabalar kelgusida jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida boshqarish tizimining xodimlari, kichik, o ‘rta va katta jamoalaming rahbarlari, korxona va firmalar iqtisodiy, sotsial, tashkil iy-texnik faoliyatining turli tomonlarini boshqarish bo‘yicha loyihalar, tadbirlar ishlab chiqarishga jalb etilgan mutaxassislar bo‘lib yetishadilar. Bugungi kunda menejment va boshqaruv masalalarida asrlar davomida shakllanib va rivojlanib kelgan, ilmiy tomondan sinov va tajribalardan o!tgan, mutaxassislar tomonidan qabul qilingan va hozirgi kunda ikki fan, ya’ni menejment va boshqaruv fanlari orasidagi umumiylikni ifodalaydigan hamda jismoniy tarbiya va sport sohasiga bevosita aloqador hisoblangan quyidagi fikrlarni uchratish mumkin: 24 2-jadval Jismoniy tarbiya va sport menejmenti va sport boshqaruvidagi umumiylik Boshqaruv Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilardan professionalizm, yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov. MenejJismoniy tarbiya va sportda menejment va ment boshqaruvni mustaqil fan deb qabul qilnishi. Jismoniy tarbiya va sport - faoliyat turi, boshqaruv funksiyalari. Jismoniy tarbiya va sport - personalning mehnat jarayoni. Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari boshqaruvchilar va ijrochilardan iborat bo‘lib, uning personal (shaxs)i hisoblanadi. Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlaridagi boshqaruv apparati yoki organi menejmentning asosiy tizimi hisoblanadi. Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida menejment rahbar (boshqaruvchi)ga yuzaga kelgan holat haqidagi axborot (informatsiya) asosida mumkin bo‘lgan qarorni qabul qilish variantlari ichidan to‘g ‘ri va oqil tanlovni amalga oshirishni o‘rgatadi. Uning asosiy maqsadi - bozor munosabatlari sharoitida barcha bo‘g‘inlarda samarali ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilami tayyorlashdan iborat. Shundan kelib chiqib, jismoniy tarbiya va sport menejmenti quyidagilami o‘rganadi: Jismoniy tarbiya va sportda - boshqarish nazariyasi va amaliyoti. Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida - boshqarish obyekti va subyekti. Jismoniy tarbiya va sportda - boshqarish prinsipi va usullari. Jismoniy tarbiya va sportda - boshqarish madaniyati. Jismoniy tarbiya va sportda - menejer va uning fazilatlari. Jismoniy tarbiya va sportda - menejer reytingi. 25 Jismoniy tarbiya va sport boshqaruvida - kirishuvchanlik va qaror qabul qilish. Jismoniy tarbiya va sportda — boshqarish funksiyalari. Jismoniy tarbiya va sportda — xodimlarni boshqarish. Jismoniy tarbiya va sportda -Ishlab chiqarishni boshqarish. Jismoniy tarbiya va sportda - samaradorlikni boshqarish. Jismoniy tarbiya va sportda - о ‘z-o ‘zini boshqarish. Jismoniy tarbiya va sportda - hududiy boshqarish va hokazolar. Jismoniy tarbiya va sport menejmenti fanining mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv obyekti va subyekti orasidagi o‘zaro munosabat boiib, uning asosiy vazifasi kitobxonlarga boshqaruvning zamonaviy usullarini rahbarlik san’ati sirlarini o ‘rgatishdan iborat.